Ibroximov Baxtiyor Toirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Jinoyat protsessida prokuror va sud nazoratining o‘zaro mutonosibligiga oid masalalar», «12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1347
Ilmiy rahbar: Shayzakov Shodiyar Ibragimovich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlari nomzodi, professor Xidoyatov Baxtiyor Botirovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi mamlakatimiz jinoyat protsessida prokuror va sud nazoratining o‘zaro mutanosibligi bilan bog‘liq huquqiy normalarni, bu sohadagi ilmiy-amaliy konseptual yondashuvlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud`ya, tergov sud`yasi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar, ishda qatnashayotgan shaxslarning sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilishlari shartligi asoslantirilgan;
tergov sud`yasi prokurorning, surishtiruvchining, tergovchining, tergovga qadar tekshiruv va tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning qarorlari va harakatlarni (harakatsizligi) qonuniyligi va asosliligi to‘g‘risidagi shikoyatlarlarni ko‘rib chiqishi mumkinligi asoslantirilgan;
jinoyat ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining apellyasiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari va ajrimlari ustidan shikoyat yoki protestlarni taftish instansiyasida ko‘rib chiqilishi asoslantirilgan;
jinoyat protsessining har qanday bosqichida prokuror va sud tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi jinoyat protsessida himoyachi olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganida, ularni Konstitusiya va qonunlarda nazarda tutilgan tartibda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat bilan ta’minlashi kerakligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
sud`ya, tergov sud`yasi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar, ishda qatnashayotgan shaxslarning sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilishlari shartligi haqidagi taklifidan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi loyihasining 17-moddasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 3-yanvardagi 27/2-378-24-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar tergov sud`yasi tomonidan shaxs huquqlarini himoya qilishga va qonunlarning ijro etilishi imkoniyatlarini ta’minlashga xizmat qilgan.
tergov sud`yasi prokurorning, surishtiruvchining, tergovchining, tergovga qadar tekshiruv va tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning qarorlari, harakat yoki harakatsizligini, qonuniyligi va asosliligi to‘g‘risidagi shikoyatlarlarni ko‘rib chiqishi mumkinligi haqidagi taklifidan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi loyihasining 2701-moddasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 3 yanvardagi 27/2-378-24-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar tergov sud`yasi tomonidan shaxs huquqlarini himoya qilish va qonunlarning ijro etilishi imkoniyatlarini ta’minlashga xizmat qilgan.
birinchi instansiya sudining apellyasiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlar va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar taftish instansiyasi sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining «Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2023 yil 27 sentyabrdagi O‘RQ–869-son Qonunining 1-moddasi 3-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024 yil 29 maydagi 3/07-138-son dalolatnomasi). Sud jinoyat ishini apellyasiya, kassatsiya, taftish tartibida ko‘rishda shikoyat yoki protest berish orqali shaxs huquqlarini himoya qilish imkoniyatlarini ko‘proq ta’minlashga xizmat qilgan.
prokuror va sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi jinoyat protsessida himoyachi olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganida, ularni davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat bilan ta’minlashi kerakligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 2024 yil 27fevraldagi O‘RQ–915-son Qonunining 1-moddasi 1-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2024 yil 29 maydagi 3/07-138-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilinishi prokuror va sud tomonidan shaxslarni huquqlarini himoya qilishda davlat tomonidan nazoratni amalga oshirish, qonunlarning ijro etilishi imkoniyatlarini ko‘proq ta’minlashga xizmat qilgan.