Qo‘ziboev Aziz Obidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingichka tolali g‘o‘za navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish sxemalarining ta’siri”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1545
Ilmiy rahbar Chorshanbiev Nurali Esanpulotovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, PhD.05/28.08.2024.Qx.182.01.
Rasmiy opponentlar: Oripov Razzoq, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining taqirsimon tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zaning Surxon-14, Marvarid, Bo‘ston va G‘uzor navlari o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ekish sxemalarining ta’sirini aniqlash va ishlab chiqarishga tavsiyalar berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining taqirsimon tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zaning Surxon-14, yangi yaratilgan Marvarid, Bo‘ston, G‘uzor navlarining qulay o‘sishi, rivojlanishi hamda yuqori va sifatli paxta hosili olishda maqbul ekish sxemasi aniqlanib, ilmiy asoslangan;
ingichka tolali g‘o‘zaning yangi yaratilgan Marvarid, Bo‘ston va G‘uzor navlarining 76x9,9x1 ekish sxemasida (133 ming tup/ga) parvarishlanganda  fotosintez faoliyati o‘tishi uchun qulay bo‘lib, barg yuzasi 3,45-3,46-3,33 m2/m2, fotosintetik potensial 1,977-2,030-1,934 mln m2/ga*kun, quruq modda miqdori 11,153-10,473-10,202 t/ga, fotosintez sof mahsuldorlik 10,39-9,19-9,82 g*m2/sutka yuqori bo‘lishi isbotlangan; 
taqirsimon tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘za navlarini 76x9,9x1 sxemasida ekish o‘simlik ildizlari tuproqning 0-100 sm qatlamidagi quruq massasi 19,8-21,2 g atrofida bo‘lib, Marvarid va G‘uzor navlarining ildizlari (quruq massa 21,2-20,9 g) kuchli tarmoqlanganligi, asosiy qismi (60,3-58,8 %) tuproqning 0-30 sm qatlamida tarqalishi aniqlangan;
ingichka tolali g‘o‘za navlarini 76x9,9x1 ekish sxemasida parvarishlash o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratib, paxta hosildorligini Marvarid navida 43,1 s/ga, Bo‘ston navida 41,5 s/ga, G‘uzor navida 41,3 s/ga bo‘lishini ta’minlab, andoza Surxon-14 naviga nisbatan tegishlicha 4,5; 2,9; 2,7 s/ga, nazorat 90x8,3x1 ekish sxemasiga nisbatan 3,7; 3,3; 2,6 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olinganligi ilmiy asoslangan;
ingichka tolali g‘o‘zaning Marvarid, Bo‘ston, G‘uzor navlarini 76x9,9x1 ekish sxemasida (133 ming tup/ga) parvarishlash olingan paxta hosili hisobiga sof foydani tegishlicha 22553,0; 21001,0; 20807,0 ming so‘m/ga, rentabellik darajasini 79,7; 75,1; 74,5 % ga yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingichka tolali g‘o‘za navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish sxemalarining ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
paxtachilikka ixtisoslashgan agroklasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun “Ingichka tolali g‘o‘za navlarini 76x9,9x1 sxemada ekib, yuqori va sifatli hosil olish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 19-martdagi 05/04-04-96-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma agroklasterlar va fermer xo‘jaliklar uchun amaliy qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda;
Qashqadaryo viloyatining taqirsimon tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zaning Marvarid, G‘uzor, Bo‘ston, Surxon-14 navlari qator orasi 90x8,3x1 sm, 76x9,9x1 sm, 60x12,5x1 sm sxemalarda ekish texnologiyasi Koson tumanida (1,0 ga), Nishon tumanida (1,0 ga), Qarshi tumanida (1,0 ga), jami 3,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 19-martdagi 05/04-04-96-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 76x9,9x1 ekish sxemasida parvarishlanganda nazorat 90x8,3x1 ekish sxemasiga nisbatan Marvarid navidan 4,5 s/ga, G‘uzor navidan 4,2 s/ga, Bo‘ston navidan 4,3 s/ga qo‘shimcha hosil olingan.
Shuningdek, “Ingichka tolali g‘o‘za navlarining rivojlanish fazalari” nomli EHM uchun dastur (DGU 45988) ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 19-martdagi 05/04-04-96-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dastur agroklasterlar va fermer xo‘jaliklar uchun navlarning rivojlanish fazalarini hisobga olgan holda maqbul ekish sxemalaridan foydalanish uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish