Juraev Navruz Juraevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” (Buxoro viloyati oilaviy korxonalari misolida)”, 08.00.13–“Menejment” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3332.
Ilmiy rahbari: Ashurov Zufar Abdulloevich
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktoki (PhD), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.30/30.09.2022.I.101.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Jamoliddin Hikmatillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Arabov Nurali Uralovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Oilaviy korxona” tushunchasining iqtisodiy-boshqaruv mazmuni oilaga tegishli yoki u tomonidan nazorat qilinadigan kapitaldan tavakkalchilik asosida va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida iqtisodiy mustaqil biznes subekt (kichik, o‘rta va yirik) tashkil etish, mol-mulkining avloddan avlodga me’rosga o‘tishi hamda ushbu faoliyatini samarali boshqarish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
hududlardagi oilaviy korxonalari mahallalar “ettiligi” bilan tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy-soliq hamkorligiga muvofiq “Oilaviy tadbirkorlikni mahallabay boshqaruv” mexanizmini  joriy etish hisobiga oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga erishish taklifi asoslangan;
oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish va uni rasmiylashtirish tartibini aniq belgilash, ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishini chaqirish, ovoz berish va ularni hisoblash, qarorlarni qabul qilish, umumiy yig‘ilish bayonnomasini rasmiylashtirish tartiblarini korxona ichki hujjatlarida belgilab qo‘yish bo‘yicha takliflar asoslangan;  
Buxoro viloyatida oilaviy korxonalar faoliyatini samarali boshqarish asosida ularning hudud iqtisodiyotidagi salmog‘ini oshirishning 2029 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Oilaviy korxona” tushunchasining iqtisodiy-boshqaruv mazmuni oilaga tegishli yoki u tomonidan nazorat qilinadigan kapitaldan tavakkalchilik asosida va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida iqtisodiy mustaqil biznes subekt (kichik, o‘rta va yirik) tashkil etish, mol-mulkining avloddan avlodga me’rosga o‘tishi hamda ushbu faoliyatini samarali boshqarish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan taklifidan Savdo sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 24-martdagi  
04-07-27-3240-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish menejment sub’ekti sifatidagi oilaviy korxonalarning tadbirkorlik faolligini tizimlashtirilganligi 2 marta oshirishga imkon berdi va oilaviy korxona tizimi talablari tomonidan ushbu soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan;
hududlardagi oilaviy korxonalari mahallalar “ettiligi” bilan tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy-soliq hamkorligiga muvofiq “Oilaviy tadbirkorlikni mahallabay boshqaruv” mexanizmini  joriy etish hisobiga oilaviy korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga erishish taklifidan Savdo sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 24-martdagi  04-07-27-3240-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish mahalladagi “ettiligi” bilan ishbilarmonlik hamkorligini yo‘lga qo‘yish va mahallalarning byudjetini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shish natijasida kambag‘allikni 2 marta qishqartirisha olib keldi;
oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish va uni rasmiylashtirish tartibini aniq belgilash, ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishini chaqirish, ovoz berish va ularni hisoblash, qarorlarni qabul qilish, umumiy yig‘ilish bayonnomasini rasmiylashtirish tartiblarini korxona ichki hujjatlarida belgilab qo‘yish bo‘yicha asoslangan takliflaridan Savdo sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 24-martdagi  
04-07-27-3240-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024-yil 4-sentyabrdagi 03/26-17/3825-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi faoliyatini reglamentlash, uning ishtirokchilarining qaror qabul qilishdagi huquqlarini yanada ta’minlash, umumiy yig‘ilish natijalarini ilg‘or amaliyot asosida rasmiylashtirish imkoni yaratildi va oilaviy korxonani boshqarishda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini tashkil etilishiga erishildi;
Buxoro viloyatida oilaviy korxonalar faoliyatini samarali boshqarish asosida ularning hudud iqtisodiyotidagi salmog‘ini oshirishning 2029 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan prognoz parametrlari (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 24-martdagi  
04-07-27-3240-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmidagi ulushini uzoq muddatli istiqbolda 10-15% gacha etkazish hamda viloyat iqtisodiyotini diversifikatsiyalash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish