G‘aybullaev Fazliddin Xayriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasining endemik hududlarida visseral leyshmaniozning kechishi», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2742.
Ilmiy rahbar: Axmedova Mubaraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori; Osipova Svetlana Olegovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endemik hududlarda visseral leyshmaniozning kechishi xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor visseral leyshmanioz bilan kasallanish holatlari endemik hududlar kesimida Samarqand viloyatida (31,3%) boshqa viloyatlarga nisbatan yuqori uchrash chastotasiga egaligi, hamda kasallik, jinsidan qat’iy nazar, asosan 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (55,2%) o‘rtasida kuzatilishi asoslangan;
ilk bor visseral leyshmanioz bilan kasallangan bolalarda 47,9% holatda o‘tkir respirator virusli infeksiya, 10,4% holatda esa sepsis kabi tashxislar bilan uzoq vaqt davolanganligi sababli, 7,3% holatda kasallik 1 yildan keyin tashxislanganligi isbotlangan;
ilk bor bolalarda visseral leyshmanioz kasalligini erta tashxisotida rK-39 antigenini morfofunksional ahamiyati isbotlangan;
ilk bor visseral leyshmanioz bilan kasallangan bolalarning suyak ko‘migini sitologik tekshiruvida temir miqdori kamaygani, mikrotsitoz, gipoxromiya sababli bemorlarning 58,3% holatida temir tanqisligi anemiyasi, 41,2% da esa kasallikni og‘ir shaklda kechishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy- tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor visseral leyshmanioz bilan kasallanish holatlari endemik hududlar kesimida Samarqand viloyatida (31,3%) boshqa viloyatlarga nisbatan yuqori uchrash chastotasiga egaligi, hamda kasallik, jinsidan qat’iy nazar, asosan 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (55,2%) o‘rtasida kuzatilishi asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muofiqlashtiruvchi ekspert kengashida 22.05.2023 yil 05-23/114-t-son bilan tasdiqlangan «Visseral leyshmanioz kasalligining zamonaviy algoritmini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Angren shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.11.2023 yildagi 210-son va Namangan viloyati Pop tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 09.11.2023 yildagi 01-9/1273-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasallikning uchrash hududini bilgan holda kasallikni erta davrlarda aniqlash imkonini beradi, va albatta, yosh toifasini bilish orqali nazoratni ko‘chaytirish imkonini yaxshilaydi bu esa bemor oilasidagi muhitni ancha erta tinchlanish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda visseral leyshmanioz kasalligi tashxisotini erta to‘g‘ri olib borish orqali bir nafar bemorga visseral leyshmaniozni tashxisoti uchun sarflanadigan davlat byudjetidan 465500 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor visseral leyshmanioz bilan kasallangan bolalarda 47,9% holatda o‘tkir respirator virusli infeksiya, 10,4% holatda esa sepsis kabi tashxislar bilan uzoq vaqt davolanganligi sababli, 7,3% holatda kasallik 1 yildan keyin tashxislanganligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muofiqlashtiruvchi ekspert kengashida 22.05.2023 yil №05-23/114-t-son bilan tasdiqlangan «Visseral leyshmanioz kasalligining zamonaviy algoritmini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Angren shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.11.2023 yildagi 210-son va Namangan viloyati Pop tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 09.11.2023 yildagi 01-9/1273-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: visseral leyshmanioz tashxisotining yangi usullarini takomillashtirish kasallikning erta tashxislash va davolash imkonini beradi, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: visseral leyshmanioz tashxisi bilan kasallangan bemorlarda tavsiya etilayotgan tashxisot usullari va immunologik xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy samaradorligi kasallikni erta aniqlash, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va uning og‘ir asoratlarini oldini olish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 475000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda visseral leyshmanioz kasalligini erta tashxisotida rK-39 antigenini morfofunksional ahamiyati isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muofiqlashtiruvchi ekspert kengashida 22.05.2023 yil №05-23/114-t-son bilan tasdiqlangan «Visseral leyshmanioz kasalligining zamonaviy algoritmini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Angren shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.11.2023 yildagi 210-son va Namangan viloyati Pop tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 09.11.2023 yildagi 01-9/1273-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Visseral leyshmanioz tashxisotining yangi usullarini takomillashtirish kasallikning erta tashxislash va davolash imkonini berib, bu o‘z navbatida tibbiy yordam sifatini yaxshilash, kasallikning asoratlarini kamaytirish hamda bemorlarning hayot tarzini yaxshilashga yordam bergan. iqtisodiy samaradorligi: Visseral leyshmanioz bilan kasallangan bemorlarda tavsiya etilayotgan tashxisot usullari va immunologik xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy samaradorligi kasallikni erta aniqlash, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va uning og‘ir asoratlarini oldini olish hisobtga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 475000 so‘mga, byudjetdan tashqpri mablag‘larni 350000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor visseral leyshmanioz bilan kasallangan bolalarning suyak ko‘migini sitologik tekshiruvida temir miqdori kamaygani, mikrotsitoz, gipoxromiya sababli bemorlarning 58,3% holatida temir tanqisligi anemiyasi, 41,2% da esa kasallikni og‘ir shaklda kechishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muofiqlashtiruvchi ekspert kengashida 22.05.2023 yil № 05-23/114-t-son bilan tasdiqlangan «Visseral leyshmanioz kasalligining zamonaviy algoritmini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Angren shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.11.2023 yildagi 210-son va Namangan viloyati Pop tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 09.11.2023 yildagi 01-9/1273-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: visseral leyshmanioz tashxisotining yangi usullarini takomillashtirish kasallikning erta tashxislash va davolash imkonini berishi hisobiga rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlar kamaytirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: visseral leyshmanioz tashxisotining yangi usullarini takomillashtirish kasallik erta tashxislash va davolash imkonini berishini hisobga olgan holda bemorning shifoxonada 1 kuniga sarflanadigan 95000 so‘mni va dori-darmoniga 70000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.