Kalimullina Nargiza Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilishda kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3631.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Bexzod Umidjanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Qaroqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish sohasida KBXTni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari faoliyatining barqaror rivojlanishi hamda faollik ko‘rsatkichlarining hududiy va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida takomillashgan tasniflash mezoni taklif etilgan;
qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi uchun to‘rli graf usuli orqali omillar dinamikasining yuqori (51-100 %) va pastki (0-50 %) chegaralarini aniqlash mumkinligi asoslangan;
qurilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishiga ta’sir etuvchi jami 18 ta omillarning zanjirlash reytingini aniqlashga qaratilgan salbiy omillar ta’sirini yumshatish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
hududlar qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasi, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligi algoritmi va maqsadli ko‘rsatkichlarini baholashning integratsion modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yangi O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari faoliyatining barqaror rivojlanishi hamda faollik ko‘rsatkichlarining hududiy va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida takomillashgan tasniflash mezoni bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 58-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimining 2024-yil 7-oktyabrdagi 07-4-09/9277-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida joylarda bevosita KBXT faoliyatini tartibga soluvchi ijro organlari, KBXT muammolari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy jamoatchilik, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning tasavvurlari, KBXT tasnifiy xususiyatlari bo‘yicha bilim, ko‘nikmalari doirasi kengaygan;
qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi uchun to‘rli graf usuli orqali omillar dinamikasining yuqori (51-100 %) va pastki (0-50 %) chegaralarini aniqlash taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 58-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimining 2024-yil 7-oktyabrdagi 07-4-09/9277-son ma’lumotnomasi)). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida qurilish sohasida KBXT rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar va ularning tebranish oraliqlari, ekspertlarning sotsiologik so‘rovnomalarini baholash asosida qurilishda KBXTni rivojlantirishda qaysi omilga ustuvorlik berilishi joylarda sohaga oid hududiy dasturlarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
qurilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishiga ta’sir etuvchi jami 18 ta omillarni zanjirlash reytingini aniqlash asosida ularga salbiy omillar ta’sirini yumshatish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 58-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimining 2024-yil 7-oktyabrdagi 07-4-09/9277-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida qurilish sohasida KBXT rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar oldindan aniqlangan hamda tarmoq, hudud xususiyatlaridan kelib chiqqan ularni bartaraf etish chora-tadbirlari yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
hududlar qurilish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasi, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligi algoritmi va maqsadli ko‘rsatkichlarini baholash modeli Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 58-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimining 2024-yil 7-oktyabrdagi 07-4-09/9277-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etilishi viloyatda qurilish sohasida KBXT subektlarining sonini 1,4 martaga YaHMdagi ulushini esa 1,3 martaga oshirish imkon bergan.