Haitov Jahongir Shodmonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda dehqonchilikning rivojlanishi tarixi (yangi ekin navlari misolida, 1925–2024-yillar)”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3. DSc/Tar260
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna - tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ravshan Normuratovich - tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Oblomurodov Naim Halimovich - tarix fanlari doktori, professor; Rashidova Dilbar Karimovna- qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sovet hokimiyati va mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yangi ekin navlarining tarqalishi va joriy etilishi tarixini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda sovet hokimiyati yillarida agrar siyosat xususan paxta monokulturasining rivojlantirilishida, hududga Misrdan keltirilgan ingichka tolali yangi paxta navlarini joriy qilinishida hech qanday ekologik vaziyat, erning meliorativ holati inobatga olinmagani, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan siyosat natijasida an’anaviy paxta navlari o‘rniga suvsizlikka chidamli, vegetatsiya davri qisqa, tola sifati yuqori, eksportbop navlarni rayonlashtirish, urug‘chilik seleksiyasi va immuniteti mustahkam bo‘lgan navlarga e’tibor qaratilganligi isbotlangan;
XX asrning 30-yillarida garchi tajriba stansiyalari hamda sinov maydonlari tashkil etilgan bo‘lsada, sabzavotchilik va polizchilikka e’tibor past ekanligi, bu xo‘jalik sohalariga kolxoz va sovxozlardan bor yog‘i 4-6-gektardan er maydonlari ajratilganligi, yangi navlar tajriba sinovdan muvoffaqiyatli o‘sada ular keng tarqatilmaganligi dalillangan;
urug‘lik hamda navlar etishtirish, ularni tarqatish 3 bosqichda bo‘lib, birinchi bosqichda ekinlarning urug‘idan va ko‘chatidan ko‘paytirish ishlari ilmiy asosda bo‘lmay, asosan yangidan rivojlanish bosqichida bo‘lganligi, ikkinchi bosqichda nav sinash ishlarida seleksion stansiyalarning roli oshib, dehqonlarga yangi navlar bosqichma-bosqich tavsiya etib borilganligi, uchinchi bosqichda xo‘jaliklarda urug‘lik paxta, don etishtirishda maxsus dalalarga asos solinib, tajribadan muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin ularning tarqatilganligi asoslangan;
sovet hokimiyati davrida bog‘dorchilik sohasida yangi navlarni qishloq xo‘jaligiga joriylantirish mamlakatdagi nobarqaror ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar (er-suv islohoti, quloqlashtirish, jamoalashtirish, qatag‘on siyosati, Ikkinchi jahon urushi, 5 yillik, 7 yillik rejalar qabul qilish, alkogolizmga qarshi kurash va h.k.) tufayli uzviy ravishda davom etmaganligi, mustaqillik yillarida xorijiy yangi navli meva bog‘lariga (karlikoviy-pakana) asos solinishi, suv resurslarini tejash maqsadida bog‘larni tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilganligi, yangi navlarni tanlash va saralash orqali alohida mevali xo‘jaliklar tashkil etilib, xorijga meva eksport hajmi yildan-yilga ortib borayotgani ochib berilgan;
tarixiy tajribaga asoslangan holda yumshoq va qattiq bug‘doyning 100 dan ortiq yangi va duragay navlari yaratilib, o‘nlab xorijiy bug‘doy navlari keltirilib mahalliy iqlimiy sharoitga moslashtirilganligi, yangi bug‘doy navlarining ilmiy muassasa va markazlarda, tajriba-laboratoriya stansiyalarida, urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganligi, respublikada seleksiya-urug‘chilik ishlarini samarali yo‘lga qo‘yishda ilmiy asosda ish ko‘rib kelinayotganligi bu esa iqtisodiy samaradorlikka olib kelayotgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda yangi ekin navlarining tarqalishi tarixini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda sovet hokimiyati yillarida agrar siyosat, xususan paxta monokulturasining rivojlantirilishida, hududga Misrdan keltirilgan ingichka tolali yangi paxta navlarining joriy qilinishida hech qanday ekologik vaziyat, erning meliorativ holati inobatga olinmagani, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan siyosat natijasida an’anaviy paxta navlari o‘rniga suvsizlikka chidamli, vegetatsiya davri qisqa, tola sifati yuqori, eksportbop navlarni tumanlashtirish, urug‘chilik seleksiyasi va immuniteti mustahkam bo‘lgan navlarga e’tibor qaratilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar UNESCOning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta’minlash uchun ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilgan (Mehnat bozori tadqiqotlari instituti) sotsiologik so‘rov-anketa savolnomasini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat bozori tadqiqotlari institutining 2022-yil 13-maydagi 04/00-01/09-467-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga, xususan paxtachilikka ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribalarning kirib kelishi, zamonaviy texnologiya, yangi kasblarga bo‘lgan ehtiyoj, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga mo‘ljallangan “yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda, axborot tahliliy materiallarni shakllantirishga xizmat qilgan;
XX asrning 30-yillarida garchi tajriba stansiyalari hamda sinov maydonlari tashkil etilgan bo‘lsada, sabzavotchilik va polizchilikka e’tibor past ekanligi, bu xo‘jalik sohalariga kolxoz va sovxozlardan bor yog‘i 4-6-gektardan er maydonlari ajratilganligi, yangi navlar tajriba sinovdan muvaffaqiyatli o‘sada ular keng tarqatilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “Turkistonda yangi ekin navlarining tarqalishi va dehqonchilik madaniyati tarixi” nomli darslikni tayyorlashda keng foydalanildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2023-yil 23-martdagi 112-son buyrug‘i, 112-02-raqamli guvohnomasi). Natijada, tarixni chuqur o‘qitishda birlamchi manbalardan foydalanishning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
urug‘lik hamda navlar etishtirish, ularni tarqatish 3 bosqichda bo‘lib, birinchi bosqichda ekinlarning urug‘idan va ko‘chatidan ko‘paytirish ishlari ilmiy asosda bo‘lmay, asosan yangidan rivojlanish bosqichida bo‘lganligi, ikkinchi bosqichda nav sinash ishlarida seleksion stansiyalarning roli oshib, dehqonlarga yangi navlar bosqichma-bosqich tavsiya etib borilganligi, uchinchi bosqichda xo‘jaliklarda urug‘lik paxta, don etishtirishda maxsus dalalarga asos solinib, tajribadan muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin ularning tarqatilganligi haqidagi ma’lumotlardan Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Butunjahon merosi” fondi tomonidan amalga oshirilgan “Buxoro yahudiylari an’anaviy uylari va mahallalari” mavzusidagi loyihaning tarixiy ma’lumotnoma qismini boyitishda foydalanilgan (UNESCOning Markaziy Osiyo Tadqiqotlari Institutining 2022-yil 19-dekabrdagi №379-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonga chetdan keltirilgan ekin navlarini o‘rganish, aholining uy xo‘jaligi va maishiy turmushi tarixini ilmiy-nazariy tadqiq etishga xizmat qiladi;
sovet hokimiyati davrida bog‘dorchilik sohasida yangi navlarni qishloq xo‘jaligiga joriylantirish mamlakatdagi nobarqaror ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar (er-suv islohoti, quloqlashtirish, jamoalashtirish, qatag‘on siyosati, Ikkinchi jahon urushi, 5 yillik, 7 yillik rejalar qabul qilish, alkogolizmga qarshi kurash va h.k.) tufayli uzviy ravishda davom etmaganligi, mustaqillik yillarida xorijiy yangi navli meva bog‘lariga (karlik-pakana) asos solinishi, suv resurslarini tejash maqsadida bog‘larni tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilganligi, yangi navlarni tanlash va saralash orqali alohida mevali xo‘jaliklar tashkil etilib, xorijga meva eksport hajmi yildan-yilga ortib borayotgani borasidagi ilmiy-amaliy taklif va xulosalaridan Buxoro telekanalining “Menga so‘z bering”, “Payomi ro‘z”, “Munosabat”, “Assalom, Buxoro” teleko‘rsatuvlarida unumli foydalanilgan va tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-sentyabrdagi №02-09-260-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, agrotexnik tadbirlar to‘g‘risida tadqiqotda muhim dalil va raqamlar keltirilgan. Gulning 60 dan ortiq navi, manzarali va butasimon daraxtlarning 140 dan ortiq turlari O‘zbekistonga, jumladan, Buxoro vohasiga kirib kelganligi, ularning dehqonchilik madaniyatidagi o‘rnini targ‘ib qilishda foydalanilgan;
tarixiy tajribaga asoslangan holda yumshoq va qattiq bug‘doyning 100 dan ortiq yangi va duragay navlari yaratilib, o‘nlab xorijiy bug‘doy navlari keltirilib mahalliy iqlimiy sharoitga moslashtirilganligi, yangi bug‘doy navlari ilmiy muassasa va markazlarda, tajriba-laboratoriya stansiyalarida, urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganligi, respublikada seleksiya-urug‘chilik ishlarini samarali yo‘lga qo‘yishda ilmiy asosda ish ko‘rib kelinayotganligi bu esa iqtisodiy samaradorlikka olib kelayotgani to‘g‘risidagi tavsiyaviy ma’lumotlardan O‘zbekiston Ekologik partiyasining targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2024-yil 16-sentyabrdagi №01/407/2-son ma’lumotnomasi). Bugungi kunda har bir inson tabiat oldidagi o‘z ma’suliyatini his qilishi lozimligi, har bir daraxt va o‘simliklarni asrab-avaylashi, “yashil makon” umummilliy loyihasiga hissa qo‘shishi kerakligi kabi Ekologik partiyasining dasturiy maqsadlarini amalga oshirishda tadqiqot materiallari xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish