Alimov Jamshid Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Til ixtisosligi bo‘lmagan talabalarga ingliz tili nutqini shakllantirishda so‘zlarni biriktirishga o‘rgatish texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2022.1.PhD/Ped3088
Ilmiy rahbar:, Maxmatqulov Xolmurod Maxmudovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019 Ped.78.03
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Abdulla Eshquvatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Ixtisosligi ingliz tili bo‘lmagan talabalarga ingliz tili nutqini shakllantirishda so‘zlarni biriktirishga o‘rgatish texnologiyasini takomillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
til ixtisosligi bo‘lmagan talabalarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda so‘zlarni biriktirishga o‘rgatish texnologiyasi shaxsga yo‘naltirilgan muloqot, rivojlantiruvchi kognitiv faoliyat va interfaol til semantikasi bilan optimallashtirilgan innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili nutqini shakllantirishda so‘zlarni biriktirishga o‘rgatishning komunikativ kompetentligini rivojlantirish modeli talabalarning yozma va og‘zaki nutqida aniq fikrni ifodalash, grammatik me’yorlarni ongli ravishda qo‘llash, monologik va dialogik muloqotga faol kirishish kabi ko‘nikmalarni interferension uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning grammatik va stilistik xatolarini implikatsiya vositalar orqali ongli ravishda bartaraf etish mexanizmlari til interferensiyasi omillarining diagnostikasi orqali tuzatish-takrorlash usullarining tizimli integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
til ixtisosligi bo‘lmagan talabalarga ingliz tili nutqini shakllantirishda so‘zlarni biriktirishga o‘rgatish metodikasi muloqotga yo‘naltirilgan, integratsiyalashgan yondashuv asosidagi mashqlar tizimi, interfaol faoliyatlar va refleksiv tahlil bosqichlarining o‘zaro uzviyligi va kommunikativ samaradorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Til ixtisosligi bo‘lmagan talabalarga ingliz tili nutqini shakllantirishda so‘zlarni biriktirishga o‘rgatish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
til ixtisosligi bo‘lmagan talabalarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda so‘zlarni biriktirishga o‘rgatish texnologiyasini shaxsga yo‘naltirilgan muloqot, rivojlantiruvchi kognitiv faoliyat va interfaol til semantikasi bilan optimallashtirilgan innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan “English for practical psychology” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 23-aprel sanasidagi 02/01-01-147-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ixtisosligi ingliz tili bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘rganishdagi nutqiy samaradorlikni so‘zlar va ularning ma’noviy jihatdan turlanishi va tuslanishini amalda qo‘llay olish imkoni yaratilgan.
ingliz tili nutqini shakllantirishda so‘zlarni biriktirishga o‘rgatishning komunikativ kompetentligini rivojlantirish modeli talabalarning yozma va og‘zaki nutqida aniq fikrni ifodalash, grammatik me’yorlarni ongli ravishda qo‘llash, monologik va dialogik muloqotga faol kirishish kabi ko‘nikmalarni interferension uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillari institutining 2022-2023-yillarda bajarilgan I-204-4-5-raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommuniksion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 25-avgustdagi 203/02 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili nutqini shakllantirishda so‘zlarni biriktirishga o‘rgatishning komunikativ kompetentligini rivojlantirish modelini ommalashtirishga erishilgan.
talabalarning grammatik va stilistik xatolarini implikatsiya vositalar orqali ongli ravishda bartaraf etish mexanizmlarini til interferensiyasi omillarining diagnostikasi orqali tuzatish-takrorlash usullarining tizimli integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlardan Evropa Ittifoqining Erasmus + dasturining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 25-avgustdagi 206/02 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili ixtisosligiga ega bo‘lmagan talabalarning kommunikativ kompetensiyasini interfaol texnologiyalar vositasida stilistik xatolarning oldini olish imkoni yaratilgan.
til ixtisosligi bo‘lmagan talabalarga ingliz tili nutqini shakllantirishda so‘zlarni biriktirishga o‘rgatish metodikasini muloqotga yo‘naltirilgan, integratsiyalashgan yondashuv asosidagi mashqlar tizimi, interfaol faoliyatlar va refleksiv tahlil bosqichlarining o‘zaro uzviyligi va kommunikativ samaradorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 25-avgustdagi 202/02 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarining ingliz tili mashg‘ulotlarida nutq faoliyatini amaliy mashq va topshiriqlar asosida rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishlarining ortishiga xizmat qilgan.