Tajenova Gulzar Turdibaevnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi A1 darajali o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda frazeologik kompetensiyani shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4187.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni Axmedova Layloxon Tolibjonovna   pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Hamroev G‘ofur Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Usenova Gulmira Abillaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi A1 darajali o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirish va o‘zlashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
A1 darajali o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirishdagi qiyinchiliklar va odatiy xatolar, frazeologik birliklarning tillararo ekvivalentligi parametrlari, frazeologik burilishlarni o‘zlashtirishda o‘ziga xos frazeologik birliklarning lingvometodik tavsifi aniqlashtirilgan; 
o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirishda frazeologik birliklarning mazmuni, frazeologik kompetensiyani shakllantirishning reproduktiv darajasi, lingvodidaktik tipologiyasi, frazeologik mashqlar va o‘yinlar majmuini semantizatsiya qilish orqali aniqlashtirilgan; 
A1 darajali o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirishda somatik frazeologik birliklar va somatik frazeologik birliklarni minimal uslubiy tamoyillar bilan frazeologik birliklarni tanlash mezonlari frazeologik kompetensiyasini shakllantirishning strategik bosqichli modeli, frazeologik kompetensiyalarga daxldor lingvometodik mashqlar asosida frazeologik tavsifiy modeli takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirishning frazeologik birliklarining ekvivalentligini frazeologik kompetensiyasini shakllantirishning lisoniy manbalarini tasniflashni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar, shunungdek, A1 darajali o‘quvchilarga frazeologik kompetensiyasini shaklantirishga doir dasturli ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A1 darajali o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirish metodikasiga oid tadqiqot natijalari asosida:
A1 darajali o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirishdagi qiyinchiliklar va odatiy xatolar, frazeologik birliklarning tillararo ekvivalentligi parametrlari, frazeologik burilishlarni o‘zlashtirishda o‘ziga xos frazeologik birliklarning leksikografik tavsifiga oid fikrlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirigi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliging 2024-yil 4-dekabrdagi 01-08.8045-son maʼlumotnomasi). Natijada ingliz tili darslari orqali A1 darajali o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirishi aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirishda frazeologik birliklarning mazmuni, frazeologik kompetensiyasini shakllantirishning reproduktiv darajasi, lingvodidaktik tipologiyasi, frazeologik mashqlar va o‘yinlar majmuini semantizatsiyalashga oid takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 25-noyabrdagi 492-son ma'lumotnomasi). Natijada ingliz tili darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining frazeologik kompetensiyasini shakllantirishda frazeologik birliklarning mazmuni, erkin iboralarni rivojlantiruvchi metodik taʼminotini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirishning frazeologik birliklarining ekvivalentligini hisobga olgan holda  erkin iboralar va nutqiy vaziyatlarning vizual tasviri semantik va stilistik ifoda etishga oid takliflardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasinig “Bilimlendiriwde reforma”, “Jaslar waqti”, “Xabar” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024-yil 26-dekabrdagi 05-22/566-son ma’lumotnomasi) ingliz tili darslari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining frazeologik kompetensiyasini shakllantirish yuzasidan bilimlarni o‘zlashtirish yoʻllari takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirishning frazeologik birliklarining ekvivalentligi, frazeologik kompetnsiyani shakllantirishning lisoniy manbakarini tasniflashni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar, shuningdek, A1 darajali o‘quvchilarga frazeologik kompetensiyasini shakllantirishga doir fikrlardan “Semantic features of proper names in English phraseological unis and expession” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekstan Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 14-apreldagi DGU 36514-son ruxsatnomasi). Natijada ingliz tili darslari orqali A1 darajali o‘quvchilarning ingliz tilidan frazeologik kompetensiyasini shakllantirishi aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish