Sharipov Akbar Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududning ijobiy imijini yaratishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5193.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Avezov Mirzabek Komilovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududning ijobiy imijini yaratishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududiy imij muayyan hudud haqida jamoatchilik ongida hamda tarixiy, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar hamda shaxsiy tajribalar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy munosabatlar ta’siri ostida shakllanadigan tasavvurlar majmui sifatida takomillashtirilgan; 
Xorazm viloyatining investision imij yaratish platformasini shakllantirish bosqichlariga mos strategik dastaklaridan foydalanish orqali hududni qisqa va uzoq muddatli strategik rivojlantirish hamda jozibadorligini oshirishga qaratilgan imijni yaratishning strategik xaritasi taklif etilgan; 
hududning ijtimoiy-iqtisodiy reputatsiyasini imij jozibadorlik darajasining standart (1 ≤ HJI ≤ 4), an’anaviy (4.1 ≤ HJI ≤ 7) va noyob (7.1 ≤ HJI ≤ 10) mezonlarda, shaklanish darajasini spontan (r < 0.3) qisman shakllanuvchi (0.3 ≤ r < 0.7) maqsadli shakllangan (r ≥ 0.7) mezonlarda baholash asosida taklifi asoslangan;
Xorazm viloyatida hudud imijini shakllantiruvchi asosiy omillar ta’sirida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real umumiy daromadlar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududning ijobiy imijini yaratishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududiy imijn muayyan hudud haqida jamoatchilik ongida hamda tarixiy, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar hamda shaxsiy tajribalar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy munosabatlar ta’siri ostida shakllanadigan tasavvurlar majmui sifatida takomillashtirish bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-apreldagi 20-698-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tahlil olayotgan talabalarda tasavvurlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “hududiy imij” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarini yanada chuqurlashtirish va shu orqali ularning iqtisodiy bilim va malakalarini yanada kengaytirish imkoni yaratilgan.
Xorazm viloyatining investision imij yaratish platformasini shakllantirish bosqichlariga mos strategik dastaklaridan foydalanish orqali hududni qisqa va uzoq muddatli strategik rivojlantirish hamda jozibadorligini oshirishga qaratilgan imijni yaratishning strategik xaritasi bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-apreldagi  20-698-son ma’lumotnomasi)  Mazkur ilmiy yangilikdan foydalanish asosida Xorazm viloyatining mijini yaratishda yashil marketing, investision marketing, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan strategik dasturlar ishlab chiqilgan.  
hududning ijtimoiy-iqtisodiy reputatsiyasini imij jozibadorlik darajasining standart (1 ≤ HJI ≤ 4,0), an’anaviy (4,1 ≤ HJI ≤ 7) va noyob (7,1 ≤ HJI ≤ 10) mezonlarda, shaklanish darajasini spontan (r < 0,3) qisman shakllanuvchi (0,3 ≤ r < 0,7) maqsadli shakllangan (r ≥ 0,7) mezonlarda baholash bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-apreldagi  20-698-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikdan foydalanish asosida Xorazm viloyatining 2024-yil yakunlari bo‘yicha Respublika hududlari reytingidagi o‘rnini 2023-yilga nisbatan 1 pog‘onaga oshirishga va imij yaratishga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda samarali foydalanilgan.
Xorazm viloyatida hudud imijini shakllantiruvchi asosiy omillar ta’sirida aholi jon boshiga real umumiy daromadlar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan aniqlangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 3-apreldagi  20-698-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda aholi jon boshiga daromadlarining 2030-yilgacha bo‘lgan muddatda 2,5-marta oshirish imkoni aniqlanib, hududiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini yanada aniqlashtirish va muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish