Ergasheva Munisa Yakubovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda nogironlikning tibbiy-ijtimoiy jihatlari va nogiron bolalarni reabilitatsiya qilishni takomillashtirish», 14.00.12-Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib877.
Ilmiy rahbar: Yarmuxamedova Nargiza Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/31.10.2024.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Go‘zal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori; Xamidov Obid Abduraxmanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmatova Sanobar Nizamovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalik nogironligi xususiyatlarining tibbiy-ijtimoiy jihatlarini o‘rganish va nogiron bolalarni reabilitatsiya qilishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalikdan nogironlikning dinamikasiga oid retrospektiv tahlil olib borilgan va uning barqaror o‘sish tendensiyasi mavjudligi, hududlar kesimida hamda bolalar yosh guruhlari bo‘yicha tahlili asosida, oxirgi 3 yil davomida nogiron bolalarning ulushi har 10000 bolaga nisbatan 1,12 dan 1,76 gacha oshganligi aniqlangan;
bolalarda nogironlikka olib keluvchi tibbiy va ijtimoiy xavf omillarining (onaning yoshi 38 yoshdan katta bo‘lishi, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, birinchi va to‘rtinchi homiladorlikdan tug‘ilish, kamqonlik, TORCH infeksiyalari, tug‘ruqlar oralig‘i 1 - 2 yilni tashkil etishi, tug‘ilish vaqtida Apgar shkalasi bo‘yicha 4 - 6 ballga baholanganligi va bolaning etarli vaznga ega emasligi) asosiy roli isbotlangan;
ona va bolaga bog‘liq turli biologik, ijtimoiy omillarni ball tizimi bilan baholash orqali bolada nogironlik rivojlanishi ehtimolini aniqlashni prognozlash algoritmi ishlab chiqilgan;
bolalar bosh miya falajining spastik diplegiya turi yuzasidan nogironligi bo‘lgan bolalarni uy sharoitida bemor va shifokor o‘rtasida masofaviy aloqani ta’minlovchi mobil elektron platformani (bbmf.uz) ishlab chiqish asosida kompleks sog‘lomlashtirish va tibbiy reabilitatsiya qilish takomillashtirilgan;
ilk bor bolalar bosh miya falajining spastik diplegiya turi yuzasidan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun takomillashtirilgan kompleks tibbiy reabilitatsiya algoritmi samaradorligi 6 oy davomida 68,5% da saqlanib qolingan va reabilitatsiya tarkibiga transkranial magnit stimulyasiya (TMS) usuli qo‘llanilishi orqali yangi harakat ko‘nikmalari shakllanishi natijasida hayot sifati yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 07.05.2025 yildagi 17/12-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalikdan nogironlikning dinamikasiga oid retrospektiv tahlil olib borilgan va uning barqaror o‘sish tendensiyasi mavjudligi, hududlar kesimida hamda bolalar yosh guruhlari bo‘yicha tahlili asosida, oxirgi 3 yil davomida nogiron bolalarning ulushi har 10 000 bolaga nisbatan 1,12 dan 1,76 gacha oshganligi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 6-noyabrdagi № 3 son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Bolalar nogironligining xavf omillari va tibbiy-ijtimoiy jihatlari” va “Bolalar bosh miya falajida reabilitatsiyani takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar asab kasalliklari bo‘limi amaliyotiga 6.01.2025 yildagi 26-t-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga 23.01.2025 yildagi 119-4-69-TV/2025-sonli buyruq, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga 24.12.2024 yildagi 5462-3-55-TV/2024-sonli buyruq, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar asab kasalliklari bo‘limigi 16.12.2024 yildagi 127-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 07.05.2025 yildagi 17/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: respublikada nogiron bolalar ulushining statistikasi asosida oshishining aniqlanishi nogiron bolalar tug‘ilishini oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish hamda so‘rovnoma ishlab chiqishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: nogiron bolalar ulushini aniqlash har bir viloyat va tumanlar kesimida nogironlikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kengaytirish orqali bolalar nogironligini qisqartish hamda nogironlik nafaqalari sonini kamaytirishga imkon bergan. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida oxirgi 3 yil davomida nogiron bolalar ulushi ortishining aniqlanishi bolalar nogironligini oldini olish tadbirlarini takomillashtirishga asos bo‘lgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda nogironlikka olib keluvchi tibbiy va ijtimoiy xavf omillarining (onaning yoshi 38 yoshdan katta bo‘lishi, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, birinchi va to‘rtinchi homiladorlikdan tug‘ilish, kamqonlik, TORCH infeksiyalari, tug‘ruqlar oralig‘i 1 - 2 yilni tashkil etishi, tug‘ilish vaqtida Apgar shkalasi bo‘yicha 4 - 6 ballga baholanganligi va bolaning etarli vaznga ega emasligi) asosiy roli isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 6-noyabrdagi № 3 son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Bolalar nogironligining xavf omillari va tibbiy-ijtimoiy jihatlari” va “Bolalar bosh miya falajida reabilitatsiyani takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar asab kasalliklari bo‘limi amaliyotiga 6.01.2025 yildagi 26-t-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga 23.01.2025 yildagi 119-4-69-TV/2025-sonli buyruq, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga 24.12.2024 yildagi 5462-3-55-TV/2024-sonli buyruq, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar asab kasalliklari bo‘limigi 16.12.2024 yildagi 127-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 07.05.2025 yildagi 17/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalar nogironligiga olib keluvchi asosiy ona va bolaga bog‘liq turli biologik, ijtimoiy xavf omillar asoslangan, jumladan, onaning tug‘ruq vaqtidagi yoshi, ota-onaning qarindoshligi, yaqin qarindoshlarida nogironlikka olib kelgan kasalliklar mavjudligi, onaning mehnat faoliyati, ma’lumoti hamda zararli odatlari mavjudligi, nogiron bola tug‘ilgan homiladorlik soni va homiladorliklar o‘rtasidagi muddat, onaning joriy homiladorlik vaqtida bo‘lib o‘tgan somatik kasalliklari, nogiron bolaning tug‘ilgandagi gestatsiya muddati va vazni, Apgar shkalasi bo‘yicha bali. Iqtisodiy samaradorligi: bolalar nogironligiga olib keluvchi xavf faktorlarining aniqlanishi nogiron bolalar tug‘ilishining oldi olish, bolalarda nogironlikni erta aniqlash va bolalar nogironlik holatlarini kamaytirish orqali nafaqalari sonini qisqartirishga imkon bergan. Xulosa: bolalar nogironligiga olib keluvchi asosiy ona va bolaga bog‘liq turli biologik, ijtimoiy xavf omillar aniqlangan va ularni oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirishga asos bo‘lgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ona va bolaga bog‘liq turli biologik, ijtimoiy omillarni ball tizimi bilan baholash orqali bolada nogironlik rivojlanishi ehtimolini aniqlashni prognozlash algoritmi ishlab chiqilganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 6-noyabrdagi № 3 son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Bolalar nogironligining xavf omillari va tibbiy-ijtimoiy jihatlari” va “Bolalar bosh miya falajida reabilitatsiyani takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar asab kasalliklari bo‘limi amaliyotiga 6.01.2025 yildagi 26-t-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga 23.01.2025 yildagi 119-4-69-TV/2025-sonli buyruq, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga 24.12.2024 yildagi 5462-3-55-TV/2024-sonli buyruq, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar asab kasalliklari bo‘limigi 16.12.2024 yildagi 127-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 07.05.2025 yildagi 17/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ona va bolaga bog‘liq turli biologik, ijtimoiy omillarni ballda baholash orqali bolada nogironlik yuz berish ehtimolini aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu so‘rovnoma asosida bolalar nogironligini prognozlashtirish orqali nogiron bolalar tug‘ilishining oldi olinib, nogironlik nafaqalari sonini kamaytirishga imkon bergan. Xulosa: maxsus jadvaldagi savollarga berilgan javoblar ballda baholash asab tizimi kasalliklari yuzasidan nogironlik rivojlanish xavfini prognozlash inkonini bergan, jumladan, xavf yuqori – 24-29 ball; xavf o‘rtacha – 20-23 ball; xavf kam – 16-19 ball va xavf yo‘q – <15 ball.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalar bosh miya falajining spastik diplegiya turi yuzasidan nogironligi bo‘lgan bolalarni uy sharoitida bemor va shifokor o‘rtasida masofaviy aloqani ta’minlovchi mobil elektron platformani (bbmf.uz) ishlab chiqish asosida kompleks sog‘lomlashtirish va tibbiy reabilitatsiya qilish takomillashtirilganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 6-noyabrdagi № 3 son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Bolalar nogironligining xavf omillari va tibbiy-ijtimoiy jihatlari” va “Bolalar bosh miya falajida reabilitatsiyani takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar asab kasalliklari bo‘limi amaliyotiga 6.01.2025 yildagi 26-t-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga 23.01.2025 yildagi 119-4-69-TV/2025-sonli buyruq, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga 24.12.2024 yildagi 5462-3-55-TV/2024-sonli buyruq, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar asab kasalliklari bo‘limigi 16.12.2024 yildagi 127-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 07.05.2025 yildagi 17/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalar bosh miya falajiga chalingan bemorlarni uy sharoitida kompleks sog‘lomlashtirish va tibbiy reabilitatsiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mobil elektron ilova ishlab chiqilgan. Bemorlari reabilitatsiya davomida uyda shug‘ullanish va mashqlarni bajarish uchun bemorlar va vrach bilan masofaviy aloqani ta’minlab beruvchi bbmf.uz platformasidan foydalanilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlar reabilitatsiya davomida uyda shug‘ullanish va mashqlarni bajarishi ularni reabilitatsiya markaziga yoki statsionarga murojaat qilish sonini qisqartirgan. Bir kunlik yotoq va ovqat puli 45.000 so‘mni tashkil etadi. 20 kun uchun 1 ta bolaga 900000 so‘m sarflangan. Bu bilan byudjet mablag‘laridan xar bir bola uchun 900000 so‘m tejab qolingan. Xulosa: BBMF bo‘lgan bolalarni uy sharoitida kompleks sog‘lomlashtirish ularning jismoniy va ijtimoiy faolligini oshirish, shifokorlarning masofaviy nazorati va amaliy tavsiyalar berib borib, doimiy muloqotini ta’minlash imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalar bosh miya falajining spastik diplegiya turi yuzasidan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun takomillashtirilgan kompleks tibbiy reabilitatsiya algoritmi samaradorligi 6 oy davomida 68,5% da saqlanib qolingan va reabilitatsiya tarkibiga transkranial magnit stimulyasiya (TMS) usuli qo‘llanilishi orqali yangi harakat ko‘nikmalari shakllanishi natijasida hayot sifati yaxshilanishi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 6-noyabrdagi № 3 son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Bolalar nogironligining xavf omillari va tibbiy-ijtimoiy jihatlari” va “Bolalar bosh miya falajida reabilitatsiyani takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu bo‘yicha Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar asab kasalliklari bo‘limi amaliyotiga 6.01.2025 yildagi 26-t-sonli buyruq, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga 23.01.2025 yildagi 119-4-69-TV/2025-sonli buyruq, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga 24.12.2024 yildagi 5462-3-55-TV/2024-sonli buyruq, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar asab kasalliklari bo‘limigi 16.12.2024 yildagi 127-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 07.05.2025 yildagi 17/12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan kompleks reabilitatsiya algoritmini qo‘llash oqali BBMF bo‘lgan bolalarda harakat funksiyalarini erta tiklash va asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: BBMF tashxisi bilan bolalar yiliga 3, 4 marta reabilitatsiya markazda yoki statsionarda 15, 20 kundan davolangan. Bir kunlik yotoq va ovqat puli 45000 so‘mni tashkil etgan. 20 kun uchun 1 ta bolaga 900000 so‘m sarflanadi. Agar 1 yilda 4 marta yotib davolansa jami 3600000 so‘m sarflangan. Bizni algoritm bo‘yicha reabilitatsiyadan o‘tish 6 oyda 1 marta ya’ni yiliga 2 marta 20 kundan o‘tkazilgan. Bu bilan byudjet mablag‘laridan har bir bola uchun 1800000 so‘m tejab qolingan. Xulosa: BBMF spastik diplegiya turi yuzasidan nogironligi bo‘lgan bolalarda TMS yordamida elektr stimullashning samaradorligi matematik modellashtrish orqali isbotlangan.