Sharipov Sherzod Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida yoshlarning ish bilan bandlik darajasini oshirish yo‘llari”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3661.
Ilmiy rahbar: Aliqoriev Olimxon Furqat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kenjaboev Aman Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotning milliy iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini aniqlagan holda uning istiqbolli yo‘nalishlarini takomillashtirish orqali yoshlarning ish bilan bandlik darajasini oshirish yo‘llari bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida yoshlar bandligi fenomeniga doir nazariy qarashlar sistemali ravishda tahlil qilinib, “raqamli iqtisodiyot” va “raqamli ishchi” tushunchalarining mazmuni va xususiyatlari aniqlashtirilgan;
yoshlar mehnat bozoriga raqamli texnologiyalar taqdim etayotgan imkoniyatlar va xavf-xatarlar ilmiy asoslangan tarzda klassifikatsiya qilinib, yoshlarni raqamli iqtisodiyotga jalb etish orqali ish bilan bandlikni oshirishning konseptual modeli va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan; 
yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqigan;
zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash dasturlariga raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish modullarini kiritish, “raqamli avlod” kadrlar zaxirasini shakllantirish, yoshlar startaplari uchun soliq va moliyaviy imtiyozlar berish zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yoshlar bandligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
raqamli hamda kreativ iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida zamonaviy kasblarga ko‘nikmani shakllantirish va ularning zanjirli ta’sirlari natijasida shakllanuvchi “demografik dividend”lar asoslangan hamda raqamlashtirish jarayonlarining jadal sur’atlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida yoshlarning ish bilan bandlik darajasini oshirish, mamlakat yalpi ichki mahsulotiga ta’siri aniqlangan ilmiy yangiliklardan Yoshlar ishlari agentligining ijtimoiy loyihalarida foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 6-maydagi 2-15-21-2378-sonli dalolatnomasi). Natijada, raqamli mehnat shakllariga oid faoliyat turlari bo‘yicha yoshlar uchun yo‘naltiruvchi dasturlar ishlab chiqilgan, ularni kasbiy orientatsiya qilish va mehnatga jalb etish samaradorligi oshirilgan.
yoshlar o‘rtasida raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish, masofaviy mehnat (freelance) imkoniyatlaridan foydalanish va startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash orqali bandlikni ta’minlash yo‘llari asoslab berilgan ilmiy yangiliklardan Buxoro viloyati hokimligi, G‘ijduvon, Romitan tumani hokimliklari, Buxoro va Kogon shahar hokimliklarining ijtimoiy loyihalari hamda Yoshlar bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqishda qo‘llanilmoqda. (Buxoro viloyati hokimligining 2025-yil 29-maydagi 06/585-01-06-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy miqyosdagi yoshlar o‘rtasida raqamli savodxonlikni oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlari joriy etilib, ularning zamonaviy mehnat bozoriga integratsiyasi uchun sharoit yaratildi.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus onlayn platforma ishlab chiqib, ushbu platforma orqali yosh ish izlovchilarni raqamli iqtisodiyotning turli sohalaridagi ish beruvchilar bilan bog‘lash imkoniyatlari asoslangan ilmiy yangiliklardan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilayotgan “Yoshlar bandligi – raqamli iqtisodiyotda” loyihasida asosiy metodologik manba sifatida foydalanilgan. (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 2-iyundagi 01/00-03/07-5081-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiylik va amaliylikni uyg‘unlashtirilib, amalga oshirilayotgan kompleks loyihalarning mustahkam ilmiy-metodik asosi yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish