Gadoeva Dilshoda Abdig‘affor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chanoq a’zolari prolapsi xirurgik davosining reabilitatsion davrini optimallashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik i ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/ Tib3685.
Ilmiy rahbar: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,  DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar:  Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chanoq a’zolari prolapsi mavjud ayollarni erta diagnostika qilish, xirurgik davodan keyingi innovatsion reabilitatsiya usullarini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kasallikni erta aniqlash uchun translabial ultratovush tekshiruvi zarurligi, uning diagnostika samaradorligi prolaps darajasidan qat’iy nazar, POP-Q baholash tizimiga qaraganda 1,5-2 barobar yuqori ekanligi (Kohen kappa koeffisienti 0-0,04) isbotlangan;
chanoq a’zolari prolapsi xirurgik davosining samaradorligini baholashda translabial ultratovush tekshiruv usuli davomida alfa burchak tinch holatda 230 dan kichikligi va Valsalva sinamasidagi farq 200 dan kichikligi, betta burchak esa tinch holatda 90-1100 oralig‘ida bo‘lib, Valsalva sinamasida farq >100 emasligi isbotlangan;
chanoq a’zolari prolapsi xirurgik davosining reabilitatsiya davrini optimallashtirish uchun PRP terapiya amaliyoti bajarish bemorlarda og‘riq intensivligini (VASh) 1,5-2 barobarga (p<0,001), analgetik vositalar qo‘llanilishini 2-8 barobarga (p<0,001), bemorlar odatiy ijtimoiy hayotga qaytish muddatini 1,5 barobarga (p<0,01) qisqartirishi, choklar bitishini (REEDA) esa 2,5 barobarga (p<0,001) tezlashtirishi isbotlangan;
somatik kasalliklar (surunkali nafas olish kasalliklari, tizimli biriktiruvchi to‘qima kasalliklari va periferik tomirlarning varikoz kengayishi), akusherlik anamnezini (qisqa intergenetik interval, tug‘ruqlarning >3.5kg.dan ortiq vazndagi xomila bilan asoratsiz kechishi) inobatga olib translabial ultratovush tekshiruvini bajarish 34,9% bemorlarda chanoq azolari prolapsini erta aniqlash va davolash usulini tanlashga imkon berishi, hamda PRP terapiya reabilitatsiya davrini engillashtirishi (r-0,6-0,7) isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chanoq a’zolari prolapsi erta diagnostikasi, xirurgik davosining reabilitatsion davri klinik va instrumental  xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: kasallikni erta aniqlash uchun translabial ultratovush tekshiruvi zarurligi, uning diagnostika samaradorligi prolaps darajasidan qat’iy nazar, POP-Q baholash tizimiga qaraganda 1,5-2 barobar yuqori ekanligi (Kohen kappa koeffisienti 0-0,04) isbotlanganligi Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2024 yil 13-dekabrdagi 125-sonli buyruq va  Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2024 yil 16-dekabrdagi 280-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/35-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: asoratlangan somatik va akusherlik anamneziga ega bo‘lgan xavf guruhidagi bemorlarda translabial ultratovush tekshiruvini bajarish samarali ekanligi ambulator sharoitda shifokorlarga chanoq a’zolari prolapsini erta tashxislash va o‘z vaqtida davolashga yo‘naltirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi:  chanoq a’zolari prolapsi diagnostikasida POP-Q baholash tizimi natijalariga ko‘ra umumiy tekshirilgan 130 nafar bemorning 33% (43 nafar) qismida kasallik aniqlanmagan bo‘lsa, translabial ultratovush tekshiruv usuli orqali ushbu bemorlarning 34,9% (15 nafar)ida prolaps birinchi darajasi aniqlandi va erta diagnostika qilish natijasida konservativ davo usullarini bilan xirurgik davodan voz kechish yordamida 15 nafar bemorga 81537990 so‘m ortiqcha harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: chanoq a’zolari prolapsini erta aniqlash va kasallik darajalarini baholash uchun translabial ultratovush usuli ko‘rsatkichlariga asoslangan samarali diagnostik mezonlar ishlab chiqilishi har bir ayol uchun o‘rtacha 5435866 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: chanoq a’zolari prolapsi xirurgik davosining samaradorligini baholashda translabial ultratovush tekshiruv usuli davomida alfa burchak tinch holatda 230 dan kichikligi va Valsalva sinamasidagi farq 200 dan kichikligi, betta burchak esa tinch holatda 90-1100 oralig‘ida bo‘lib, Valsalva sinamasida farq >100 emasligi isbotlanganligi Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2024 yil 13-dekabrdagi 125-sonli buyruq va  Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2024 yil 16-dekabrdagi 280-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/35-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: chanoq a’zolari prolapsi davo usulining samaradorligini translabial ultratovush yordamida o‘rganish shifokorlarga chanoq tubi mushaklari funksional holatini exografik tasvir yordamida baholash, xirurgik davodan keyingi muddatda kasallik qaytalanishini prognozlash va profilaktik chora tadbirlarni ko‘rish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: chanoq a’zolari prolapsida bajarilgan davo usullarini samaradorligini translabial ultratovush usuli yordamida baholash natijasida 90 nafar (xirurgik davo olgan) bemorga 15750000 so‘m ortiqcha harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: chanoq a’zolari prolapsida bajarilgan davo usullarini samaradorligini translabial ultratovush usuli yordamida baholash natijasida kasallik qaytalanishini prognozlash va profilaktik chora tadbirlarni ko‘rish orqali har bir ayol uchun 175000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: chanoq a’zolari prolapsi xirurgik davosining reabilitatsiya davrini optimallashtirish uchun PRP terapiya amaliyoti bajarish bemorlarda og‘riq intensivligini (VASh) 1,5-2 barobarga (p<0,001), analgetik vositalar qo‘llanilishini 2-8 barobarga (p<0,001), bemorlar odatiy ijtimoiy hayotga qaytish muddatini 1,5 barobarga (p<0,01)qisqartirishi, choklar bitishini (REEDA) esa 2,5 barobarga (p<0,001) tezlashtirishining isbotlanganligi Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2024 yil 13-dekabrdagi 125-sonli buyruq va  Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2024 yil 16-dekabrdagi 280-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/35-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: chanoq a’zolari prolapsini xirurgik davosi reabilitatsiya davri kechishini takomillashtirish maqsadida PRP terapiya amaliyotini qo‘llash jarohat sohasida yallig‘lanish fazasi erta tugab, regeneratsiya fazasi boshlanishini stimullashi natijasida statsionar sharoitda davodan keyingi davr kechishini tezlashtirish orqali bemorlar hayot sifatini orttirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsion davrni PRP terapiya bilan olib borish odatiy usulga nisbatan 45 nafar bemorga 52495830 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: chanoq a’zolari prolapsi xirurgik davosining reabilitatsion davrini PRP terapiyani qo‘llash orqali takomillashtirish har bir ayol uchun o‘rtacha 1166574 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: somatik kasalliklar (surunkali nafas olish kasalliklari, tizimli biriktiruvchi to‘qima kasalliklari va periferik tomirlarning varikoz kengayishi), akusherlik anamnezini (qisqa intergenetik interval, tug‘ruqlarning >3.5kg.dan ortiq vazndagi xomila bilan asoratsiz kechishi) inobatga olib translabial ultratovush tekshiruvini bajarish 34,9% bemorlarda chanoq azolari prolapsini erta aniqlash va davolash usulini tanlashga imkon berishi, hamda PRP terapiya reabilitatsiya davrini engillashtirishi (r-0,6-0,7) isbotlanganligi Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2024 yil 13-dekabrdagi 125-sonli buyruq va  Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2024 yil 16-dekabrdagi 280-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/35-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: chanoq a’zolari prolapsi rivojlanish xavf guruhiga kiruvchilarni erta diagnostika qilish, kasallikni dastlabki boshqichlarida aniqlash, davodan keyingi davr kechishini optimallashtirish uchun algoritmni qo‘llash, ginekolog shifokorlarga bemorlar hayot sifatini tez tiklash imkonini beradi.   Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: chanoq a’zolari prolapsi yuzaga kelishini oldindan prognozlash va kasallikni erta diagnostika qilish uchun yaratilgan dastur, davo samaradorligi baholash hamda reabilitatsiya davri kechishini engilashtirish uchun bemorlarni olib borish algoritmidan foydalanish 130 nafar bemor uchun umumiy 149783820 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: chanoq a’zolari prolapsi yuzaga kelishini oldindan prognozlash va kasallikni erta diagnostika qilish davo samaradorligi baholash hamda reabilitatsiya davri kechishini engilashtirish algoritmidan foydalanish har bir ayol uchun o‘rtacha 1152183 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish