Abdulxaev Abdurashid Nodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro sanksiyalar sharoitida Xitoy-Eron munosabatlari dinamikasi va rivojlanish tendensiyalari”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ss554
Ilmiy rahbar: Xodjimuratova Dilshoda Sunnatillaevna, tarix fanlari doktori (DSc)
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar:
Nurimbetov Rahmatilla Ibragimovich, siyosiy fanlar doktori (DSc)
Fayzullaev Sarvar Abdusattor o‘g‘li, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 80-yillaridan keyin Xitoy va Eron o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi va strategik sheriklikning rivojlanish tendensiyalari hamda ushbu jarayonlarning mintaqaviy va xalqaro geosiyosiy jarayonlarga ta’siri mohiyatini ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xitoy-Eron strategik hamkorligi mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasiga transformativ ta’sir qilayotgani, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda yangi geosiyosiy muvozanat shakllantirishga, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Pekinning “Bir kamar – bir yo‘l” loyihasi doirasida alternativ iqtisodiy integratsiya modellarini rivojlantirayotgani ilmiy dalillangan;
Xitoyning energetika xavfsizligi orqali strategik muvozanatga erishish konsepsiyasi doirasida ishlab chiqilgan Eron bilan hamkorligining yangi modeli Pekinning uglevodorod importini diversifikatsiya qilish, Tehroning sanksiyalar sharoitida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash manfaatlarining uyg‘unlashuviga asoslangani ko‘rsatib berilgan;
Xalqaro sanksiyalar sharoitida Xitoy-Eron munosabatlarining pragmatik adaptatsiya mexanizmi ikki davlat milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani, iqtisodiy va siyosiy strategiyalarni muvofiqlashtirish orqali sanksiyalar ta’sirini minimallashtirish imkonini berishi, G‘arb moliya tizimiga muqobil yuan valyutasi asosidagi moliyaviy infratuzilma yaratish strategiyasi ekani isbotlangan;
Xitoy-Eron munosabatlarining institutsional rezistentlik fenomeni xalqaro sanksiyalar ta’sirida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik saqlanib qolishi, yangi shakllar va mexanizmlar orqali mustahkamlanishi, texnologik transfer, harbiy-texnik hamkorlik va transmintaqaviy transport koridorlari yaratish ko‘pqutbli dunyo tartibining shakllanishiga hissa qo‘shayotgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro sanksiyalar sharoitida Xitoy-Eron munosabatlari dinamikasi va rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Xitoyning “energetika xavfsizligi orqali strategik muvozanat” konsepsiyasi doirasida Eron bilan energetika sohasidagi hamkorlikning taklif etilgan yangi modeli, bu model Xitoyning energetika importini diversifikatsiya qilish, Eronning esa sanksiyalar sharoitida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash manfaatlarining uyg'unlashuviga asoslangani, shuningdek, 2021-yilda imzolangan Kompleks strategik hamkorlik kelishuvi ushbu modelning amaliy ifodasi bo‘layotgani, shuningdek, Xitoy va Eron tashqi siyosatlarining o‘zaro integratsiya va moslashuv mexanizmi hamda geoiqtisodiy sheriklik modeli sifatidagi mohiyati, shuningdek, Xitoy-Eron hamkorligi AQShning global strategiyasi va sanksiyalar siyosatiga ko‘rsatayotgan ta’siri, shuningdek, mazkur sheriklik rasmiy Tehronga nisbatan xalqaro sanksiyalarning samaradorligini pasaytiruvchi omil sifatida namoyon bo‘layotgani borasidagi asosiy ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi huzuridagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazining axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi huzuridagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazining 2025-yil 25-iyundagi 01/24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro munosabatlar sharoitida Xitoy-Eron munosabatlarining rivojlanish istiqbollari borasidagi xulosalarni ilmiy asoslashga, shuningdek, muayyan muammolar bo‘yicha tavsiya va takliflar tayyorlashga xizmat qilgan;
Xitoy-Eron munosabatlarining xalqaro sanksiyalar sharoitidagi transformatsiyasi global geosiyosiy barqarorlikka ta’siri, xususan, xalqaro sanksiyalar Eronni G‘arb bilan ziddiyatli munosabatlar sharoitiga olib kelgani sababli, u tashqi siyosatini Sharq tomon yo‘naltirgani va Xitoyni strategik hamkor sifatida tanlagani, bu jarayonda Xitoyning Eron bilan strategik aloqalarni mustahkamlashga intilishi, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi alternativ hamkorlik platformasi bo‘layotgani, Xitoy–Eron munosabatlari faqat ikki tomonlama emas, balki ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasida ham mustahkamlanib borayotgani, xususan, “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusida Eronning geografik joylashuvi va logistika yo‘laklaridagi ahamiyati, BRICS va ShHT kabi platformalar orqali yuzaga kelayotgan strategik yondashuvlar Xitoy va Eronni umumiy geoiqtisodiy maqsadlar sari yaqinlashtirayotgani borasidagi asosiy ilmiy yangiliklar O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foyda¬lanilgan. (O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining 2025-yil 18-iyundagi 337/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ular Xitoy-Eron munosabatlarini belgilashda xalqaro vaziyatning roli, Markaziy Osiyo davlatlari tranzit siyosatini rejalashtirishda inobatga olish mumkin bo‘lgan xulosalarni ilmiy asoslashga, shuningdek, muayyan muammolar bo‘yicha tavsiya va takliflar tayyorlashga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq nigohida Xitoy–Eron aloqalarining tahlili, jumladan, Xitoyning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy ishtirokini kuchaytirishi va Eronning Yaqin Sharqdagi ta’siri ikki tomonlama manfaatlar asosida mintaqaviy xavfsizlik modelini shakllantirishga xizmat qilishi ehtimoli, Markaziy Osiyodagi infratuzilma, energiya va xavfsizlik loyihalarida Xitoy–Eron hamkorligi ta’siri, ayniqsa O‘zbekiston uchun ham geosiyosiy muvozanatli siyosat yuritishda o‘rnak bo‘lish hamda Xitoy va Eronning sanksiyalarga qarshi iqtisodiy manyovrlari, xususan, Eron o‘z tabiiy resurslarini Xitoyga arzon va barqaror shartlarda taklif qilish orqali iqtisodiy faolligini saqlab qolishga harakat qilgani, Xitoy esa o‘zining energetika xavfsizligini ta’minlashga erishgani, shuningdek, ushbu jarayonda ikki davlatning milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan adaptiv strategiyalari geoiqtisodiy manyovrlar vositasida sanksiyalar ta’sirini zaiflashtirishda samarali bo‘lgani borasidagi xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holda qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarga oid axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 01-27/266-sonli maʼlumotnomasi). Natijada ular Xitoy-Eron munosabatlarini belgilashda xalqaro vaziyatning roli, Markaziy Osiyo davlatlari tranzit siyosatini rejalashtirishda inobatga olish mumkin bo‘lgan xulosalarni ilmiy asoslashga, shuningdek, muayyan muammolar bo‘yicha tavsiya va takliflar tayyorlashga xizmat qilgan.