Inoyatov Abdullo Shodievichning Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirishda sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped170
Ilmiy rahbar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10
Rasmiy opponentlar: Olimov Muxsin Sotivoldievich p.f.d. (DSc), professor, Teshaev Shuxrat Jumaevich t.f.d. (DSc), professor, Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich p.f.d. (DSc), professori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirishda sog‘lomlashtiruvchi gimnastik mashg‘ulotlarining mazmuni va texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
keksa yoshdagi kishilar organizmi psixofiziologik xususiyatlarini barqarorlashtirishning pedagogik imkoniyatlari uzoq umr ko‘rishga yo‘naltirilgan salomatligini saqlash va muhofaza qilishning o‘ziga xos xususiyatlarining konseptual, mazmuniy va tashkiliy komponentlari integrativ xususiyatlarini didaktik jarayonining tashkiliy mazmuniga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirishda sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish modeli individual sog‘lomlashtiruvchi mashqlar tizimi va ularni tashkil etishning shakl (individual, kichik guruhlarda)ning metod (umumpedagogik va maxsus) va vositalarini (jismoniy mashqlar va gigienik omillar) aniqlash hamda o‘z-o‘zini faollashtiruvchi harakatli mashqlarni bosqichma-bosqich kiritib borish asosida takomillashtirilgan;
keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirishda sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish jarayoni tadqiqot doirasida tayyorlangan mualliflik sog‘lomlashtiruvchi individual dasturidan foydalanish imkoniyatlarini prognstik baholash hamda ushbu dasturlardan foydalanishga bo‘lgan motivatsiyani rivojlantirishga izchil ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirishda sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalardan foydalanish samaradorligi keksa yoshdagi kishilar uchun sog‘lomlashtiruvchi individual dasturlar tuzish, jarayonining mazmunini tizimlashtirish, o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra pragmatikligini ta’minlash hamda jarayonni tashkil etishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish va keksa yoshdagi kishilar organizmining funksional holatini profilaktika qilish asosida takomillashtirilgan
keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirishda sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalardan foydalanish samaradorligi texnologiyalari mualliflik sog‘lomlashtiruvchi individual maxsus dasturi mazmuniga ko‘ra nafas gimnastikasi va Sharq sog‘lomlashtiruvchi tizimi elementlari asosidagi umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini jismoniy harakat korreksiyasiga proporsional tashkil etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlar orqali tadbiq qilingan:
keksa yoshdagi kishilar organizmining psixofiziologik xususiyatlari hamda salomatligini muhofaza qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan individual “Keksa yoshdagi kishilarni sog‘lomlashtirish” dasturi Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi “Sog‘lomlashtirish davolash komplekslari”da tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 26.05.2023-yil 08-14073-son ma’lumotnomasi). Natijada respondentlarning jismoniy ishchanlik faoliyati 2,0±0,1dan 2,4±0,1 vt/kg/daq (p<0,05) o‘sib, yurak qon tomir hamda nafas olish tizimlari holatining yaxshilangan;
“Juyzar sog‘lomlashtirish maskani”da sinovdan o‘tkazilgan va tadbiq etilgan dastur asosidagi sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarda keksa yoshdagi kishilar uchun individual sog‘lomlashtiruvchi mashqlar tizimi va ularni tashkil etishning yangi shakl, metod, usullari qo‘llanildi.(O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 23.10.2024-yil 3/219-son ma’lumotnomasi). Natijada keksalarning arterial qon bosimining mo‘tadillashuvi, psixofiziologik holatining yaxshilanishi, jismoniy va harakat faolligining oshishiga erishildi;
keksa yoshdagi kishilar uchun sog‘lomlashtiruvchi dasturlarni qiyosiy o‘rgangan holda, mualliflik sog‘lomlashtiruvchi individual dastur asosida yaratilgan metodik tavsiya etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 18.11.2024- yil 02/314-7-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari uchun “Keksalar uchun sog‘lomlashtiruvchi individual dasturlar tuzish metodikasi” maxsus kursi fanlari dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan;
keksa yoshdagi kishilar salomatligini muhofaza qilishning ijtimoiy ahamiyati hamda amaliy faoliyatda qo‘llanilgan jismoniy tarbiya shakllari, metodlari, usullari, ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda bu davrdagi pedagogik fikrlarning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning hozirgi davr uchun ahamiyatliligi ochib berilgan. Tadqiqot natijalaridan keksa yoshdagi kishilar salomatligini muhofaza qilish va ularni psixologik muhofazasini shakllantirish, ularni kasbiy tafakkurini rivojlantirishda psixologik jihatdan tayyorgarligini oshirish hamda amaliy takliflaridan 2017-2020 yillarda bajarilgan “OT-F1-002-Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 16.11.2023-yil 01-04/4477-son ma’lumotnomasi);
keksa yoshdagi kishilar salomatlik darajasini oshirishda sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalaridan foydalanishga doir tayyorlangan ko‘rsatuv va eshtirishlarda respulikamiz keksa yoshdagi kishilar salomatligini muhofaza qilishga bagishlangan masalalar yoritilgan. (Istiqlol-tv mas’uliyati cheklangan jamiyatining 08.11.2023-yil №1432-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligining ta’minlashiga manbalar bilan boyitishiga xizmat qilgan;