Shodieva Gulzoda Rabimkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virus etiologiyali jigar sirrozining jadallashuvida irsiy omillarning ahamiyati va virusga qarshi davolash samaradorligi» 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1823. 
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Nurbaev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Rustamova Mamlakat Tulabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virusga qarshi davolash samaradorligini oshirish maqsadida virus etiologiyali jigar sirrozining molekulyar-genetik diagnostikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatida virus etiologiyali JSda kasallikning jadallashuviga va virusga qarshi davolash samaradorligiga ta’sir etuvchi kasallik kechishining hududiy xususiyatlari (bemorlar orasida ayollarning ustunligi, JSning o‘rta og‘ir darajasi) aniqlangan;
ilk bor surunkali gepatit B va C viruslari keltirib chiqargan jigar sirrozida ularning patogenetik o‘rnini baholash va kasallikning kechishini taxmin qilish imkonini beruvchi IL-17A va IL-10 sitokinlari hosil bo‘lishining miqdoriy va sifat xususiyatlari asoslangan;
ilk bor virus etiologiyali jigar sirrozi bilan xastalanganlarda kasallik og‘irligining genetik prediktorlari isbotlangan IL-17 A G197A (rs2275913) geni polimorf lokusi genotiplari va allellari chastotasi taqsimotining morfofunksional ahamiyati asoslangan;
virus etiologiyali jigar sirrozini davolashda individual yondashuv zarurligini tasdiqlovchi, zamonaviy viruslarga qarshi dori vositalarining samaradorligiga ta’sir qiluvchi farmakogenetik ko‘rsatkichlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Virus etiologiyali jigar sirrozining jadallashuvida irsiy omillarning ahamiyati va virusga qarshi davolash samaradorligi o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Samarqand viloyatida virus etiologiyali JS bilan xastalanganlarda kasallikning jadallashuviga va virusga qarshi davolash samaradorligiga ta’sir etuvchi kasallik kechishining hududiy xususiyatlari (bemorlar orasida ayollarning ustunligi, JSning o‘rta og‘ir darajasi) aniqlanganligi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Jizzax viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasining Gepatologiya bo‘limi (2024 yil 23 iyuldagi 20-sonli buyruq) va Sirdaryo viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasining Gepatologiya bo‘limi (2024 yil 23 avgustdagi 53-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan.   Ijtimoiy samaradorligi: jigar sirrozi kechishi tashxisotining yaxshilanishi tufayli aholi o‘rtasida nogironlik va o‘lim darajasini pasaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi hamda virusli gepatitlar tarqalishini kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: erta tashxis qo‘yish va asoratlarini oldini olish tufayli bemorlarning shifoxonaga yotqizilish soni kamaydi, hamda intensiv davolash uchun harajatlarning kamayishi orqali sog‘liqni saqlash tizimiga moliyaviy xarajatlar pasaydi. Xulosa: jigar sirrozi kechishining hududiy xususiyatlarini aniqlash, bemorlarning kasalxonaga yotqizishlar sonini yiliga 10% ga kamaytirdi. Har bir bemor uchun kasalxonaga yotqizish sonini qisqartirish hisobiga potensial tejamkorlik 750000 so‘mni tashkil qildi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali gepatit B va C viruslari keltirib chiqargan jigar sirrozida ularning patogenetik o‘rnini baholash va kasallikning kechishini taxmin qilish imkonini beruvchi IL-17A va IL-10 sitokinlari hosil bo‘lishining miqdoriy va sifat xususiyatlari asoslanganligi Jizzax viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi Gepatologiya bo‘limi bo‘yicha 23.07.2024 yildagi 20-sonli va Sirdaryo viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi Gepatologiya bo‘limi bo‘yicha 23.08.2024 yildagi 53-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 8 apreldagi 000078-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: sitokin profilini hisobga olgan holda davolash jarayonini optimallashtirish tufayli virusga qarshi davolash samaradorligi oshdi, shuningdek asoratlar soni kamaydi va bemorlarning hayot sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorlik: Uzoq muddatli simptomatik davolanishga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi, mehnatga layoqatsiz kunlar sonining qisqarishi va bemorlarni reabilitatsiya qilishga sarflangan xarajatlarni kamaytirish orqali umumiy tibbiy va ijtimoiy xarajatlarning kamayishiga erishilgan. IL-17A i IL-10 sitokinlarini o‘rganish tufayli og‘ir holatlarning uchrashi 5% ga kamaydi va  kasallikning oqibati yaxshilandi. Jigar sirrozining og‘ir holatlari kamayishi hisobiga har bir bemor uchun potensial tejamkorlik yiliga 750000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: IL-17A va IL-10 sitokinlarni o‘rganish natijasida gepatit B va C viruslari keltirib chiqargan jigar sirrozida ularning miqdori sezilarli darajada o‘zgarganligi aniqlandi, bu ularning kasallik patogenezida asosiy o‘rin tutishini ko‘rsatdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor virus etiologiyali jigar sirrozi bilan xastalanganlarda kasallik og‘irligining genetik prediktorlari isbotlanganligi, IL-17 A G197A (rs2275913) geni polimorf lokusi genotiplari va allellari chastotasi taqsimotining morfofunksional ahamiyati asoslanganligi asosida «Virus etiologiyali jigar sirrozining jadallashuvida irsiy omillarning ahamiyati va virusga qarshi davolash samaradorligi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (SamDTU ekstpert kengashi 21.02.2024 yil 28- sonli bayonnomasi) va tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma Jizzax viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi Gepatologiya bo‘limi bo‘yicha 23.07.2024 yildagi 20-sonli va Sirdaryo viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi Gepatologiya bo‘limi bo‘yicha 23.08.2024 yildagi 53-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga tatbiq etilgan (SSV huzuridagi ITKning 2025 yil 8 apreldagi 000078-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik testlash jigar sirrozining salbiy kechish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlashga hamda erta tibbiy aralashuv va davolashga individual yondashuvni amalga oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: samarasiz davolashga sarflangan xarajatlarni kamaytirish va asoratlarni (jigar etishmovchiligi va gepatotsellyulyar karsinoma kabi) oldini olish tufayli sog‘liqni saqlash tizimi va ijtimoiy sohada moliyaviy xarajatlarning kamayishiga erishildi. IL-17A polimorfizmining genetik tahlili – bemorlarning 15%da davolashning samarasizligini oldini oladi. Kasallikning rivojlanishini erta prognozlash hisobiga har bir bemor uchun potensial tejamkorlik yiliga 1200000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: IL-17A geni polimorf lokusining genotipi va allellari chastotalari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijasida ma’lum genetik variantlar va sirroz jarayonining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini, hamda kasallikning salbiy kechishiga moyilligini aniqlash imkonini berdi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: virus etiologiyali jigar sirrozini davolashda individual yondashuv zarurligini tasdiqlovchi, zamonaviy viruslarga qarshi dori vositalarining samaradorligiga ta’sir qiluvchi farmakogenetik ko‘rsatkichlar aniqlanganligi Jizzax viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi Gepatologiya bo‘limi bo‘yicha 23.07.2024 yildagi 20-sonli va Sirdaryo viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi Gepatologiya bo‘limi bo‘yicha 23.08.2024 yildagi 53-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: medikamentoz davolashning individuallashtirilgan tanlovi tufayli dori vositasining nojo‘ya ta’siri kamayishiga erishiladi, bemorning davolanishga to‘liq jalb qilinganligi va davolash muvaffaqiyatini oshiradi, kasallikning prognozini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorlik: virusga qarshi davolanishni optimallashtirish tufayli samarasiz dori vositalariga sarflanadigan xarajatlardan voz kechish, hamda asoratlarni davolash uchun sarflangan xarajatlarni kamaytirishga va bemorlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bilan bog‘liq iqtisodiy yo‘qotishlarni qisqartirishga yordam berdi. Individuallashtirilgan davolash uchun farmakogenetik belgilarni aniqlash harajatlarni 20% ga kamaytirdi va davo choralarini optimallashtirdi. Shaxsiylashtirilgan davolanish tufayli har bir bemor uchun potensial tejamkorlik yiliga 1600000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: zamonaviy viruslarga qarshi dori vositalarining samaradorligiga ta’sir qiluvchi farmakogenetik ko‘rsatkichlar  aniqlandi, bu virus etiologiyali jigar sirrozini davolashda individual yondashuv zarurligini tasdiqlaydi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish