Xaripova Rashida Erimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi e’loni

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qozog‘iston Respublikasi Markaziy davlat muzeyining ilmiy-fond faoliyati (1830-2023 yillar)”, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar2282 
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxtiyor Vaxapovich tarix fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi PhD.02/09.07.2020.Tar.70.03. 
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Kuryazova Darmon To‘raevna: Muhamedova Munisa Sobirovna tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qozog‘iston Markaziy muzeyining ilmiy-fond faoliyati konteksida muzey amaliyotini tahlil qilish asosida Qozog‘iston Markaziy muzeyining faoliyatini yangi raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Qozog‘iston Markaziy muzeyining rivojlanishi muzeyshunoslik amaliyoti nuqtai nazaridan sakkiz bosqichga ajratildi: 1) 1830–1860 yillar – tashkil etilish davri: muzeyning tabiiy fanlar va arxeologiya kolleksiyalariga asoslangan “noyob buyumlar kabineti” sifatida shakllanishi; 2) 1870–1890 yillar – etnografik yuksalish: etnografik ekspedisiyalar tashkil etilishi va fondlarni faol to‘ldirish bosqichi; 3) 1900–1916 yillar – tizimlashtirish bosqichi: kolleksiyalarni kataloglashtirish va ilmiy nashrlar faoliyatining boshlanishi; 4) 1917–1929 yillar – sovet islohoti: kolleksiyalarning milliylashtirilishi va ularning Olmaotaga topshirilishi; 5) 1930–1990 yillar – muzey tizimini shakllantirish va muzeyning yetakchi ilmiy markazga aylanishi; 6) 1991–2005 yillar – post-sovet davri: ekspedision faoliyatning pasayishi, “Madaniy meros” davlat dasturida ishtirok, muzeyga ilmiy-tadqiqot tashkiloti maqomining berilishi; 7) 2006–2011 yillar – ilmiy yuksalish davri: 19 ta ilmiy loyiha amalga oshirilgan, ilmiy maqom mustahkamlangan; 8) 2012–2023 yillar – raqamli transformatsiya davri: 3D texnologiyalar joriy etilgan, xalqaro hamkorlik kengaytirilgan;
muzeyda retrospektiv rivojlanish borasida zamonaviy ilmiy bo‘limlarning tashkil etilishi (1990-yillarda 2 ta, 2000-yillarda 7 tagacha ortgan) arxeologiya, etnologiya, antropologiya, tarix, muzey manbashunosligi va qo‘lyozmalarni saqlash yo‘nalishlariga ixtisoslashgan moddiy va nomoddiy merosni o‘rganish bo‘yicha asosiy ilmiy markaz sifatidagi mavqeining (“Madaniy meros” dasturida ishtirok va 30 dan ortiq raqamlashtirilgan nashrlar, jumladan muzeografik katalog va ensiklopediyalar) mustahkamlanishi asoslab berilgan;
fondlarni raqamlashtirish jarayonida noyob ashyolar “virtual inventarizatsiya kartalari”ning joriy etilishi “elektron kataloglash tizimi”ning shakllanishiga asos bo‘lganligi va bu jarayonlar muzey fondlarining tadqiqotchilar hamda keng jamoatchilik (PR) uchun ochiqligini ta’minlash bilan birga, muzey ma’lumotlarining ishonchli saqlanishi va ulardan ilmiy tadqiqot ishlarida tizimli foydalanish imkoniyatini yaratayotganligi isbotlangan;
Qozog‘iston Markaziy muzeyining Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi va Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi bilan restavratsiya, ko‘rgazmalar almashinuvi sohasidagi hamkorligi muzey ashyolari negizida loyihalar (“Markaziy Osiyo mamlakatlarida siyosiy qatag‘on qurbonlarini reabilitatsiya qilish: natijalar va umumiy muammolar”), tadqiqotlar va xalqaro ko‘rgazmalar (“Alashtiң asil aristari (Alashning g‘oyaviy ulhomchilari”), “Turkiston ikki imperiya hukmronligi ostida: kolonializm va qatag‘onlar”) tashkil etilishiga, natijada ushbu madaniy aloqalarning muzeylar nafaqat milliy madaniyat markazi, balki mintaqaviy hamkorlik va ilmiy almashinuv markazi sifatida ham integrasion rivojlanish imkoniyatlari dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston tarixini yoritishda memorial va uy-muzeylarining faoliyatiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar quyidagicha amaliyotga tatbiq etildi. Dissertatsiya materiallari Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida “Arxeologiya, etnologiya va muzeyshunoslik” kafedrasida o‘qitiladigan 6V02206 “Muzey ishi va yodgorliklarni muhofaza qilish” fanining ma’ruza kurslari hamda amaliy mashg‘ulotlarida qo‘llanildi. Shuningdek, talabalar tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalarini tayyorlashda foydalanildi.
Dissertatsiya natijalari quyidagi mavzularda samarali qo‘llanmoqda: “Muzey fondi tarix va madaniyatni o‘rganish manbai sifatida”, “Muzeyning ilmiy-tadqiqot ishlari metodlari”, “Muzey fondlarini raqamlashtirish: zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalar”, “Qozog‘iston Respublikasi Markaziy muzeyining arxeologik kolleksiyalarining shakllanish tarixi”. Ushbu materiallar talabalar ishtirokida o‘tkaziladigan seminar mashg‘ulotlari, muhokamalar va taqdimotlarda ham faol ravishda qo‘llanilmoqda. Fanni o‘qitish jarayonida tadqiqotning quyidagi asosiy jihatlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Muzey fondi tarix va madaniyatni o‘rganish uchun manbaviy asos sifatida – ushbu yoʻnalish talabalar tomonidan madaniy merosni saqlash kontekstida muzey kolleksiyalarining ahamiyatini chuqur anglashga yordam beradi. Qozog‘iston Markaziy muzeyining ilmiy-tadqiqot faoliyati va uning fondlarini raqamlashtirish istiqbollari – muzeylarning zamonaviy ish usullari, jumladan raqamlashtirish jarayonlarini o‘rganish talabalarni globallashuv va texnologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq muammolarga tayyorlashga xizmat qiladi. Qozog‘iston Respublikasi Markaziy davlat muzeyining arxeologik kolleksiyasining shakllanish tarixi (hisobga olish, saqlash, ekspozisiyalash, raqamlashtirish) – bu jihat muzey kolleksiyalarini boshqarish jarayonlarini va ularning ilmiy tadqiqotlardagi o‘rnini chuqur tushunishga yordam beradi. Ushbu mavzular 2022-yildan boshlab muzeyshunoslik va madaniy merosni muhofaza qilish sohasida kasbiy vazifalarni samarali hal qila oladigan mutaxassislarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan bo‘lib, yangi o‘quv kurslari va dasturlarni ishlab chiqishda foydalanildi (Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetining 2025 yil 23 yanvardagi №15-25-112 ma’lumotnomasi). Natijalar, shuningdek, Qozog‘iston Markaziy muzeyining madaniy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot ishlariga faol integratsiya qilingan, chunki muzey faoliyatida raqamlashtirish va yangi texnologiyalardan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
Tadqiqot materiallari “Muzey faoliyatida zamonaviy texnologiyalar” mavzusidagi ma’ruzalarni tayyorlashda qo‘llanildi. Ushbu ma’ruzalarda yagona elektron ma’lumotlar bazasini joriy etish zaruriyati asoslab berilgan bo‘lib, bu muzey xodimlariga fondlarni hisobga olish, saqlash va muvofiqlashtirish jarayonidagi o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida tezkor axborot olish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, ko‘plab muzey eksponatlarini tarixiy-madaniy birlamchi manba sifatida ilmiy tadqiqotlar doirasiga tezroq kiritishga yordam beradi. Xususan, ma’ruzalar raqamlashtirishning quyidagi jihatlarini qamrab oladi: 3D-modellashtirishdan foydalanish, virtual sayohatlarni yaratish, onlayn kataloglarni rivojlantirish hamda interaktiv ekspozision texnologiyalarni tatbiq etish.
Tadqiqot natijalari Qozog‘istonning mintaqaviy muzeylarining tashkiliy tuzilmalarini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi. Xususan, yagona muzey buyumlarini hisobga olish tizimini joriy etish, onlayn kataloglar yaratish va xodimlarni raqamli texnologiyalar bilan ishlashga o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Qozog‘iston Markaziy muzey ilmiy-tadqiqot markazi sifatida arxeologiya, antropologiya va etnologiya, Qozog‘iston tarixini o‘rganish, muzeyshunoslik manbashunosligi va qo‘lyozmalar, fondlarni hisobga olish va saqlash, shuningdek, eksponatlarni restavratsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab ilmiy va ilmiy-fond bo‘limlariga ega. Muzey xodimlari mamlakatning boshqa muzeylaridagi hamkasblariga maslahatlar berib, o‘z malakasini muntazam ravishda xorijda oshirib boradilar.
Qozog‘iston Markaziy muzey faoliyatiga tadqiqot natijalarining ayrim jihatlari tatbiq etildi. Xususan, yangi interaktiv-eksperimental fond tashkil etilib, bu tashrif buyuruvchilar bilan ishlashda innovatsion usullarni joriy etishga yordam berdi. Raqamlashtirilgan ma’lumotlarga asoslangan yangi hisob tizimi va klassifikatsiya usuli muzey faoliyatida raqamli texnologiyalarni kengroq tatbiq etish imkoniyatini yaratdi (Qozog‘iston Respublikasi Markaziy davlat muzeyining 2025 yil 22 yanvardagi №1-10-19 ma’lumotnomasi).
Dissertatsiyaning “Markaziy muzeyning ilmiy-tadqiqot instituti sifatida shakllanish tarixi” nomli I bobi va ushbu bobning “O‘zbek xalqining madaniy-tarixiy merosi fondini shakllantirish. Muzeyning Markaziy Osiyo (O‘zbekiston Respublikasi) muzeylari bilan hamkorligi” nomli paragrafida qayd etilgan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondini faktik materiallar, manbalar va ma’lumotlar bilan to‘ldirishga imkon yaratib, muzeyning multimedia vositalarini yanada boyitishga, shuningdek, 1865-1953 yillardagi qatag‘on tarixini keng miqyosda yoritishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2025 yil 23 yanvardagi №022 ma’lumotnomasi). Natijada muzey fondi qimmatli tarixiy hujjatlar va manbalar bilan boyitilib, eksponatlar bazasi kengaydi. Muzey tashrif buyuruvchilar uchun yanada interaktiv va axborotga boy ko‘rinishga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar va tarixchilar uchun ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishda muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish