Pazilov Ma’mirjon Sabirdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Reklama matnlarida so‘z tartibining kognitiv-pragmatik xususiyatlari,” 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4748.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qaxorova Mavluda Mukarramovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reklama matnlarida so‘z tartibining kognitiv-pragmatik xususiyatlari hamda ifoda imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reklama matnlarida so‘z tartibining kognitiv-pragmatik xususiyatlari ilk bor maxsus tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilib, bunda reklama matnlarida so‘z tartibining informativ, manipulyativ-ta’sir hamda ekspressiv-emotsional funksiyasi kabi jihatlari aniqlangan;
so‘z tartibining badiiy-tasviriy vositalar tizimida tutgan o‘rni va badiiy qiymati reklama matnlarida hamda diskurslar asosida kognitiv-pragmatik tadqiq etilib, bu borada so‘z tartibining lisoniy tabiati oshib berilib, reklama matnlarida axborotning jozibadorligini, ta’sirshanligini oshirish maqsadida doimiy ravishda o‘zgargan so‘z tartibidan, jumadan, she’riy misralardan, murojaat shakllaridan foydalanish, bu borada inversiyaning poetik qiymati yuqori ekani ijtimoiy tarmoq materillari tahlili asosida isbotlangan;
reklama matnlarida qo‘llangan so‘z tartibining kognitiv asoslari va mental mexanizmlari tahlil etilib, reklama adresatning diqqatini jalb qilish, xotirada saqlanib qolish, harakatga undash kabi kognitiv jarayonlari, shuningdek, adresatning psixologik xususiyatlari, idrok qilish jarayonlari hamda motivatsion omillar kabi psixolingvistik asoslari aniqlangan;
reklama matnlarida so‘z tartibining pragmatik presuppozisiyalar, implikaturalar, illokutiv maqsad va perlokutiv effekt kabi pragmalingvistik xususiyatlari va ularning lisoniy vositalari, shu bilan birga, milliy-madaniy qarashlar, mental stereotiplar hamda kognitiv modellarning so‘z tartibiga ta’siri kabi lingvokulturologik jihatlari asoslanib, bu natijalar reklama lingvistikasi, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika va boshqa sohalar rivojiga muhim hissa qo‘shishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Reklama matnlarida so‘z tartibini kognitiv-pragmatik tadqiq etish asosida:
dissertatsiyada targibot mazmunidagi matn va diskurslarda matn muallifi, asosan, voqea-hodisa haqidagi hissiy-ta’siriy munosabatini ifodalashda unumli foydalanishi, bunday matnlarda yuksak ifoda imkoniyatlarini oshirish maqsadida inversiyaga murojaat qilib turilishi, reklama matnlarida so‘z tartibining informativ, manipulyativ-ta’sir hamda ekspressiv-emotsional funksiyasi kabi masalalar haqidagi xulosalardan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan Namangan muhandislik-texnologiya instituti “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2024-yil 7-oktyabrdagi 2494-024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy ish reklama matnlarida axborotning jozibadorligini, ta’sirchanligini oshirish maqsadida doimiy ravishda o‘zgargan so‘z tartibidan, jumladan, she’riy misralardan, murojaat shakllaridan foydalanish, bu borada inversiyaning poetik qiymati yuqori ekanligi asoslangan;
dissertasiyadagi so‘z tartibining pragmatik presuppozisiyalar, implikaturalar, illokutiv maqsad va perlokutiv effektning badiiy-tasviriy vositalar tizimida tutgan o‘rni va badiiy qiymati, reklama matnlari va diskurslarda so‘z tartibining imkoniyatlari yuqori ekanligi, oddiy so‘zlashuv nutqida so‘zning o‘zgargan tartibidan faol foydalanilishi va bu nutqning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilishi, reklama matnlarida axborotning jozibadorligini, ta’sirchanligini oshirish maqsadida doimiy ravishda o‘zgargan so‘z tartibidan, jumaladan, she’riy misralardan, murojaat shakllaridan foydalanish bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 9-oktyabrdagi 04/2770-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida nutqiy kompetensiyani rivojlantirilishiga doir nazariy qarashlar boyitilgan;
tadqiqotdagi reklama matnlarida so‘z tartibining kognitiv asoslari va mental mexanizmlari: kognitiv-pragmatik xususiyatlari, turlari, ifoda imkoniyatlari, birlamchi va ikkilamchi vazifalari, baddiy tasvir vositalarni hosil qilishdagi o‘rni, yondosh hodisalarga munosabati masalalarini hozirgi materiallar misolida o‘rganish doirasidagi ilmiy natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” , “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” nomli dasturlari ssenariysida (2024-yil iyul va sentyabr oylarida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-sentyabrdagi 04-36-1000-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda so‘z tartibining badiiy-tasviriy vositalar tizimida tutgan o‘rni va badiiy qiymati reklama matnlarida va diskurslar asosida kognitiv-pragmatik tadqiq etilib, bu borada so‘z tartibibning lisoniy tabiati ochib berilgan fikr va takliflarda reklama materiallari tayyorlashda foydalanilishi, reklama matnlari va diskurslarda so‘z tartibining imkoniyatlari yuqori ekanligi, oddiy so‘zlashuv nutqida so‘zning o‘zgargan tartibdan faol foydalanilishi va bu nutqningning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilishi sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilganligini asoslanganligi ta’minlangan.