Raxmanova Shirin Qutlimuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm vohasi o‘zbeklari turmush tarzida islom dini va diniy marosimlar” mavzusidagi 07.00.07– “Etnografiya, etnologiya va antropologiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1985
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Abdalov Umidbek Matniyazovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori (DSc), prof.
Turekeev Quanishbek Jienbekovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasi o‘zbeklari turmush tarzida islom dini va diniy marosimlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - Islom dini bilan bog‘liq marosim hamda an’analar ijtimoiy-maishiy va ma’naviy-madaniy hayotining uzviy bir qismi hamda jamiyat hayotiga munosib ta’sir ko‘rsata olgan faol ijtimoiy kuch bo‘lganligianiqlangan;
Dissertatsiyada ziyoratgohlardagi islom diniga xos bo‘lmagan avliyolar qabrini tavof qilish, avliyolar qabrlari yaqinidagi daraxtlarga niyat qilib chit bog‘lash, quduqlarga pul tashlash, qabr atrofini etti marotaba aylanish, avliyolar qabrlari yaqinida pilik yaqish, chilla beshikxonalar tashkil qilish bid’at ekanligi dalillangan;
Xorazm vohasi o‘zbeklarining an’anaviy e’tiqodiy qarashlarida qadimiy diniy e’tiqodlar keyinchalik islom kirib kelgandan keyin ham ba’zi-bir urf-odat va marosimlarda (“barakatli kun”, “chilla”, “beshik to‘y”, “nonyopar”, “kelin salom”, “is chiqarish”, “ettisi”, “payshanbalik”, “qirqi”, “ellik ikki kunlik”, “yuz kunlik”, “yoz oshi”, “yil oshi” kabi) islomiy qarashlar bilan o‘zaro sinkretlashib ketganligi dalillangan;
Xorazm vohasi aholisining an’anaviy dunyoqarashi va marosimiy turmush tarzida mavjud bo‘lgan urf-odat hamda an’analarning barchasini islom dini bilan bog‘lab kelinganligi borasidagi qarashlar tarixiy haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi (“qaling puli”, “mushkulkushod”, “pirlar o‘qishi”, “kitob o‘qishma”, “avliyoulloh”), ular xalqning ijtimoiy turmush tarzidan kelib chiqqan holda o‘tkazilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Tadqiqotchi tomonidan to‘plangan ma’lumotlar Urganch shahridagi “Avesto” muzeyiga tashrif buyurayotgan ziyoratchilar, ayniqsa, yoshlarga Vatan tarixini bilish, o‘zlikni anglash va bobolar merosidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2024-yil 26-iyuldagi 01-30-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar madaniy merosni saqlash, aholi o‘rtasida nomoddiy va moddiy madaniyatga bo‘lgan munosabatni yanada yuksaltirish, ularni kelajak avlodga etkazish hamda milliy merosni keng miqyosda targ‘ib qilishda muhim manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Xorazm vohasiga islom dinining kirib kelishi, uning voha o‘zbeklari turmush tarzi, ijtimoiy va madaniy hayotiga ta’siri hamda mintaqada etishib chiqqan ulamolar tarixi, ular qoldirgan ilmiy merosning ahamiyati, voha ayollari turmush tarzida islomning tutgan o‘rni, ijtimoiy hayotda otinoyilar institutining vazifalari, islom dini bilan bog‘liq qadriyatlar va an’analar tarixi, voha o‘zbeklari oilaviy, jumladan, farzand tug‘ilishi hamda bola tarbiyasi bilan bog‘liq urf-odat va marosimlarga doir masalalarning asosiy natija hamda xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Aslida qanday?” ko‘rsatuvi ssenariysinitayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 27-sentyabrdagi 06-28-900-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, islom dini bilan bog‘liq qadriyatlar va an’analar tarixi, voha o‘zbeklari oilaviy marosimlari haqidagi ma’lumotlar keng jamoatchilikka etkazildi;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari” Qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan bir qator loyihalar, Respublika hamda xorijda millatlararo munosabatlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga ko‘maklashishda, xorijiy mamlakatlarda davlatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida O‘zbekistonning maqsad va vazifalarini, millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqotlarni tashkil qilishda ko‘maklashishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari” Qo‘mitasining 2024-yil 11-dekabrdagi №14-07-1954-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an’analarini o‘zida aks ettirgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakahamda marosimlarni o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, isrofgarchilik kabi illatlarni bartaraf qilish, yoshlarda milliy qadriyatlarni hurmat qilishga undaydigan targ‘ibot tadbirlarni tayyorlashga xizmat qilgan.
Xorazm vohasi o‘zbeklarining an’anaviy e’tiqodiy qarashlarida qadimiy diniy e’tiqodlar keyinchalik islom kirib kelgandan keyin ham ba’zi-bir urf-odat va marosimlarda (“barakatli kun”, “chilla”, “beshik to‘y”, “nonyopar”, “kelin salom”, “is chiqarish”, “ettisi”, “payshanbalik”, “qirqi”, “ellik ikki kunlik”, “yuz kunlik”, “yoz oshi”, “yil oshi” kabi) islomiy qarashlar bilan o‘zaro sinkretlashib ketganligi hamda an’analarning barchasini islom dini bilan bog‘lab kelinganligi borasidagi qarashlar tarixiy haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi (“qaling puli”, “mushkulkushod”, “pirlar o‘qishi”, “kitob o‘qishma”, “avliyoulloh”), ular xalqning ijtimoiy turmush tarzidan kelib chiqqan holda o‘tkazilganligi isbotlangan. Tadqiqot ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston Milliy teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda (2023-2025-yillar) foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasinining 2025-yil 20-iyundagi 05-09-964-sonli ma’lumotnomasi).