Nurmanova Moxira Lapas qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alifatik karbon kislotalarining sirt faol hosilalarini olinishi, kolloid-kimyoviy xossalari va qo‘llanilishi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K737.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Ravshan Raximovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, professor; Sidiqov Abdujalil Sidiqovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: alifatik karbon kislotalar asosida yangi sirt faol moddalar sintez qilish, ularning kolloid-kimyoviy xossalarini va ishlatilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy olein kislotasini konsentrlangan sulfat kislotasi ishtrokida sulfurlash va olingan mahsulotni ishqorlarning etanolli eritmasi bilan neytrallash reaksiyasi natijasida yuqori sirt faolik namoyon qiluvchi sulfo olein kislotasining tuzlari olingan;
sulfo olein kislotasini bir va ikki atomli spirtlar bilan eterifikatsiya qilish va mahsulotni natriy gidroksid eritmasi bilan neytrallash natijasida yangi sirt-faol moddalar, sulfo olein kislotasining murakkab efirlarining natriyli tuzlari sintez qilingan;
sulfo olein kislotasining ikki atomli spirtlar bilan olingan efirlari qatorida sirt faol moddalar molekulasidagi etoksil guruhlari sonining ortishi bilan sirt faolligining oshishi va misella hosil qilish kritik konsentratsiyasi qiymatining pasayishi isbotlangan; 
sintez qilingan sulfo olein kislotasining murakkab efirlarining molekulasi tarkibida ikkinchi alifatik uglevodorod zanjirining uzunligining ortishi bilan birikmalarning sirt faolligining ortishi aniqlangan;
SFMlarning kolloid-kimyoviy xossalari orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi, bunda birikmalar sirt faolligining ortishi bilan ko‘pik hosil qilish qobiliyati ortib borishi isbotlangan;
yangi SFMlarni rangli metallarni flotatsiya usulida boyitishda ko‘pirtiruvchilar tarkibida, kon yo‘llarida changni bostiruvchi kompozisiyalar tarkibida va sement dispers tizimlarining barqarorligi va qotish vaqtini boshqarish uchun sanoatda qo‘llash sohalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alifatik karbon kislotalarining sirt-faol hosilalarini olinishi, kolloid-kimyoviy xossalari va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
alifatik karbon kislotalarining sirt faol hosilalari asosida ko‘pirtiruvchi kompazisiyalar olish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Olmaliq KMK» AJ ning 2024-yil 17-sentyabrdagi 09-24/42-00024-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy olein kislotasi asosida BT-3, Butl, FAB-9 ko‘pirtiruvchi kompazisiyalar olish imkonini beradi; 
ko‘pirtiruvchi BT-3, Butl, FAB-9 kompazisiyalarni rudalarni boyitishda qo‘llash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning «2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Olmaliq KMK» AJ Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazining 2024-yil 17-sentyabrdagi, 09-24/42-00024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan ko‘pirtiruvchi kompazisiyasini 40 g/t miqdorida qo‘llanilganda ruda tarkibidagi mis konsentratini 93,52% ga qadar boyitish imkonini berdi. 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish