Kilicheva Kamola Muzaffarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Erkin iqtisodiy hududlarda investision faollikni oshirish masalalari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4713
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent; Umurzoqov Jamoliddin Sherbekovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erkin iqtisodiy hududlarda investision faollikni oshirish masalalari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat zonalari ishtirokchilariga eksport prognozlarini bajarish bo‘yicha eksportoldi moliyalashtirishga ehtiyoji bo‘lgan korxonalarga subsidiya mablagʻlarini ajratish lozimligi asoslangan;
maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida mavjud soliq va bojxona imtiyozlari, infratuzilmaviy tayyorgarlik hamda bo‘sh er resurslari haqidagi ma’lumotlarni samarali va manzilli targʻib qilish bo‘yicha yangi institusional tartibini joriy qilish orqali  xorijiy va mahalliy investorlar faolligiga ijobiy ta’siri asoslangan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga mahsulot ishlab chiqarish va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni import qilganda qo‘shilgan qiymat soligʻi va bojxona bojini 120 kungacha muddatga kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berish lozimligi asoslab berilgan;
 iqtisodiy zonalarda soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar mexanizmini takomillashtirishda iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun maxsus bojxona to‘lovlari stavkalari vaqtincha bekor qilish ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Erkin iqtisodiy hududlarda investision faollikni oshirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat zonalari ishtirokchilariga eksport prognozlarini bajarish bo‘yicha eksportoldi moliyalashtirishga ehtiyoji bo‘lgan korxonalarga subsidiya mablagʻlarini ajratish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-maydagi “Uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ-179-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi savdo sanoat palatasining 2025-yil 1-maydagi 9/03-12-4703-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, eksport faoliyatining barqarorligini ta’minlash, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshlikni oshirish asosida eksport prognozlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga, korxonalar daromad bazasini kengayishiga va  ichki iqtisodiy muvozanatni mustahkamlashga erishildi hamda  sanoat zonalarining investision jozibadorligi 10 foizga oshirishga olib kelingan.
maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida mavjud soliq va bojxona imtiyozlari, infratuzilmaviy tayyorgarlik hamda bo‘sh er resurslari haqidagi ma’lumotlarni samarali va manzilli targʻib qilish bo‘yicha yangi institusional tartibini joriy qilish orqali  xorijiy va mahalliy investorlar faolligiga ijobiy ta’siri bo‘yicha taklifi 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘gʻrisida”gi PF-158-sonli Farmonining 1-ilovasi II – Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishining 48-maqsadi va 49-maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi savdo sanoat palatasining 2025-yil 1-maydagi 9/03-12-4703-sonli, Taraqqiyot strategiyasi markazining 20-yanvar 2025-yildagi 36-sonli ma’lumotnomalari) Natijada, maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarning investisiyaviy salohiyatini namoyon qilishga xizmat qilgan holda yangi sarmoyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksport hajmini 20 foizga oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga mahsulot ishlab chiqarish va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni import qilganda qo‘shilgan qiymat soligʻi va bojxona bojini 120 kungacha muddatga kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berish lozimligiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi savdo sanoat palatasi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 5-iyuldagi 06/04-32/2366-sonli, O‘zbekiston Respublikasi savdo sanoat palatasining 2025-yil 1-maydagi 9/03-12-4703-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, tadbirkorlik muhitining barqarorligini  ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishning yangi drayverlarini shakllantirishga yordam bergan.
iqtisodiy zonalarda soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar mexanizmini takomillashtirishda iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun maxsus bojxona to‘lovlari stavkalari vaqtincha bekor qilishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-maydagi “Uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ-179-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo sanoat palatasining 2025-yil 1-maydagi 9/03-12-4703-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, maxsus iqtisodiy zonalarda respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investisiya loyihasini amalga oshirish uchun olib kiriladigan qurilish materiallari uchun bojxona boji, aksiz solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan ozod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish