Ovxunov Iqboljon Abdunabievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Pedagogika fanlari) 
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2392. 
 Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Xanbabaev Hakimojon Ikramovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qurbonova Baxtixon Kuchkarovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (motivatsion yo‘nalishlari, omillari) va komponentlari (motivatsion, kognitiv, kommunikativ, individual-psixologik), ko‘rsatkichlari (kognitiv, texnik-tashkiliy, axloqiy) komparativistik tahlilga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning mazmuni mazkur jarayon funksiyalari (qadriyat, safarbar etuvchi, xulqni nazorat qiluvchi va korreksiyalash, o‘zini-o‘zi nazorat qilish funksiyalari) hamda bosqichlari (adaptiv, barqaror, analitik)ning identivlik darajasini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirish modelining amaliy komponenti kompleks shartlar (“virtual borliqqa doir kasblar”, “ilmiy tadqiqot topshirig‘i”, “o‘quv mashg‘ulotini rejalashtirish”, “mulohaza yuritishga yo‘naltirilgan topshiriqlar”, “amaliyotga yo‘naltirilgan topshiriq”, “tanqidiy baholash”, “maktab amaliyoti”, “tavsiyalar shakllantirish”) joriy etilishini kelajakdagi imkoniyatlar nuqtayi nazaridan baholash va mavjud vaziyatni qiyosiy tahlil asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning didaktik tizimi virtual ta’limni texnik, ijtimoiy hamda pedagogik xatarlilik nuqtayi nazaridan baholash hamda amaliyotga tatbiq etishning konseptual jihatlarining (talabalarning virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatini shakllantirish konsepsiyasi) muqobillik, o‘zgaruvchanlik, samaradorlikka erishish ko‘rsatkichlari asosliligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va komponentlari, ko‘rsatkichlarini komparativistik tahlilga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning mazmunini mazkur jarayon funksiyalari hamda bosqichlarining identivlik darajasini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5111800 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat yoʻnalishlari uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrugʻi, 237-170-raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirish modelining amaliy komponentini kompleks shartlar implementatsiyasini futurologik baholash va mavjud vaziyatni qiyosiy baholash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan axborot texnologiyalari ta’lim yoʻnalishi uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrugʻi, 232-319-raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning didaktik tizimini virtual ta’limni texnik, ijtimoiy hamda pedagogik riskologiya nuqtayi nazaridan baholash hamda amaliyotga tatbiq etishning konseptual jihatlarining muqobillik, variativlik, samaradorlikka erishish ko‘rsatkichlari validligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Ta’limda axborot texnologiyalari (Informatsionnie texnologii v obrazvanii)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrugʻi, 232-395-raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda virtual borliqqa mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish