Yaqubov Ilyosbek Yo‘ldoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik panja sindromining yiringli asoratlarida diabetik osteoartropatiyani jarrohlik yo‘li bilan davolashni optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4712.
Ilmiy rahbar: Ismailov O‘ktam Safaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Tel`man Tulyaganovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Qandli diabeti bor bo‘lgan bemorlarda oyoq panjasi diabetik neyroosteoartropatiyasining yiringli asoratlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida jarrohlik amaliyotidan oldingi davrda yiringi-nekrotik o‘choqdagi destruksiyalangan suyakga nisbatan oyoq panjasining qaysi qismida (distal, o‘rta va orqa) ekanligi, zararlangan suyak soni, diabetik neyroosteoartropatiyaning bosqichi (o‘tkir yoki surunkali) aniqlangan;
diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida diabetik neyroosteoartropatiyaning bosqichiga va patologik o‘choqdagi destruktiv suyak panjaning qaysi qismida joylashganligiga qarab bajariladigan birlamchi xirurgik operatsiya va ikkinchi bosqichda bajariladigan rekonstruktiv plastik amaliyotlar ketma-ketligi aniqlangan;
diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida destruksiyalangan suyak joylashuvi va diabetik neyroosteoartropatiyaning bosqichiga bog‘liq ravishda bajariladigan jarrohlik operatsiyalarining yangi usuli ishlab chiqilgan;
diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida bajariladigan jarrohlik operatsiyalaridan keyingi davrda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkilamchi asoratlar va yuqori amputatsiyalar chastotasini kamaytirish maqsadida jarrohlik davolash usulining optimal algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diabetik panja sindromining yiringli asoratlarida diabetik osteoartropatiyani jarrohlik yo‘li bilan davolashni optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 18.04.2025 y. 15/01-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida jarrohlik amaliyotidan oldingi davrda yiringi-nekrotik o‘choqdagi destruksiyalangan suyakga nisbatan oyoq panjasining qaysi qismida (distal, o‘rta va orqa) ekanligi, zararlangan suyak soni, diabetik neyroosteoartropatiyaning bosqichi (o‘tkir yoki surunkali) aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy-tadqiqot natijalari Yangiyo‘l shaxar tibbiyot birlashmasi yiringli jarrohlik bo‘limi (06.02.2025-yil. № 1-son buyruq) hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli jarrohlik bo‘limida (06.02.2025-yil. № 51-I sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan yondoshuv diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida bemorlarning davo choralari samaradorligini oshirish hamda kasallik asoratlarining oldini olish imkoniyatini beradi. To‘g‘ri tanlangan davolash usuli diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlari bo‘lgan bemorlar shifoxonada bo‘lish davri 3-5 kunga qisqartirilish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida bemorlarda kasallik belgilarini erta aniqlash oyoqdagi boshqa yiringli kasalliklarining differensial diagnostikasi uchun zarur bo‘lgan laborator markerlar, instrumental tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha sarf-xarajatlar hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida bemorlarga xos bo‘lgan kasallik belgilari aniqlanib, kasallikni erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga o‘rtacha 550000 so‘m mablag‘ning iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida diabetik neyroosteoartropatiyaning bosqichiga va patologik o‘choqdagi destruktiv suyak panjaning qaysi qismida joylashganligiga qarab bajariladigan birlamchi xirurgik operatsiya va ikkinchi bosqichda bajariladigan rekonstruktiv plastik amaliyotlar ketma-ketligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy-tadqiqot natijalari Yangiyo‘l shaxar tibbiyot birlashmasi yiringli jarrohlik bo‘limi (06.02.2025-yil. № 1-son buyruq) hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli jarrohlik bo‘limida (06.02.2025-yil. № 51-I sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlari bo‘lgan bemorlarda kasallik belgilarini erta aniqlash, oyoqdagi boshqa yiringli kasalliklarning differensial diagnostikasi uchun zarur bo‘lgan laborator markerlar, instrumental tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun sarflanadigan vaqtni tejash hisobiga ijtimoiy samaradorlikka erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgan laborator ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlash boshqa qo‘shimcha markerlar aniqlanishi uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarni cheklaydi hamda bemorlar davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi yiringli xirurgiya bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 350000 so‘m, byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 250000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 7 kundan 5 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 700000 so‘m, byudjet hisobidan esa 500000 so‘mning tejalishiga erishilgan. Xulosa: diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlari bor bo‘lgan bemorlarda o‘tkir bosqichida yiringli o‘choq tozalanlib, yiringli jarayon tozalangandan keyin osteoartropatiya surunkali bosqichga o‘tqazilib rekonstruktiv plastik amaliyot bajarilishi eng optimal usul bulib xisoblanadi, o‘z navbatida 89,3% holatda bemorlarda ijobiy natijalarga olib kelgan.
uchinchi ilmiy yangilik: diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida destruksiyalangan suyak joylashuvi va diabetik neyroosteoartropatiyaning bosqichiga bog‘liq ravishda bajariladigan jarrohlik operatsiyalarining yangi usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy-tadqiqot natijalari Yangiyo‘l shaxar tibbiyot birlashmasi yiringli jarrohlik bo‘limi (06.02.2025-yil. № 1-son buyruq) hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli jarrohlik bo‘limida (06.02.2025-yil. № 51-I sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi asoratlarni, statsionarda o‘rin-kunlarini kamaytirish va umumiy sarf-xarajatni kamaytirish imkonini beradi. Diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlari bo‘lgan bemorlarda turli sabablardan kelib chiquvchi og‘riq sindromini, qon ketishi, portal gipertenziya, bakterial infeksiya, gepatorenal sindrom kabi og‘ir asoratlarning oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: dori-darmonlar maqsadsiz qo‘llanilishining oldini olish, tor mutaxassis shifokorlar maslahatining tejalishi bemorlarning shifoxonada davolanadigan kunlarining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 350000 so‘m, byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 250000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 3-5 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 700000 so‘m, byudjet hisobidan esa 500 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: Diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida patologik o‘choqni oyoq panjasida joyllashishiga ko‘ra takomillashtirilgan usullarini va jarroxlik algoritmini qo‘llanilishi oyoqlar yuqori amputatsiyasilari chastotasini 4,44% dan 0 % gacha kamaytirishga va oyoqlar funksional saqlanganlik darajasini 73,9 dan 88,3% gacha oshishiga imkon yaratadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlarida bajariladigan jarrohlik operatsiyalaridan keyingi davrda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkilamchi asoratlar va yuqori amputatsiyalar chastotasini kamaytirish maqsadida jarrohlik davolash usulining optimal algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy-tadqiqot natijalari Yangiyo‘l shaxar tibbiyot birlashmasi yiringli jarrohlik bo‘limi (06.02.2025-yil. № 1-son buyruq) hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli jarrohlik bo‘limida (06.02.2025-yil. № 51-I sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: qayta tiklash jarrohlik amaliyotlari tanlangan yo‘li va uslubi barcha holatlarda oyoq panjasidagi sog‘lom to‘qimalarning hajmini hisobga olgan holda panjaning hamma faoliyatini imkon darajada saqlab qolish, optimal biomexanikani yaratish va panjada amalga oshirilgan operatsiyadan keyingi o‘zgarishlar va boshqa asoratlar rivojlanishini oldi olinishi hisobiga ijtimoiy samaradorlikka erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlari bor bo‘lgan bemorlarda yiringli jarrohlikda takomillashtirilgan davolash va tashxislash algoritmini qo‘llaganda yillik jami iqtisodiy samaradorlik 24000000 so‘mni tashkil qiladi (o‘rtacha 1 yil davomida diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlari bo‘lgan bemorlardan 30 nafari davolansa 800000x30=24000000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: Diabetik neyroosteoartropatiyaning yiringli asoratlari bo‘lgan bemorlarda differensiallashgan amaliyotlarni amalga oshirish oyoq panjasi funksional faoliyatining saqlanib qolinishini 73,9 dan 88,3% gacha (r>0,05), tayanch-harakatlanish faoliyatini 80,3 dan 90,5% gacha yaxshilaydi (r>0,05) va o‘z navbatida oyoqlarning yuqori amputatsiyalari chastotasini 4,44 % dan 0 % gacha kamaytiradi (r>0,05).