Sagieva Moldir Orazbay qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqada paxta-to‘qimachilik klasterlarini shakllantirish va rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2653.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Farhod Ozodovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida hududiy paxta-to‘qimachilik klasterlarini shakllantirish va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini bosqichma-bosqich tashkil etishda fermerlar va klasterlarning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va umumiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan mexanizm taklif etilgan;
mintaqada paxta narxlarini barqarorlashtirish uchun interventsiya jamg‘armasi mexanizmini amalga oshirish bo‘yicha paxta narxlarini dinamik chegaraviy qiymatlarga asoslangan interventsion tartibga solish yondoshuvi taklif etilgan;
mintaqa paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini samaradorligini oshirishda fyuchers shartnomasi asosida va kreditlash doirasida fermerlar va paxta-to‘qimachilik klasterlarining o‘zaro hamkorligi mexanizmi taklif etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini bosqichma-bosqich tashkil etishda fermerlar va klasterlarning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va umumiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan mexanizm bo‘yicha taklifi asosida «Ellikqal’a oltin tolasi klasteri» va «Beruniy Cluster» klasterlari moliyaviy holatini yaxshilashga ta’sirining prognoz hisob-kitobi amalga oshirilgan. Ishlab chiqilgan mexanizmlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rivojlantirish dasturlariga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 03/017-394-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati shaffofligi yana oshgan;
mintaqada paxta narxlarini barqarorlashtirish uchun intervensiya jamg‘armasi mexanizmini amalga oshirish bo‘yicha paxta narxlarini dinamik chegaraviy qiymatlarga asoslangan intervension tartibga solish yondoshuvi bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ichki bozorda narxlarning keskin tebranishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 03/017-394-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida narxlar 15 foizga va undan ko‘proqqa pasayganda jamg‘arma paxtani fermerlarning rentabelligi tannarxning kamida 30 foizi darajasida bo‘lishini ta’minlaydigan eng past narx bo‘yicha xarid qilish imkonini bergan;
mintaqa paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini samaradorligini oshirishda fyuchers shartnomasi va kreditlash doirasida fermerlar va paxta-to‘qimachilik klasterlarining o‘zaro hamkorligi mexanizmi bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 03/017-394-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash asosida, klaster daromadlarining 1 foizga oshishi YaHMning o‘rtacha 0,90 foizga, tarmoqda band bo‘lganlar sonining 1 foizga oshishi YaHMning 0,59 foizga oshishiga imkon bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha olingan prognoz qiymatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga mintaqada klasterlar rivojlanishini samarali boshqarishni strategik rejalashtirishda foydalanlgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 03/017-394-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish