Xurramov Abror Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyatining arxeologik yodgorliklari va ularni muzeylashtirishning tarixiy asoslari (Poykent va Varaxsha misolida)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar2228
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash
Ilmiy rahbar: Ochilov Alisher To‘lis o‘g‘li - tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich - tarix fanlari doktori, professor; Xushvaqtov Nabi Olimovich - tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatidagi arxeologik yodgorliklarning bugungi holatini aniqlash hamda Poykent, Varaxsha arxeologik yodgorliklarini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirishning tarixiy asoslari va zamonaviy xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyatidagi arxeologik yodgorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq o‘zida jamlagan to‘laqonli yaxlit baza yaratilmaganligi, hozirgi kunda qazishmalar o‘tkazilgan arxeologiya merosi obektlarining deyarli hech qaysisi to‘liqligicha saqlanmaganligi natijasida arxeologiya merosi obektlari holati yomonligicha qolishi va qisman yo‘qolishiga olib kelganligi, arxeologik yodgorliklarga muhofaza tegrasi belgilanmaganligi va jamoat inspektori biriktirilmaganligi sababli “Qal’ayi Mullabek”, “Amirtepa”, “Tepa-9”, “Tepa-5” hamda “Xo‘ja Haqqitepa” obektlariga koʻp miqdorda zarar etkazilganligi aniqlangan;
VI-VII asrlarda Buyuk Ipak yoʻlining gullab-yashnashi va aholining tez demografik oʻsishi natijasida Poykent hududi kengayib borganligi, Poykent Movarounnahrning yirik savdo hunarmandchilik markazi bo‘lganligi, lekin keyinchalik shaharning rivojlanishiga Zarafshon daryosining quyi qismida suv miqdori o‘zgarishi global iqlim o‘zgarishlari – qurg‘oqchilik kuchayishi ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan;
Varaxsha va Poykent arxeologik yodgorliklarining asl holida asrab-avaylash, ularni muzeylashtirishning ikki yo‘lini (birinchi yo‘l yodgorlikning tarixiy qiymatini taʼkidlab, unga amaliy vazifa berish, ya’ni muzeyga aylantirish bo‘lsa, ikkinchi yo‘li hududda arxeologik tadqiqotlarni faol olib borib, har qanday rekonstruksiyadan voz kechgan holda saqlab qolish) ta’kidlab, arxeologik yodgorliklarni muzeylashtirishda restavratsiyadan ko‘ra obektning tashqi ko‘rinishini maksimal darajada saqlab qolgan holda konservatsiyaning ustuvorligi, muzeyni bosqichma-bosqich tashkil qilish kerakligi isbotlangan;
Poykent, Varaxsha yodgorliklari antik va ilk o‘rta asrlarda nafaqat Buxoroni, balki butun Markaziy Osiyoda muhim strategik shahar bo‘lganligi, bu erdan juda ko‘plab artefaktlar topilganligi, eroziya tahdidi mavjudligi, muhofaza choralarining etarli emasligi, hududlarda turistik infratuzilmaning yo‘qligi kabi muammolar muzeylashtirishni orqaga surayotgani asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyatidagi arxeologik yodgorliklarning holati va ularni muzeylashtirishning tarixiy asoslarini tahlil qilish natijasida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
Buxoro viloyatidagi arxeologik yodgorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq o‘zida jamlagan to‘laqonli yaxlit baza yaratilmaganligi, hozirgi kunda qazishmalar o‘tkazilgan arxeologiya merosi obektlarining deyarli hech qaysisi to‘liqligicha saqlanmaganligi natijasida arxeologiya merosi obektlari holati yomonligicha qolishi va qisman yo‘qolishiga olib kelganligi, arxeologik yodgorliklarga muhofaza tegrasi belgilanmaganligi va jamoat inspektori biriktirilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Madaniy meros agentligi Buxoro viloyat boshqarmasida joriylantirildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 21-apreldagi 04-07/1516-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Madaniy meros agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi ma’lumotlar bazasi yangi ma’lumotlar bilan boyitildi.
VI–VII asrlarda Buyuk Ipak yoʻlining gullab-yashnashi va aholining tez demografik oʻsishi natijasida Poykent hududi kengayib borganligi, Poykent Movarounnahrning yirik savdo-hunarmandchilik markazi bo‘lganligi, lekin keyinchalik shaharning rivojlanishiga Zarafshon daryosining quyi qismida suv miqdori o‘zgarishi global iqlim o‘zgarishlari – qurg‘oqchilik kuchayishi ta’sir ko‘rsatganligi, Varaxsha va Poykent arxeologik yodgorliklarini asl holida asrab-avaylash, ularni muzeylashtirishning ikki yo‘li (birinchi yo‘l yodgorlikning tarixiy qiymatini taʼkidlab, unga amaliy vazifa berish, ya’ni muzeyga aylantirish bo‘lsa, ikkinchi yo‘li hududda arxeologik tadqiqotlarni faol olib borib, har qanday rekonstruksiyadan voz kechgan holda saqlab qolish) ta’kidlab, arxeologik yodgorliklarni muzeylashtirishda restavratsiyadan ko‘ra obektning tashqi fonini asliyatga juda yaqin darajada saqlab qolgan holda konservatsiyaning ustuvorligi, muzeylashtirishni bosqichma-bosqich tashkil qilish kerakligiga doir ma’lumotlar Madaniy meros agentligida amaliyotga joriylantirildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 21-apreldagi 04-07/1516-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriylantirilishi Buxoro vohasining qadimgi shaharlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirishga va mavjud arxeologik yodgorliklarni konservatsiya va restavratsiya qilishga doir asosli ma’lumotlarning vujudga kelishiga xizmat qildi.
Varaxsha va Poykent arxeologik yodgorliklarining asl holida asrab-avaylash, ularni muzeylashtirishning ikki yo‘li (birinchi yo‘l yodgorlikning tarixiy qiymatini taʼkidlab, unga amaliy vazifa berish, ya’ni muzeyga aylantirish bo‘lsa, ikkinchi yo‘li hududda arxeologik tadqiqotlarni faol olib borib, har qanday rekonstruksiyadan voz kechgan holda saqlab qolish) ni ta’kidlab, Varaxsha va Poykent arxeologik yodgorliklarini muzeylashtirib turizm mashrutiga qo‘shish orqali viloyatga tashrif buyurayotgan turistlar oqimini oshirish mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Turizm qo‘mitasi faoliyatida keng qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-maydagi 03-10-17-3815-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi Buxoro viloyatida arxeoturizmni rivojlantirishga xizmar qildi.
Poykent, Varaxsha yodgorliklari antik va ilk o‘rta asrlarda nafaqat Buxoroni, balki butun Markaziy Osiyoda muhim strategik shahar bo‘lganligi, bu erdan juda ko‘plab artefaktlar topilganligi, eroziya va vandalizm tahdidi mavjudligi, muhofaza choralarining etarli emasligi, hududlarda turistik infratuzilmaning yo‘qligi kabi muammolar muzeylashtirishni orqaga surayotganligi haqidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ekspedisiya” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat unitar korxonasining 2025-yil 1-apreldagi 01-33/201-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuv Buxoro viloyatidagi arxeologik yodgorliklarning qadim o‘tmishdagi tarixi va bugungi holati borasidagi teletomoshabinlarning tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.