Azimov Sarvar Ulugbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shishasimon tana destruksiyasining laborator markyorlarining diagnostik axamiyati” 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika, 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4977.
Ilmiy rahbarlar: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019. Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Nurxon Xalimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Maxkamova Dilbar Kamaldjanovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi shishasimon tana destruksiyasi tashxislashda laborator markyorlarini ahamiyatini muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
shishasimon tana destruksiyasi bo‘lgan bemorlarda lipid spektri ko‘rsatkichlarining ortishi va giperxolesterinemiya rivojlanishi isbotlangan; 
shishasimon tana destruksiyasi bo‘lgan bemorlarda lipidlarning perikisli oksidlanishi biomarkyorlari malon dial`degid va dien kon’yugatlarining qon zardobidagi darajasining oshishi aniqlangan;
antioksidant tizimi biomarkyorlarining diagnostik ko‘rsatkichlari  (superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, glutation-reduktaza, katalaza, sitoxrom-C va azot oksidi) aniqlangan va ular shishasimon tana destruksiyasi rivojlanishining dastlabki bashoratini belgilari ekanligi asoslangan;
shishasimon tana destruksiyasi bo‘lgan bemorlarda gipolipidemik va antioksidant terapiyaning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shishasimon tana destruksiyasi tashxislashda laborator markyorlarini ahamiyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: shishasimon tana destruksiyasi bo‘lgan bemorlarda lipid spektri ko‘rsatkichlarining ortishi va giperxolesterinemiya rivojlanishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Termez filialining 24.11.2024 yil 38/1-T son va Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Navoiy viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasining 18.11.2024 yildagi 41 son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: shishasimon tana destruksiyasi mavjud bemorlarda tashxisotni muvofiqlashtirishni o‘rganish ushbu turdagi bemorlarni kasallanishini kamaytiradi va kasallikning oldini olishga yordam beradi, bu esa davolash muolajalarini o‘z vaqtida maqsadli ravishda amalga oshirishga shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: shishasimon tana destruksiyasi mavjud bemorlar klinik laborator tashxisoti uchun bashoratlash mezoni sifatida oksidlovchi tizim biomarkerlari va lipid spektri ko‘rsatkichlarini baholash kasallikni to‘g‘ri tashxislash va klinik kechishini bashorat qilish uchun yanada malakali, ishonchli yondashuvni ta’minlaydi va davolash hamda profilaktika choralari samaradorligini oshirish imkonini beradi. Xulosa: Shishasimon tana destruksiyasi mavjud bemorlarni klinik laborator tashxisoti uchun bashoratlash mezon sifatida oksidlovchi tizim biomarkerlari va lipid spektri ko‘rsatkichlarini baholash tavsiya qilinadi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: shishasimon tana destruksiyasi bo‘lgan bemorlarda lipidlarning perikisli oksidlanishi biomarkyorlari malon dial`degid va dien kon’yugatlarining qon zardobidagi darajasining oshishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Termez filialining 24.11.2024 yil 38/1-T son va Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Navoiy viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasining 18.11.2024 yildagi 41 son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari shishasimon tana destruksiyasi bilan bog‘liqlikda oksidant-antioksidant muvozanatining oksidantlar tufayli buzilishi ko‘rsatilib, ko‘zning xiralashuvi 5 yildan  ko‘proq muddatda davom etgan bemorlar qonida ko‘rish o‘tkirligi 5 yildan kam davom etganlarga qaraganda AOS (anti oksidant tizimi) ko‘rsatkichining past ekanligi aniqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik: 2-guruh bemorlarida malon dial`legid ko‘rsatkichlari (r<0,001) va qon zardobida superoksidazdismutaza (r<0,001) 1 va 3-guruh bemorlari hamda nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo‘ldi. Bu esa bemorlarda kasallik asoratlari rivojlanishini, kasalxonaga qayta yotishlar sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi. Xulosa: Shishasimon tana destruksiyasi  aniqlangan bemorlar qonida lipidlarning perekis oksidlanish va anti oksidant tizimi ko‘rsatkichlarini o‘lchash ushbu ikki kasallik rivojlanishining  patofiziologik asosini shakllantiradi, bu qo‘shimcha diagnostik mezon va bashoratlovchi ahamiyatga ega bo‘lish imkonini beradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: antioksidant tizimi biomarkyorlarining diagnostik ko‘rsatkichlari (superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, glutation-reduktaza, katalaza, sitoxrom-C va azot oksidi) aniqlangan va ular shishasimon tana destruksiyasi rivojlanishining dastlabki bashoratini belgilari ekanligi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Termez filialining 24.11.2024 yil 38/1-T son va Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Navoiy viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasining 18.11.2024 yildagi 41 son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: shishasimon tana destruksiyasi  aniqlangan bemorlar qonida LPO (lipidlarning perekis oksidlanish) va AOS (anti oksidant tizimi) ko‘rsatkichlarini o‘lchash ushbu kasallik rivojlanishining patofiziologik asosini shakllantiradi, bu qo‘shimcha diagnostik mezon va bashoratlovchi ahamiyatga ega bo‘lish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: shishasimon tana destruksiyasi mavjud bemorlar klinik laborator tashxisoti uchun bashoratlash mezoni sifatida oksidlovchi tizim biomarkerlari va lipid spektri ko‘rsatkichlarini baholash kasallikni to‘g‘ri tashxislash va klinik kechishini bashorat qilish uchun yanada malakali, ishonchli yondashuvni ta’minlaydi va davolash hamda profilaktika choralari samaradorligini oshirish imkonini beradi. Xulosa: Shishasimon tana destruksiyasi mavjud bemorlarni erta aniqlash shishasimon tana destruksiyasi rivojlanishini oldini olishga katta yordam berishi imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: shishasimon tana destruksiyasi bo‘lgan bemorlarda gipolipidemik va antioksidant terapiyaning samaradorligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Termez filialining 24.11.2024 yil 38/1-T son va Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Navoiy viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasining 18.11.2024 yildagi 41 son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: Shishasimon tana destruksiyasi aniqlangan bemorlarda gipolipidemik va antioksidant terapiya xar xil turdagi destruksiyalarni samarali davolash usuli bo‘lib, kasalliklni zo‘rayib borishini oldini oladi hamda ularning asoratlarini davolash uchun katta moddiy xarajatlardan qochish, maqsadli terapevtik va profilaktika choralarini o‘tkazish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan mezonlar ketma-ketligidan foydalangan holda har bir bemor uchun umumiy diagnostik tejash imkonini bergan. Shishasimon tana destruksiyasini markyorlarining diagnostik axamiyatini baholashda diagnostik va bashoratlash mezonlarining ishlab chiqilgan algoritmi erta tashxislashga imkon bergan. Xulosa: Shishasimon tana destruksiyasini davolashda ushbu terapiyani davolash standartlariga kiritilishi bemorlarda kasallik asoratlari rivojlanishini, kasalxonaga qayta yotishlar sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish