Xadjimatova Iroda Xamidullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Revmatoid artritda biriktiruvchi to‘qimalarni destruksiyalashda biomarkerlarining klinik-diagnostik axamiyati va ularning jigar funksional xolati bilan bog‘liqligi” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4497.
Ilmiy rahbar: Karimov Ma’rif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Gulchexra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Revmatoid artritning klinik-immunologik xususiyatlarini jigarning funksional holati bilan bog‘liqligini baholash va u bilan og‘rigan bemorlarni olib borish hamda davolash algoritmini muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artritning faolligi qon zardobidagi matriks metalloproteinaza 3 darajasi ko‘rsatkichiga bevosita bog‘liqligi, qonda uning darajasining yuqoriligi kasallik klinik kechishini bashorat qilishi asoslangan;
revmatoid artrit faollik darajalarining klinik-laborator va instrumental ko‘rsatkichlari bilan jigar faoliyatining pasayishi ko‘rsatkichlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
qondagi matriks metalloproteinaza 9 miqdorining revmatoid artrit kechishi va faollik darajalari bilan jigar funksional ko‘rsatkichlari orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
revmatoid artrit kasalligida yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda jigar funksional faolligining baholash va davolash tamoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Revmatoid artritda biriktiruvchi to‘qimalarni destruksiyalashda biomarkerlarining klinik-diagnostik axamiyati va ularning jigar funksional xolati bilan bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritning faolligi qon zardobidagi matriks metalloproteinaza 3 darajasi ko‘rsatkichiga bevosita bog‘liqligi, qonda uning darajasining yuqoriligi kasallik klinik kechishini bashorat qilishi asoslanganligi Respubliga ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 04.12.2024 yil 62/4-sonli va Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.12.2024 yildagi 109-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 11 apreldagi 000108-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda revmatoid artrit faolligini erta tashxislash va baholash, shuningdek, jigardagi funksional buzilishlarni bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artrit va jigar funksional buzilishlari faolligini erta tashxislash va bashorat qilish natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish muddati qisqartirildi hamda tashxislash va davolashga ketadigan mablag‘lar tejalishiga erishildi. Xulosa: revmatoid artritda jigar funksional buzilishlari mavjud bemorlar holatini oldindan bashorat qilish va o‘z vaqtida tashxislash ularning sog‘lig‘ini saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq muddat davomida saqlab qolish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit faollik darajalarining klinik-laborator va instrumental ko‘rsatkichlari bilan jigar faoliyatining pasayishi ko‘rsatkichlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 04.12.2024 yildagi 62/4-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.12.2024 yildagi 109-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 11 apreldagi 000108-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda jigar funksiyasini baholashda immunologik, klinik-biokimyoviy va instrumental tadqiqotlar natijalarining ahamiyati isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: bo‘g‘im sindromining og‘irlik darajasini erta tashxislash va jigar funksiyasining pasayishida yallig‘lanish oldi sitokinlarining faollashish darajasini aniqlash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish, tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: revmatoid artritda jigar funksional buzilishlari bo‘lgan bemorlar taqdirini bashoratlash va o‘z vaqtida tashxislash sog‘liqni saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq muddat davomida saqlab qolish va hayot sifatini yaxshilash, nogironlik va o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: qondagi matriks metalloproteinaza 9 miqdorining revmatoid artrit kechishi va faollik darajalari bilan jigar funksional ko‘rsatkichlari orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 04.12.2024 yildagi 62/4-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.12.2024 yildagi 109-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 11 apreldagi 000108-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda immunologik yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali jigar faoliyati buzilishlarini erta tashxislash va bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artritda jigar funksiyasining pasayishini erta tashxislash va bashoratlash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish, tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: revmatoid artritda jigar faoliyati pasaygan bemorlarda yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida tashxislash natijasida aniqlash sog‘liqni saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq vaqt davomida saqlab qolish, hayot sifatini yaxshilash va davolash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit kasalligida yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda jigar funksional faolligining baholash va davolash tamoyillari asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 04.12.2024 yildagi 62/4-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.12.2024 yildagi 109-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 11 apreldagi 000108-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immunologik tahlillardan foydalanish, xususan MMP-9 ko‘rsatkichining og‘irligi, kasalliklarning biomarkyori sifatida suyak-bo‘g‘im tizimi hamda erta noinvaziv diagnostika usullari RAda jigardagi patologik o‘zgarishlarni erta aniqlash, jigarning anatomik-fiziologik holati buzilishini tashxislash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: jigarning funksional o‘zgarishlarini tashxislashning tavsiya etilgan usuli samaradorligiga revmatoid artritning past faolligiga ega bo‘lgan gepatoprotektorlar guruhini bemorlarga tavsiya qilish orqali erishish mumkin. Bu jigarning tuzilishga oid funksional holatidagi qaytmas patologik o‘zgarishlarning keyingi rivojlanishini oldindan to‘xtatish imkonini beradi. Xulosa: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda biriktiruvchi to‘qima destruksiyasi biomarkerlarining ko‘tarilishi natijasida yuzaga keladigan jigardagi funksional buzilishlarni erta aniqlash, revmatoid artritning yuqori faolligi sharoitida jigar to‘qimasida keyingi patologik jarayonlarning rivojlanishini klinik va laboratoriya usullari yordamida bashorat qilish hamda tashxislash davolashni o‘z vaqtida boshlashga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olishni takomillashtirishga, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.