Kabilova Sayyora Abdukarimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi
haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi publisistik diskursda evfemizmning lisoniy voqelanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2559.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor; 
Usmonova Shahodat Abdurahimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.                                             
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. ingliz va o‘zbek tillaridagi publisistik diskursda evfemizmning lisoniy voqelanishining semantik-struktural xususiyatlari hamda matnning kommunikativ yaxlitligini ta’minlashdagi roli va ularni tarjima qilish usullarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi publisistik diskursda evfemizmning grammatik, leksik va sintaktik sathlarda shakllanish usullari, nutq bo‘laklari vazifasida faollashuvi yoritilgan; 
diskursning aniq zamon va makonda kechayotgan hodisa ekanligini hisobga olgan holda ingliz va o‘zbek tillaridagi publsistik diskursda evfemizmning temporallik kategoriyasi doirasidagi monotemporal va politemporal xususiyatlari, lokallik kategoriyasi doirasida namoyon bo‘ladigan avtosemantik va sinsemantik belgilari hamda ularning shaxs-son kategoriyalarida ishtiroki aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar publisistik diskursining semantik yaxlitligini ta’minlashda evfemizmning anaforik va kataforik munosabatni amalga oshirishdagi roli isbotlangan;
evfemizmning publisistik diskursining axboriy mazmunini ifodalovchi rema xususiyati hamda gapning boshlang‘ich nuqtasini ifodalovchi tema vazifasida kelishi dalillangan;
publisistik matn doirasidagi evfemizmning tarjimada berilishi masalalari o‘rganilib, tarjima jarayonida dastlab ularni matn doirasida ajratish, so‘ngra uning asl evfemistik ma’nosini aniqlash va nihoyat muqobil shaklini tanlashga oid tavsiyalar shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi publisistik diskursda evfemizmning lisoniy voqelanishini aniqlashga doir tadqiqot natijalari asosida:
tadqiqotning evfemizmlarning publisistik matnning axboriy mazmunini ifodalovchi rema xususiyati hamda gapning boshlang‘ich nuqtasini ifodalovchi tema vazifasida kelishi va publisistik matn doirasidagi evfemizmlarning tarjimada berilishi masalalari bilan bog‘liq jihatlari tahlili natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Erasmus + dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovasion tadqiqotlar  loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 8-maydagi 954/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarga tarjima jarayonida dastlab evfemizmlarni matn doirasida ajratish, so‘ngra uning asl evfemistik ma’nosini aniqlash, va nihoyat, muqobil shaklini tanlashga oid tavsiyalar shakllantirilgan va ilmiy nuqtayi nazarda yondashilinib amalda tadbiq etilgan; 
diskursning aniq zamon va makonda kechayotgan hodisa ekanligini hisobga olgan holda ingliz va o‘zbek tillaridagi publisistik diskursda evfemizmning temporallik kategoriyasi doirasidagi monotemporal va politemporal xususiyatlari, lokallik kategoriyasi doirasida namoyon bo‘ladigan avtosemantik va sinsemantik belgilari hamda ularning shaxs-son kategoriyalarida faollashuviga oid olingan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining “TEMPUS” dasturi Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” mavzusidagi tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 8-maydagi №955/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv tilshunoslik va tarjimashunoslik kabi fanlarni o‘qitishda hamda mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron resurslar, bosma darslik, nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlashda manba bo‘lib xizmat qilgan.
dissertasiyaning ingliz va o‘zbek tillari publisistik diskursida evfemizmlarning lisoniy voqelanishi ijtimoiy, axloqiy, etnik, madaniy va psixologik me’yorlar bilan bog‘liqligining yoritilishi, o‘rganilayotgan tillar publisistik diskursida evfemizmlarning grammatik, leksik va semantik sathlarida shakllanish usullari, nutq bo‘laklari vazifasida faollashuvi bilan bog‘liq xulosa va natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2028-yil 8-maydagi №953/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida shakllantirilgan modullar kontenti ingliz va o‘zbek tillaridagi publisistik diskursda evfemizmning lisoniy voqelanishiga oid ma’lumotlar bilan to‘ldirildi. Mazkur tahlillar orqali publisistik matn doirasidagi evfemizmlarning tarjimada berilishi masalalari o‘rganilib, tarjima jarayonida dastlab ularni matn doirasida ajratish, so‘ngra uning asl evfemistik ma’nosini aniqlash va nihoyat muqobil shaklini tanlashga oid tavsiyalar shakllantirilgan va lisoniy birliklarni yaxlit tahlil qilish amalga oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish