Xursanov Abdullo Xalmuradovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Organo-noorganik ingredientlar asosida kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarni yaratishning ilmiy asoslari va ularni rangli va nodir metall rudalarini flotatsiya jarayonida qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/T921.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Sayibjon Sadiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Eshmurat Azimovich, texnika fanlari doktori, akademik; Sharofutdinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organo-noorganik ingredientlar asosida kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarni yaratishning ilmiy asoslari va ularni rangli va nodir metallar rudalarini flotatsiyalash jarayonida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organo-noorganik ingredientlar va ishlab chiqarish chiqindilari asosida ularning tabiati, turi, miqdori va nisbatiga, shuningdek rangli va qimmatbaho metallar rudalarini flotatsiya jarayonining texnologik omillariga qarab fizik-kimyoviy xususiyatlarning o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
mis-molibden rudalarini flotatsiyalash jarayonida qo‘llash uchun organo-noorganik ingredientlar va ishlab chiqarish chiqindilari asosidagi kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchining samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
sorbsiya va ko‘piklanish jarayonlari haqidagi fundamental bilimlarga o‘z xissasini qo‘shadigan, metallarning tanlab ajratib olishni ta’minlaydigan ishlab chiqilgan kompozisiyaning organo-noorganik ingredientlarni mineral zarrachalar bilan o‘zaro ta’sir mexanizmi asoslangan;
flotatsiya sharoitlarini optimallashtirish, metallarni ajratib olish selektivligini oshirish va qimmatbaho komponentlarni yo‘qotilishini minimallashtirish imkonini beradigan ishlab chiqilgan kompozision kimyoviy flotoreagentlarning flotatsiya jarayonining kinetikasi aniqlangan;
mis-molibdenli rudalarni flotatsiya jarayonida qo‘llash uchun mo‘ljallangan KXF-VS-B sinfidagi import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘piklashtiruvchi moddalar ishlab chiqarish uchun resurstejamkor innovatsion texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Organo-noorganik ingredientlar asosida kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarni yaratishning ilmiy asoslari va ularni rangli va nodir metall rudalarini flotatsiya jarayonida qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
organo-noorganik ingredientlar va ishlab chiqarish chiqindilari asosida ishlab chiqilgan import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagent – ko‘piklantiruvchilar “Olmaliq KMK” AJ mis-molibden rudalarini flotatsiya qilish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2025 yil 19 martdagi SL-273-son ma’lumotnomasi). Natijada, misning miqdori 5,71% bo‘lgan rudadan misning 91,49% ajratib olish imkonini bergan;
yuqori flotatsion qobiliyatga ega bo‘lgan samarali kompozision kimyoviy flotoreagentlarni olishning ishlab chiqilgan resurstejamkor texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2025 yil 19 martdagi SL-273-son ma’lumotnomasi). Natijada, korhonaning iqtisodiy holatini yaxshilovchi, arzon va samarali kompozision kimyoviy flotoreagentlarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
mis konsentrati chiqindilaridan platina, palladiy va boshqa nodir metallarni ajratib olishning ishlab chiqilgan texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2025 yil 19 martdagi SL-273-son ma’lumotnomasi). Natijada, massa ulushi 98,00-99,00% bo‘lgan tozalangan platina kukuni va massa ulushi 99,5-99,94% bo‘lgan palladiy kukunini olish imkonini bergan.