Abdukarimova Nozima Tashpulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mitral stenoz kuzatilgan xomilador ayollarda akusherlik taktikasini tanlashga differensial yondashuv asoslari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib2991.
Ilmiy raxbar: Asatova Munira Miryusupovna tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamadieva Saodatxon Mansurovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmatullaeva Mastura Nurullaevna tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mitral stenoz kuzatilgan homilador ayollarda gemodinamik ko‘rsatkichlar va bachadon-platsentar qon oqimi xususiyatlarini tug‘ruqdagi akusherlik taktikasi va tug‘ruq usullariga qarab aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mitral stenoz bilan og‘rigan bemorlarda homiladorlik, tug‘ish va tug‘ruqdan keyingi davrda asosiy gemodinamik ko‘rsatkichlarni monitoring qilish orqali gemodinamik asoratlarni rivojlanish xavfini, pronozlash va maxsus profilaktika va terapevtik tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini baholashda kompensator mexanizmlarning prognostik o‘rni asoslangan;
mitral stenoz kuzatilgan homilador ayollarda ona va homilada qon aylanishining buzilishi va onada yurak etishmovchiligi, onada etishmovchilik mavjudligidan qat’i nazar, yurakning chap qorincha qon xaydash fraksiyasining (55-70%) o‘zgarishiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor mitral stenoz kuzatilgan homilador ayollarda yurak nuqsoni va homiladorlikdan kelib chiqadigan moslashuvchan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda gemodinamik ko‘rsatkichlarni baholash orqali ona va chaqaloqda akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirish uchun tug‘ruq usulini tanlashga differensial yondashish zarurligi isbotlangan;
ilk bor mitral stenoz kuzatilgan homilador ayollarda vaqtidan oldin kesar kesish amaliyoti amalga oshirilganda chaqaloqlarda asoratlar sonini ortishi, tug‘ruqdan oldin metabolik terapiya bilan tabiiy tug‘ish esa bu asoratlar sonini kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mitral stenoz kuzatilgan homilador ayollarda gemodinamik ko‘rsatkichlar va bachadon-platsentar qon oqimi xususiyatlarini tug‘ruqdagi akusherlik taktikasi va tug‘ruq usullariga qarab aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: mitral stenoz bilan og‘rigan bemorlarda homiladorlik, tug‘ish va tug‘ruqdan keyingi davrda asosiy gemodinamik ko‘rsatkichlarni monitoring qilish orqali gemodinamik asoratlarni rivojlanish xavfini, pronozlash va maxsus profilaktika va terapevtik tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini baholashda kompensatsion mexanizmlarning o‘rni asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 7 noyabrda 12u-t/8-son bilan tasdiqlangan «Mitral stenoz kuzatilgan ayollarda homiladorlik va tug‘ishni olib borish taktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha 05.01.2024 yildagi 10-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.12.2023 yildagi 110-son amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mitral stenoz kuzatilgan xomilador ayollarda ona gemodinamikasidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ona va xomila tomonidan kuzatilish ixtimoli bo‘lgan asoratlarning oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yurak qon tomir etishmovchiligini statsionar sharoitida tashxislash uchun sarflanadigan 1720000 so‘m byudjet mablag‘lari mitral stenoz kuzatilgan ayollarda yurak qon tomir etishmovchiligi o‘sishini dinamikada 4 marta tekshiruv o‘tkazish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: mitral stenoz kuzatilgan homilador ayollarda ona va homilada qon aylanishining buzilishi, shuningdek, onada yurak etishmovchiligi, onada etishmovchilik mavjudligidan qat’i nazar, chap qorincha qon xaydash fraksiyasining (55-70%) o‘zgarishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 7 noyabrda 12u-t/8-son bilan tasdiqlangan «Mitral stenoz kuzatilgan ayollarda homiladorlik va tug‘ishni olib borish taktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha 05.01.2024 yildagi 10-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.12.2023 yildagi 110-son amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mitral stenoz kuzatilgan xomilador ayollarda feto-platsentar etishmovchiligini o‘z vaqtida aniqlash perinatal asoratlarning oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yurak etishmovchiligini statsionar sharoitida tashxislash uchun sarflanadigan 1935000 so‘m byudjet mablag‘lari mitral stenoz kuzatilgan homilador ayollarda yurak qon tomir etishmovchiligi va feto-platsentar etishmovchilikni bir marta aniqlab, keyingi dinamik tekshiruvlarda bachadon-yo‘ldosh-xomila qon aylaninishining o‘zini tekshirishni amalga oshirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor mitral stenoz kuzatilgan homilador ayollarda yurak nuqsoni va homiladorlikdan kelib chiqadigan moslashuvchan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda gemodinamik ko‘rsatkichlarni baholash orqali akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirish uchun tug‘ish usulini tanlashga differensial yondashish zarurligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 7 noyabrda 12u-t/8-son bilan tasdiqlangan «Mitral stenoz kuzatilgan ayollarda homiladorlik va tug‘ishni olib borish taktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha 05.01.2024 yildagi 10-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.12.2023 yildagi 110-son amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tug‘ruq usullariga differensiallashgan yondashuv natijasida fiziologik tug‘ruq xisobiga akusherlik, perinatal va tug‘ruqdan keyingi asoratlarni kamayishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ruqdan keyingi davrda statsionar sharoitida chaqaloqlar uchun sarflanadigan 911800 so‘m byudjet mablag‘lari mitral stenoz kuzatilgan homilador ayollarda kesar kesish amaliyoti bilan tug‘ish o‘rniga tabiiy usulda tug‘ruqni amalga oishirish va tug‘ruqdan keyingi davrni qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor mitral stenoz kuzatilgan homilador ayollarda vaqtidan oldin kesar kesish amaliyoti amalga oshirilganda chaqaloqlarda asoratlar sonini ko‘paytirish, tug‘ruqdan oldin tayyorgarlik bilan tabiiy tug‘ish esa bu asoratlar sonini kamaytirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 7 noyabrda 12u-t/8-son bilan tasdiqlangan «Mitral stenoz kuzatilgan ayollarda homiladorlik va tug‘ishni olib borish taktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha 05.01.2024 yildagi 10-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.12.2023 yildagi 110-son amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/65-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mitral stenoz kuzatilgan xomilador ayollarda vaqtidan olidn tug‘ruq kuzatilgan ayollarda kesar kesish amaliyoti amalga oshiriladi va chaqaloqloqlarda yuzaga keladigan asoratlar soni oshib boradi. Tabiyiy tug‘ruq amalga oshirilganida asortalar sonini kamayish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ruqdan keyingi davrda statsionar sharoitida chaqaloqlar uchun sarflanadigan 1314600 so‘m byudjet mablag‘lari mitral stenoz kuzatilgan homilador ayollarda vaqtidan oldin kesar kesish amaliyotini oldini olish va o‘z vaqtida tug‘ruq amalga oshirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish