Bakdurdieva Qunduz Quvondiq qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek an’anaviy zargarligida transformatsion jarayonlar (Xorazm vohasi misolida)” 07.00.07 –«Etnografiya, etnologiya va antropologiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1981.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Matkarimova Sadokat Maksudovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Davlatova Saodat Tilovberdievna tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Abidova Zaynab Qodirberganovna tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm ana’anaviy zargarligidagi transformatsion jarayonlarini tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Xorazm o‘zbeklarining an’anaviy zargarligi tarixini o‘rganish jarayonida vohaning shimoliy qismi hamda janubiy qismidagi zargarlik hunarmandchiligi an’analarining bir-biridan farq qilishi aniqlandi. Vohaning janubiy qismida islomgacha bo‘lgan an’ana va urf-odatlarning ko‘proq saqlanib qolganligi, transformatsion jarayonlar ham unga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaganligi qiyosiy tahlil asosida, tarixiy jarayonlar kontekstida ochib berildi;
Tadqiqot jarayonida Xorazm zargarligi faqat mintaqa miqyosida yoki nafaqat qo‘shni xalqlar (turkman, tojik, qoraqalpoq va qisman qozoq xalqlari) zargarligi taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqlikda va o‘zaro bir-biriga ta’sir asosida rivojlanganligi, balki uzoq o‘lkalar xalqlari (jumladan, shimolda udmurtlar, chuvashlar, janubda afg‘on va hind xalqlari) zargarlik san’ati sohalarining rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatganligi aniqlandi;
Zargarlik hunarmandchiligi bilan bog‘liq urf-odatlar (sir tutish, oilada hunar o‘rgatish, shogird tayyorlash, fotiha berish) va xalq qarashlari, taqinchoqlardagi naqshlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra geometrik (handasaviy), o‘simliksimon (islimiy), zoomorf (hayvon shaklidagi), astral va antropomorf (odam shaklidagi) bezak-naqshlarining ramziy-semantik ifodalanishini tahlil qilish asosida zargarlik buyumlari, taqinchoqlar eng avvalo kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini belgilashga xizmat qilganligi dalillandi;
Xorazm vohasida bodom oy, peshxalta, zulpi tillo, jamalak, avrak (arabak), taxya duziy, osma duziy, butun tirnoq, yarim tirnoq, shokila, tumor, o‘q yoy duziy, isirg‘a, kamar bog‘i, pesh aviz, kalit bog‘i kabi an’anaviy zargarlik buyumlarining kamayib ketayotganligi, ba’zilari o‘zining ijtimoiy ahamaiyatini va ramziy-semantik yoki magik xususiyatlarini yo‘qotib borayotganligi asoslab berildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dissertatsiya ishidan olingan xulosalar, ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalardan Zargarlik hunarmandchiligini rivojlantirishning amaliy jihatlarini o‘rganish hamda maxsus ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Dissertatsiyaning amaliy ahamiyati o‘zbek xalqi tarixiy va madaniy merosini asrash, muzey ekspozisiyalarini boyitish, etnoturizmning omiliga aylantirish, milliy mafkurani rivojlantirishda maqsadli davlat dasturlarining bajarilishiga, shuningdek, o‘zbek xalqi an’anaviy hunarmandchiligiga oid bilimlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
tadqiqotda an’anaviy zargarlik hunarmandchiligini fanlar kesimida tadqiq etishning nazariy uslubiy jihatlari ishab chiqilgan;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi ustaxonalarni turistik ob’ektga aylantirish orqali O‘zbekistonda sayyohlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan takliflar berilgan;
tadqiqot davomida yig‘ilgan tarixiy-etnografik materiallar va arxiv hujjatlari ma’lumotlari asosida davlat dasturlarining bajarilishi hamda o‘zbek xalqi an’anaviy hunarmandchiligiga oid bilimlarni takomillashtirishda; xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi, san’at va badiiy hunarmandchilik muzeylarida yangi ekspozisiya-fondlarini tashkil etishda va boyitishda; muzeylar tarixiy-madaniy merosini targ‘ib qilishda; muzeylarga xorijiy va mahalliy turistlarning tashrifini kengaytirish va shu asosda O‘zbekiston respublikasida turizmni rivojlantirishda; O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘gsatuvi ssenariysini tayyorlashda asos bo‘lgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriylanishi: O‘zbek an’anaviy zargarligida transformatsion jarayonlar (Xorazm vohasi misolida) mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Dissertatsiya ishi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalari “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan: tadqiqot natijalari, dissertatsiyaning xulosalari hamda tavsiyalaridan muzeylar ekspozisiyalarini tizimlashtirishda; san’at va badiiy hunarmandchilik muzeylarining yangi ekspozisiya-fondlarini tashkil etishda va boyitishda; muzeylar tarixiy-madaniy merosini targ‘ib qilishda; muzeylarga xorijiy va mahalliy turistlarning tashrifini kengaytirish va shu asosda O‘zbekiston respublikasida turizmni rivojlantirishda foydalanilgan (xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2024 yil 11 noyabrdagi №01-46-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalardan O‘zbekistonda an’anaviy zargarlik sohasining taraqqiyoti, bu sohada kechgan transformatsion jarayonlarning amaliy ahamiyati hamda zargarlik hunarmandchilik sohasi va zargarlik turlarini rivojlantirishning amaliy jihatlarini ommalashtirish, milliy qadriyatlarimizni yoshlarga o‘rgatish, ularning hunar egallashga bo‘lgan intilishlariga undaydigan targ‘ibot tadbirlarni tayyorlashga xizmat qildi;
Voha aholisi an’anaviy zargarligida qoraqalpoq va turkman xalqlari zargarligi an’analarining o‘ziga xos milliy xamda etnik xususiyatlarining aks etishi tadqiq qilingan. Qolaversa o‘zbek xalqi tarixiy va madaniy merosini asrash, muzey ekspozisiyalarini boyitish, etnoturizmning omiliga aylantirish, milliy mafkurani rivojlantirishda maqsadli davlat dasturlarining bajarilishi hamda o‘zbek xalqi an’anaviy hunarmandchiligiga oid bilimlarni takomillashtirishga xizmat qiladi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024 yil 8 noyabrdagi №14-07-1745-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur dissertatsiya ishidagi ilmiy xulosa va tavsiyalardan Qo‘mitaning konferensiya, seminar davra suxbatlari, shuningdek madaniy-gumanitar sohalardagi tadbirlarini tashkil etish uchun foydalanildi;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston tarixi" telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda tadqiqot natijalaridan Xorazmning Xiva, Urgansh, Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari hamda shaharlarida qadimdan rivojlangan zargarlik hunari, uning o‘ziga xos qadimiy va zamonaviy ko‘rinishlari, zargarlik buyumlarining asrlar davomida transformatsion jarauonlarga uchraganligi, Xorazm vohasi an’anaviy zargarlik san’ati buyumlarini tayyorlash tcxnologiyasidagi usullag, zargarlik san’ati bilan bog‘liq urf odatlar va xalq qarashlari, zargarlik buyurllarini ishlab chiqaruvchi ustaxonalarning turistik ob’ektga aylantirish orqali O‘zbekistonda (Xorazm vohasi misolida) sayyohlikni rivojlantirish istiqbollariga oid ilmiu-nazariu xulosalaridan foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024 yil 28 noyabrdagi № 02-30-1225-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu material o‘zbek xalqi madaniy merosi va ularning an’anaviy zargarlik buyumlari haqidagi bilimlarni kengaytirishga xizmat qildi.
Xorazm vohasida bodom oy, peshxalta, zulpi tillo, jamalak, avrak (arabak), taxya duziy, osma duziy, butun tirnoq, yarim tirnoq, shokila, tumor, o‘q yoy duziy, isirg‘a, kamar bog‘i, pesh aviz, kalit bog‘i kabi an’anaviy zargarlik buyumlarining kamayib ketayotganligi, ba’zilari o‘zining ijtimoiy ahamaiyatini va ramziy-semantik yoki magik xususiyatlarini yo‘qotib borayotganligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston tarixi" telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024 yil 28 noyabrdagi № 02-30-1225-sonli ma’lumotnomasi).