Yovqochev Shahzod Zayniddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sun’iy intellektni joriy etish sharoitida inson kapitali va ish bilan bandlikni transformatsiyalash», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt3856.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Goyipnazarov Sanjar Baxodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sun’iy intellektni joriy etish sharoitida inson kapitali va ish bilan bandlikni transformatsiyalash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ta’siriga ko‘ra raqamli transformatsiyaning konseptual modeli raqamli transformatsiyaning inson kapitali tuzilmasi va funksiyalariga ta’sirini baholash, xodimlarni yangi ish sharoitlarga moslashtirish, inson kapitaliga adaptatsiya qobiliyatlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
inson kapitalini rivojlantirishning moslashuvchan kompetensiyasini raqamli va katta ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasini oshirish, tahliliy fikrlash va sun’iy intellekt hosilasi natijalarini taqqoslash, personalda fanlararo bilimlarni rivojlantirish va tahliliy-dasturiy faoliyatda intellektual tizimlar bilan integratsiyasini maqsadli segmentlarga (vazifalarga moslashtirish) asosida rivojlantirish taklifi asoslangan;
inson kapitalini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi korporativ madaniyatni innovatsiyalarga moslashtirishga ko‘ra uzlyuksiz maslashuvchan ta’lim dasturini joriy qilish, sun’iy intellekt sharoitida inson kapitali va ish bilan bandlikni transformatsiya qilish orqali biznes jarayonini optimallashtirish va biznes jarayonida ijtimoiy vazifalarning ustuvorligini e’tiborga olgan holda integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
sun’iy intellektni joriy etish samaradorligini innovatsion va odatiy sun’iy intellekni dinamik tarzda birgalikda qo‘llash va mehnat bozorining istiqbol talablarini resurslar imkoniyati uyg‘unligiga ko‘ra biznes jarayonlarni optimallashtirish negizida oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. sun’iy intellektni joriy etish sharoitida inson kapitali va ish bilan bandlikni transformatsiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ta’siriga ko‘ra raqamli transformatsiyaning konseptual modeli raqamli transformatsiyaning inson kapitali tuzilmasi va funksiyalariga ta’sirini baholash, xodimlarni yangi ish sharoitlarga moslashtirish, inson kapitaliga adaptatsiya qobiliyatlarini integratsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-sonli Farmoni 3-ilovasa “Ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»sining 15-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 23-fevraldagi 08/43-son ma’lumotnomasi). Taklif, jumladan kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatiga qo‘yilgan talablarga muvofiq ravishda baholash va monitoringni amalga oshirish uchun ta’lim sifatini ta’minlashga doir sifat indikatorlarini ishlab chiqishda muayyan darajada xizmat qilgan;
inson kapitalini rivojlantirishning moslashuvchan kompetensiyasini raqamli va katta ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasini oshirish, tahliliy fikrlash va sun’iy intellekt hosilasi natijalarini taqqoslash, personalda fanlararo bilimlarni rivojlantirish va tahliliy-dasturiy faoliyatda intellektual tizimlar bilan integratsiyasini maqsadli segmentlarga (vazifalarga moslashtirish) ko‘ra rivojlantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PQ-152-son “«O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish loyihasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innova-siyalar vazirligining 2025-yil 23-fevraldagi 08/43-son ma’lumotnomasi). Taklif ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda sun’iy intellektni joriy etishning ko‘p funksiyali imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish hamda inson kapitalini rivojlantirishning moslashuvchan kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
inson kapitalini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi korporativ madaniyatni innovatsiyalarga moslashtirishga ko‘ra uzlyuksiz maslashuvchan ta’lim dasturini joriy qilish, sun’iy intellekt sharoitida inson kapitali va ish bilan bandlikni transformatsiya qilish orqali biznes jarayonini optimal-lashtirish va biznes jarayonida ijtimoiy vazifalarning ustuvorligini e’tiborga olgan holda integratsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmonining 3-ilovasi “Ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»sini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 23-fevraldagi 08/43-son ma’lumot-nomasi). Mazkur taklif sun’iy intellektni biznes jarayonlarga samarali integratsiyalash, innovatsion korporativ madaniyatni va inson kapitalini tizimli rivojlantirishga ko‘ra mehnat unumdorligi va ish samaradorligini o‘rtacha 25% ga oshirish, xarajatlarni esa 15–30% ga qisqartirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sun’iy intellektni joriy etish samaradorligini innovatsion va odatiy sun’iy intellekni dinamik tarzda birgalikda qo‘llash va mehnat bozorining istiqbol talablarini resurslar imkoniyati uyg‘unligiga ko‘ra biznes jarayonlarni optimallashtirish asosida oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarori 5-ilovasi “Yangi yondashuvlar asosida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 23-fevraldagi 08/43-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xususiy investor ishtirokida qiymati 10 mln. AQSh dollari bo‘lgan kreativ sohalar klasterini tashkil etishga, kompaniyalar xodimlari kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali bozor o‘zgarishlariga moslashishi va uzoq muddatli raqobatbardoshlikni ta’minlash imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qitlgan.