Rayimov Ohunjon Hamid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyati sharoitida qoramollar trematodozlarining tarqalishi va oldini olish choralari”, 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V70
Ilmiy rahbar: Taylakov Tolip Isakulovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Sobir Ibodullaevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Isaev Jasur Muzaffarovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: SamDTU huzuridagi I.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyati sharoitida qoramollar trematodoz qo‘zg‘atuvchilarining epizootologiyasi va kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda qarshi kurash choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyatining sug‘oriladigan va tog‘oldi-tog‘ biotsenozlarida turli yoshdagi qoramollar trematodozlarining tur tarkibi (fassiolyoz, gastrotilyaksoz, kalikoforoz, liorxoz), invaziya ekstensivligi va intensivlik darajasi aniqlangan;
qoramollar trematodozlari jigar hajmini kattalashganligi va qotganligi (sirroz), oshqozon osti bezining shishganligi, jigar parenximasi yuzasining notekisligi va bir nechta teshilgan yaralar bo‘lishi kabi patologoanatomik o‘zgarishlar bilan xarakterlanishi tadqiqotlarda asoslangan;
trematodozlarning qoramollarda toksemiya va jigar faoliyatining buzilishlari hamda qondagi gemoglobinning 16,8%, umumiy oqsilning 8,2%, glyukozaning 13,6% va T-limfotsitlarning 19,75 % ga  kamayishi, bilirubinning 44,2%, AsAT faolligining 42%, AlAT faolligining 25,0% va B- limfotsitlarning 44,4%  ga oshishi bilan kechishi ilmiy asoslangan;
qoramol trematodozlarini davolash va oldini olishda zamonaviy antgelmintik preparatlar (Gelmintol, Dovermer-10%, Rolenol va Fluconix-340) ni qo‘llash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati sharoitida qoramollar trematodozlarining tarqalishi va oldini olish choralari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Qishloq xo‘jalik hayvonlarining trematodozlari, ularni davolash va oldini olish choralari bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilib, respublikamizning qoramolchilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 08-iyuldagi 02/23-392-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni amaliyotga joriy etilishi natijasida qoramollarning trematodalar bilan zararlanishining oldini olish evaziga yuqori samaradorlikka erishilgan;
qoramollarning trematodozlarini klinik, gemomorfologik, gemobiokimyoviy, immunobiologik va patologoanatomik o‘zgarishlariga asoslanib tashxis qo‘yish usullari takomillashtirilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 08-iyuldagi 02/23-392-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollar trematodoz kasalliklarini aniq va qiyosiy tashxislashga erishilgan;
qoramollar trematodozlarini davolash va oldini olishda Gelmintol, Dovermer-10%, Rolenol, va Fluconix-340 preparatlarini qo‘llash usullari  Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Furqat va Beshariq tumani qoramolchilik xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 08-iyuldagi 02/23-392-son ma’lumotnomasi). Natijasida, profilaktika usulining qo‘llanilishi  sarflangan bir so‘m xarajat hisobiga 10,34 so‘m iqtisodiy samara olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish