Fayzieva Muyassarzoda Xancharovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Tijorat banklarida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini baholash”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2836
Ilmiy rahbar: Hasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Turaev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmadustov Jalol Maxmadustovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini baholashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining raqamli texnologiya takliflari bo‘yicha sinflashtirilgan beshta guruhlari uchun masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlar sonini oshirishda “Raqamli texnologiya takliflarini samarali rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqish taklif etilgan;
tijorat banklaridagi raqamli xizmatlarni amaliyotda qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida raqamli xizmatlar samaradorligini baholash metodikasidagi raqamli xizmatdan foydalanuvchi mijozlari soni samaradorligi, tranzaksiyalar soni va summasi samaradorligi, foizsiz daromad va harajat samaradorligi kabi integral ko‘rsatkichlar takomillashtirilgan; 
tijorat banklari raqamli texnologiya loyihalari samaradorligini baholash metodikasidagi bank sektorini isloh qilinishning 4 ta asosiy yo‘nalshlari bo‘yicha ekspertlarni tanlash mezonlari va ball ko‘rsatkichlarini takomillashtirish taklif etilgan;
tijorat banklaridagi raqamli xizmatlarni standartlashtirilgan tarzda joriy etilishini ta’minlashda tijorat banklarining tegishli bo‘limlarida raqamli xizmatlarni faollashtirish mexanizmini joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari investision faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
tijorat banklarining raqamli texnologiya takliflari bo‘yicha sinflashtirilgan beshta guruhlari uchun masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlar sonini oshirishda “Raqamli texnologiya takliflarini samarali rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqishga doir taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan Strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 2-apreldagi 07-10/2281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanayotgan jismoniy shaxslar soni 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 14,5 % o‘sishga erishilgan; 
tijorat banklaridagi raqamli xizmatlarni amaliyotda qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida raqamli xizmatlar samaradorligini baholash metodikasidagi raqamli xizmatdan foydalanuvchi mijozlari soni samaradorligi, tranzaksiyalar soni va summasi samaradorligi, foizsiz daromad va harajat samaradorligi kabi integral ko‘rsatkichlarni takomillashtirish taklifi Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan Strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 2-apreldagi 07-10/2281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  "Anor" tezkor to'lovlar tizimining 2022-yildagi samaradorlik ko'rsatkichlari tahlili amalga oshirilganda, hamda raqamli xizmatdan foydalanuvchi mijozlari soni samaradorligi Ceffi – 0.5, tranzaksiyalar soni samaradorligi ko‘rsatkichi Teffi – 0.92, tranzaksiyalar summasi samaradorligi ko‘rsatkichi ATeffi – 0.85, foizsiz daromad samaradorligi ko‘rsatkichi IIeffi – 0.92 va foizsiz harajat samaradorligi ko‘rsatkichi IEeffi – 0.25 asosida "Anor" tezkor to'lovlar tizimi iqtisodiy samaradorligining integral ko‘rsatkichi DTeffi – 0.70 natija bilan yaxshi samaradorlikda amalga oshirilishga erishilgan; 
    tijorat banklari raqamli texnologiya loyihalari samaradorligini baholash metodikasidagi bank sektorini isloh qilinishning 4 ta asosiy yo‘nalshlari bo‘yicha ekspertlarni tanlash mezonlari va ball ko‘rsatkichlarini takomillashtirish taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan Strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 2-apreldagi 07-10/2281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning raqamli xizmatlar loyihalarini amaliyotga joriy etishda bank xodimlari raqamli kompetensiyalarini baholashda ishtirok etadigan ekspertlarni tanlash ta’lim, ilmiy-tadqiqot, biznes va bank sohalaridan iborat bo‘lgan holda nomzodlar raqamli kompetentligi yoki AT kompetentligi, ilmiy daraja va ilmiy unvoni, ekspert baholashdagi ekspert ishlari soni, mazkur yo‘nalishda xorijiy tadqiqotlardan xabardorligi, raqamli texnologiya xususiyatlaridan xabardorligi, mazkur sohada xorijda malaka oshirganligi, Top-1000 o‘rin olgan universitetlarda malaka oshirganligi, Scopus, Web of Science bazalaridagi jurnallarda chop ettirgan maqolalari soni, boshqa xalqaro jurnallarda chop ettirgan maqolalari soni, h-index, ushbu yo‘nalishda davlat qonun loyihalariga takliflari soni va takliflari mazmuni, ishtirok etgan loyihalari soni va bank sektorida isloh qilinishi kerak bo‘lgan 4 ta asosiy yo‘nalishlardan xabardorligi mezonlari asosida saralanib kelinmoqda;
O‘zbekiston tijorat banklaridagi raqamli xizmatlarni standartlashtirilgan tarzda joriy etilishini faollashtirishda tijorat banklarining tegishli bo‘limlarida raqamlashtirishga yo‘naltirilgan boshqaruv modelini joriy etish taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyatida qo‘llanilgan. (“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 2-apreldagi 07-10/2281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bankning foizsiz daromadlilik ko‘rsatkichlaridan komissiya daromad miqdori 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 14,5 % o‘sishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish