Israilov Nodir Rahimjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): XV – XVIII asrlar fransuz tarixshunosligida Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining tadqiq etilishi, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1165
Ilmiy rahbar: Usmonov Baxriddin Axmedovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich – tarix fanlari doktori, Rasulova Durdona Baxronovna – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XV – XVIII asrlarda Fransiyada Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining o‘rgalinishini tarixshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fransiyada (XV – XVIII asrlar) Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining o‘rganilishi to‘rt bosqichda kechganligi va uning birinchi bosqichi (XIV asr oxiri – XV asr boshlari) Usmonli turk sultoni Yildirm Boyazidga qarshi sharqdan ittifoqchi izlash jarayonida Amir Temur tarixini o‘rganishga kirishilganligi, ikkinchi bosqich (XVI asr) Fransiyadagi diniy urushlarga barham berish, markazlashgan davlat tartibotini kuchaytirish jarayonida Amir Temurning davlatchilik tajribasini o‘rganishga ehtiyojning oshganligi, uchinchi bosqich (XVII – XVIII asr boshlari) mutlaq monarxiya tartibotining o‘rnatilishi, Fransiya qirolligi ta’sirining sharqda oshib borishi doirasida Amir Temur tarixiga oid manbalarning keng tadqiq etilishi, to‘rtinchi bosqich (XVIII asr) fransuz ma’rifatparvarligida insoniyatning yagona tarixini yaratish va jahon sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan xalqlar tarixini o‘rganishning taraqqiy etishi bilan izohlanishi dalillangan; 
XX asrda rus sharqshunosi A.Y.Yakubovskiy tomonidan bildirilgan temuriylar davri muarrixlari Moskva shahrining joylashuvi bo‘yicha to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lmaganligi haqidagi fikr, aslida XVIII asrda fransuz sharqshunosi L.Langlening shu mazmundagi noto‘g‘ri xulosasi ta’sirida kelib chiqqanligi asoslangan;
G‘arbiy Evropada Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatini turli tarixiy manbalarni qiyosiy tahlil etish asosida chuqur va keng tadqiq etgan ilk tarixchi olim Bartalemi d’Erbelo ekanligi dalillangan;
XVII asrda Fransiyada nashr ishlari ustidan qattiq senzura o‘rnatilgan sharoitida ham qirollik hukumatining xayrihohligi natijasida Amir Temur tarixiga oid bir nechta nashrlar e’lon qilinganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XV – XVIII asrlar fransuz tarixshunosligida Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining tadqiq etilishi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XV – XVIII asr Fransiyada Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining o‘rganilishi to‘rt bosqichda kechganligi va uning birinchi bosqichi (XIV asr oxiri XV asr boshlari) Usmonli turk sultoni Yildirm Boyazidga qarshi sharqdan ittifoqchi izlash jarayonida Amir Temur tarixini o‘rganishga kirishilganligi, ikkinchi bosqich (XVI asr) Fransiyadagi diniy urushlarga barham berish, markazlashgan davlat tartibotini kuchaytirish jarayonida Amir Temurning davlatchilik tajribasidan foydalanish maqsad qilinganligi, uchinchi bosqich (XVII – XVIII asr boshlari) mutlaq monarxiya tartibotining o‘rnatilishi, Fransiya qirolligi ta’sirining sharqda oshib borishi doirasida Amir Temur tarixiga oid manbalarning tadqiq etilishi, to‘rtinchi bosqich (XVIII asr) fransuz ma’rifatparvarligida insoniyatning yagona tarixini yaratish va jahon sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan xalqlar tarixini o‘rganishning taraqqiy etishi bilan izohlanishi kabi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 31-iyuldagi 06-31-904-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning Amir Temur tarixini XV – XVIII asrlarda Fransiyada o‘rganilishiga oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
XX asrda rus sharqshunosi A.Yu.Yakubovskiy tomonidan bildirilgan temuriylar davri muarrixlari Moskva shahrining joylashuvi bo‘yicha to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lmaganligi haqidagi fikr, aslida XVIII asrda fransuz sharqshunosi L.Langlening shu mazmundagi noto‘g‘ri xulosasi ta’sirida kelib chiqqanligi kabi ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 23-iyuldagi 04-05/2750-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu materiallar muzeyning “Tarix bo‘limi” fondini boyitishga, muzeyning Amir Temur tarixiga oid manbalarini ilmiylik va ishonchlilik jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
G‘arbiy Evropada Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatini turli tarixiy manbalarni qiyosiy tahlil etish asosida chuqur va keng tadqiq etgan ilk tarixchi olim Bartalemi d’Erbelo ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 31-iyuldagi 06-31-904-son ma’lumotnomasi). Foydalanilgan materiallar ko‘rsatuvning mazmunan va ilmiy dalillarga boy hamda qiziqarli bo‘lishini ta’minlagan;
XVII asrda Fransiyada nashr ishlari ustidan qattiq senzura o‘rnatilgan sharoitida ham qirollik hukumatining xayrixohligi natijasida Amir Temur tarixiga oid bir nechta nashrlar e’lon qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 23-iyuldagi 04-05/2750-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu materiallar muzeyning “Tarix bo‘limi” fondini boyitishga, muzeyning Amir Temur tarixiga oid manbalarini ilmiylik va ishonchlilik jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish