Avlakulov Abdimajit Meylievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gaz miqdori yuqori aralashmalarni joy rel`efi bo‘yicha o‘tadigan quvurlar orqali tashishning gidravlik hisobini takomillashtirish”, 05.09.07 - “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.2.PhD/T5537
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Uralov Baxtiyor Raxmatullaevich, texnika fanlari doktori, professor, Rajabov Ulug‘bek Mamashoevich, texnika fanlari fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura–qurilish universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rel’efli quvurlarda gaz va suyuqlikning birgalikdagi harakati natijasida yuzaga keladigan gidravlik jarayonlarni tadqiq qilish asosida oqim sarfi, uining turli strukturalarida bosim yo‘qotilishini hisobga oluvchi gidravlik hisoblarni takomillashtirish
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gorizontal va rel`efli quvurlarda gaz-suyuqlik aralashmasi oqimining turli strukturalari inobatga olingan holda bosim yo‘qotilishini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
quvurlarda halqali strukturadagi suyuq plyonka va gazning birgalikdagi harakati rejimida suyuq plyonka qalinligini inobatga olgan holda bosim tushishini aniqlash bo‘yicha gidravlik hisob usuli takomillashtirilgan yangi bog‘lanish hosil qilingan;
gaz yig‘uvchi tizimning asosiy elementi hisoblangan rel`efli quvurlarda gaz-suyuqlik aralashmasining harakati jarayonida bosim yo‘qotilishining oqim strukturasi, oqimning gidravlik hususiyatlarini yagona hisob tizimiga keltiruvchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
kon sharoitida tarkibida suyuqlik miqdori kam bo‘lgan gaz-suyuqlik aralashmasini tashuvchi quvurlar gidralik hisob usuli, rel`ef xususiyatlarini inobatga olgan holda yig‘iladigan suyuqlik hajmi va uni tozalash davriyligini aniqlash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori gaz ulushiga ega aralashmalarni murakkab rel`efli hududlardan o‘tuvchi quvurlar orqali tashish jarayonini gidravlik jihatdan hisoblash usullari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Rel`ef bo‘ylab o‘tuvchi gaz-suyuqlik aralashmasini tashuvchi quvurlarning samaradorligiga dastlabki talablar tasdiqlangan (Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 20 dekabrdagi OP 02/BO-4870-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gaz quvurining ishlash koeffisienti loyihaviy ko‘rsatkichdan 10% ga kamaygan holatda ham, o‘tkazish qobiliyatini saqlagan holda quvvat ko‘rsatkichi 20,3% ga yaxshilanishiga erishilgan;
ushbu koeffisientni 70% ga oshirishga erishish uchun tozalash jarayoni uchun optimal davriylik joriy etilgan. (Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 20 dekabrdagi OP 02/BO-4870-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gazni quvur orqali uzatish uchun zarur bo‘lgan energiya sarfini 20% ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
quduqlar va gaz yig‘uvchi tarmoqlarning birgalikdagi ishlashi jarayonida quvurlar ichida hosil bo‘ladigan oqim rejimlarining almashinuvi joriy etilgan. (Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 20 dekabrdagi OP 02/BO-4870-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quvur 100 qiyaligida, 100 sm³ miqdorda suyuqlik to‘planishi gazning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 5–7% ga kamaytirishi va shu bilan birga kompressor stansiyasining energiya sarfini 2–3% ga oshishigan.