Bayniyazov Temirniyaz Sherniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Servis korxonalarida xizmat ko‘rsatish jarayonlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4351.
Ilmiy rahbar: Bayjanov Sarsengaliy Xalmuratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiev Anvar Abduraxmonovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida servis korxonalarida xizmat ko‘rsatish jarayonlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish jarayoni samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni xizmatlarni taqdim qilish jarayonida resurslarning minimal sarflanishi hisobiga belgilangan sifat standartlari va mijozlar ehtiyojlarini qondirish darajasiga erishish hamda bu jarayon natijasida tashkilotning iqtisodiy manfaatlari va raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya sifatida takomillashtirilgan;
servis korxonasining innovatsion muhiti va resurs salohiyatini baholash asosida innovatsion strategiyani amalga oshirishning 4 bosqichdan (diagnostika, strategiyani tanlash, moliyalashtirish va monitoring) iborat fazali modeli har bir bosqichdagi (ilmiy tadqiqot sarflari/daromadlar nisbati – 3-5%, xizmatlar diversifikatsiyasi indeksi – 0,6 va yuqori) miqdoriy qiymatlari orqali takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur doirasida mijozlar ehtiyojlariga muvofiqlashgan xizmat turlarini diversifikatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish (o‘rtacha 12-15%) va xizmatlar sifatini baholash indeksi (CSQI – Customer Service Quality Index)ni 80 balldan 90 ballga ko‘tarish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlari samaradorligini oshirish asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar bozorini barqaror rivojlanish tendensiyalarini ifodalovchi ekonometrik model asosida jami xizmatlar hajmini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Servis korxonalarida xizmat ko‘rsatish jarayonlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish jarayoni samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni xizmatlarni taqdim qilish jarayonida resurslarning minimal sarflanishi hisobiga belgilangan sifat standartlari va mijozlar ehtiyojlarini qondirish darajasiga erishish hamda bu jarayon natijasida tashkilotning iqtisodiy manfaatlari va raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya sifatida takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sohalar iqtisodiyoti va menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 martdagi 55-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda xizmatlarni taqdim qilish jarayonida iqtisodiy manfaatlar va raqobatbardoshlikni ta’minlash imkoniyatini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya sifatida takomillashtirilgan xizmat ko‘rsatish jarayoni samaradorligi tushunchasiga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
servis korxonasining innovatsion muhiti va resurs salohiyatini baholash asosida innovatsion strategiyani amalga oshirishning 4 bosqichdan (diagnostika, strategiyani tanlash, moliyalashtirish va monitoring) iborat fazali modeli har bir bosqichdagi (ilmiy tadqiqot sarflari/daromadlar nisbati – 3-5%, xizmatlar diversifikatsiyasi indeksi – 0,6 va yuqori) miqdoriy qiymatlari orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 1 apreldagi PC/01-09/97-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish korxonaning innovatsion strategiyasini ishlab chiqish asosida kelgusida muayyan samaradorlikka erishish rejasini izchil amalga oshirishning aniqlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur doirasida mijozlar ehtiyojlariga muvofiqlashgan xizmat turlarini diversifikatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish (o‘rtacha 12–15%) va xizmatlar sifatini baholash indeksi (CSQI – Customer Service Quality Index)ni 80 balldan 90 ballga ko‘tarish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlari samaradorligini oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 1 apreldagi PC/01-09/97-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish korxonalarda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish orqali samaradorlikni oshirish va iste’molchilar talablarini to‘liqroq qondirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar bozorini barqaror rivojlanish tendensiyalarini ifodalovchi ekonometrik model asosida jami xizmatlar hajmini oshirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar bozorini 2025-2030-yillarda rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 1 apreldagi PC/01-09/97-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish 2025-2030 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida respublikada aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan xizmatlar hajmini 47,8 %ga va kichik biznes sub’ektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmini 40,4 %ga oshishi imkonini yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan.