Ergashev Jasurbek Abduraubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5265.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020. Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaev Botir Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari raqamli muhitni kasbiy bilimlar bilan integratsiyalash hamda dasturiy ta’minotni loyihalash talablarini mezon va kasbiy faoliyat muhitiga yaxlitligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning dasturiy ta’minotini joriy etish modeli raqamli ta’lim platformalarining funksiyalarini o‘zini o‘zi rivojlantirishning individual ta’lim traektoriyasiga bosqichma bosqich moslashish hamda differensial yondashuvlar va tamoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi dasturiy ta’minoti vositasida individual yondoshuvini loyihalashtirishning tabaqalashtirilgan umumiy-sohaviy, autentik, differensial integratsiyalashgan ijodiy bosqichlarini “Case-study”, “SMART”, “SWOT”, “Insert” metodlarini qo‘llash hamda ta’limning metodik tizimiga o‘zaro moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish samaradorligi ADDIE modelini blum taksonomiyasiga uyg‘unlashtirish hamda motivasion, kognitiv, integrativ va kreativ mezonlarini baholash darajalariga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishni dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari raqamli muhitni kasbiy bilimlar bilan integratsiyalash hamda dasturiy ta’minotni loyihalash talablarini mezon va kasbiy faoliyat muhitiga yaxlitligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2976/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning dasturiy ta’minotini joriy etish modeli raqamli ta’lim platformalarining funksiyalarini o‘zini o‘zi rivojlantirishning individual ta’lim traektoriyasiga bosqichma bosqich moslashish hamda differensial yondashuvlar va tamoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2976/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning dasturiy ta’minotini joriy etish modelidan foydalanish darajasi oshirilishiga erishilgan;
talabalarning raqamlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi dasturiy ta’minoti vositasida individual yondoshuvini loyihalashtirishning tabaqalashtirilgan umumiy-sohaviy, autentik, differensial integratsiyalashgan ijodiy bosqichlarini “Case-study”, “SMART”, “SWOT”, “Insert” metodlarini qo‘llash hamda ta’limning metodik tizimiga o‘zaro moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2976/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni ta’limning metodik tizimiga o‘zaro moslashish imkoniyatlari oshgan;
dasturiy ta’minot vositasida boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish samaradorligi ADDIE modelini blum taksonomiyasiga uyg‘unlashtirish hamda motivasion, kognitiv, integrativ va kreativ mezonlarini baholash darajalariga muvofiqligini ta’minlash asosida aniqlashtirish bo‘yicha takliflar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2976/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning dasturiy ta’minot vositasida rivojlantirish samaradorligi oshgan.