Qurbonov Zavqiddinjon Hamidulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sement asosida keramik plitkalarni terish uchun suvda eruvchan polimerlardan foydalanib kompozision elimlash aralashmalarni ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5536.
Ilmiy rahbar: Talipov Nigmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sement asosida keramik plitkalarni terish uchun suvda eruvchan polimerlardan foydalanib kompozision elimlash aralashmalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modifikatsiyalovchi qo‘shimchalardan foydalangan holda kam suv talab qiluvchi sement-polimerli elimlash aralashmalarining optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
sement asosli kompozision elimlash aralashmalariga modifikatsiyalovchi qo‘shimchalardan qo‘shish orqali qotish jarayoni mexanizmi asoslangan;
sement asosli elimlash aralashmalari tarkibiga modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar qo‘shilganda aralashmaning adgezion mustahkamligini 1,5 martaga ortishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan tarkib yordamida keramik plitalar uchun kam suv talab qiluvchi sement-polimer asosida elimlash aralashmalarining tez qotuvchan yuqori adgezion xossaga egaligi va siljishga bardoshliligi asoslangan;
tanlangan tarkib bo‘yicha kam suv talab qiluvchi sement-polimer asosli elimlash aralashmalarini ishlab chiqarishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalovchi qo‘shimchalardan foydalanib, umumiy mustahkamligi 25-30% ga teng bo‘lgan sement-polimer asosidagi elimlash aralashmalarini ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sement asosida keramik plitkalarni terish uchun suvda eruvchan polimerlardan foydalanib kompozision elimlash aralashmalarni ishlab chikish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kam suv talab qiluvchi sement-polimer va suvda eruvchan polimerlar asosidagi tez qotuvchi sement-polimer elimlash aralashmalarini olish texnologiyasi «BMAX BUILDING MATERIALS» MChJ QK korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi» ning 2024 yil 27 dekabrdagi 02/15-4100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 90 minutda qotadigan sement-polimer elimlash aralashmalarini vertikal yuza bilan birikish mustahkamligini esa 1,65 MRa ga oshirish imkoniyatini bergan;
kam suv talab qiluvchi sement-polimer va suvda eruvchan polimerlar asosidagi tez qotuvchi sement-polimer elimlash aralashmalarining optimal tarkibi «BMAX BUILDING MATERIALS» MChJ QK korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi» ning 2024 yil 27 dekabrdagi 02/15-4100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sement-polimer elimlash aralashmalarini oquvchanligi 9,2 sm, suvni ushlab turish ko‘rsatkichini esa 98,5% ga oshirish imkonini bergan.