Kosnazarov Kuatbergen Kudaybergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Burg‘ilash eritmalari uchun texnik yog‘ kislotalari asosida emulgator sifatida sirt faol moddalarni ishlab chiqish va qo‘llash», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5227.
Ilmiy rahbar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ravshan Raximovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Urinov Sobir Nasilloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnik yog‘ kislotalari va ularni qo‘llash asosida burg‘ulash eritmalari uchun emulgator sifatida sirt faol moddalarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta yog‘i texnik yog‘ kislotalaridan texnik yog‘ kislotasi etanolamidini (TYoKEA) sintez qilish uchun optimal sharoitlar YoK:monoetanolamin nisbati 1:1,05-1,1, harorat 130-140°C va katalizator sifatida 1-3% natriy fosfatdan foydalanish reaksiya unumini 92-95% bo‘lishini ta’minlayda, toluol bilan azeotrop haydash suvni samarali ajratib yuborishga yordam beradi, mahsulotning kislota miqdorini <5 mg KOH/g ga kamaytiradi va yon jarayonlarning oldini olishi aniqlangan;
turli sirt faol moddalar emulsiya xususiyatlariga turli xil ta’sir ko‘rsatishi: TYoKEA neft/CaCl2 (12,5%) tizimida 1% da uning qovushqoqligi va elektr barqarorligini 123 V ga oshiradi, biroq komponentlarning sinergetik ta’siri tufayli elektr barqarorlikni 132 V gacha oshiradi va suv beraolishlik 2-3 martaga pasayturadigan KSFMga nisbatan samaradorligi past, neonol elektr barqarorlikni 101 V bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa koalessensiyalanishni oldini olishda samaradorligi pastligi aniqlangan;
ohak-bitumli burg‘ilash eritmalariga KSFM qo‘shilishi suv beraolishlikni 1-2 sm³/30 daqiqagacha kamaytiradi, bu neonol asosidagi eritmalarga nisbatan 2-3 marta kam va ohak o‘rniga soda ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish pH darajasi 9-10 oralig‘ida barqarorlashtiradi va issiqlikka chidamlilik 170°C gacha ortadi, bu esa bunday eritmalarni burg‘ilashning agressiv sharoitlariga nisbatan barqarqarorligi aniqlangan;
KSFM olish texnologiyasi ishlab chiqilgan, uning tannarxi 20268,7 so‘m/kg tashkil etadi, bu import qilinadigan neonol tannarxidan 2,2 marta arzon, mazkur moddani qo‘llash emulsiyalarning elektr barqarorligini 30% ga oshiradi va suv beraolishlikni 2-3 marta kamaytiradi hamda burg‘ilash eritmalarining barqarorlashtiruvchi xususiyatlarini va iqtisodiy samaradorlikni yaxshilashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta yog‘i texnik yog‘ kislotalari asosida sirt faol moddalarni olish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalarga asosida:
burg‘ilash eritmalarining yangi tarkiblari va emulgatorlar ishlab chiqarish texnologiyasi Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025 yil 12 martdagi 01/18-526-son ma’lumotnomasi). Natijada, emulgatorlarning 1,0-1,5% miqdori barqarorlik va kunlik cho‘kish ko‘rsatkichlarini minimal qiymatlarga (0,009-0,01 g/sm³) kamaytirish imkonini beradi;
burg‘ulash eritmalarini emulgirlash uchun paxta yog‘i texnik yog‘ kislotalari aralashmasi asosidagi emulgatorlar olish texnologiyasi Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025 yil 12 martdagi 01/18-526-son ma’lumotnomasi). Natijada, emulgatorlar sarfini 0,75-1,0% gacha kamaytirish mumkin bo‘ladi, bu import analoglarni kamaytirishga va burg‘ulash eritmalarini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarini maqbullashtirish imkonini beradi.