Toshaliev Dilshodjon Baxodirjon o‘g‘lining 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (falsafa fani misolida)”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped.4860  Ilmiy rahbar: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich,  falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Farida Xujamkulovna, falsafa fanlari doktori, professor; Yarmatov Rahimboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi falsafa fani asosida talabalarda ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar tarkibi (ijtimoiy-pedagogik, milliy-madaniy, motivatsion-psixologik, ijtimoiy-kommunikativ) umuminsoniy qadriyatlar (axloqiy-estetik, tarixiy-madaniy, milliy-an’anaviy, milliy-badiiy meros) mazmuni mohiyatini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
“Falsafa” fanini o‘qitish bilan bog‘liq ilmiy metodik muammolarni (ilmiylik, tarixiylik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilish, maqsadga yo‘naltirishni tashkil qilish, ijtimoiy-falsafiy tajriba bilan moslashtirish) tahlil qilish, o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalarni ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatini rivojlantirish boyicha imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirish modelining natijaviy mezoni falsafiy-ma’rifiy (ma’naviy-estetik merosga oid falsafiy bilimlarini boyitish), meyoriy (talabalarda ma’naviy-estetik merosni qadrlashga aksiologik ongni qaror toptirish), amaliy-harakatli (talabalarning ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabati faolligi, tadqiqotchilik) faoliyatlarini optimallashtirish asosida rivojlantirilgan;
ma’naviy meros va qadriyatlarga tayangan holda talabalarga estetik ta’sir o‘tkazishga qaratilgan integrativ yondashuvli interfaol va an’anaviy metodlar asosida talabalarning ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish boyicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish asosida: 
ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar tarkibi (ijtimoiy-pedagogik, milliy-madaniy, motivatsion-psixologik, ijtimoiy-kommunikativ) umuminsoniy qadriyatlar (axloqiy-estetik, tarixiy-madaniy, milliy-an’anaviy, milliy-badiiy meros) mazmuni mohiyatini ochib berish asosida aniqlashtirilganligiga doir ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i asosida ro‘yxatga olingan “Maqom asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i). Natijalarning joriy qilinishi ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning didaktik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Falsafa” fanini o‘qitish bilan bog‘liq ilmiy metodik muammolarni (ilmiylik, tarixiylik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilish, maqsadga yo‘naltirishni tashkil qilish, ijtimoiy-falsafiy tajriba bilan moslashtirish) tahlil qilish, o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalarni ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlari aniqlashtirilganligiga doir tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i asosida ro‘yxatga olingan “Maqom asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i). “Talabalarda ma’naviy-estetik me’rosga aksiologik munosabatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (falsafa fani misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 55138-sonli guvohnomaga muvofiq “Milliy tarbiya asoslari” nomli darslik nashr qilingan. Natijalarning joriy qilinishi shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalarni ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirishning didaktik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirish modelining natijaviy mezoni falsafiy-ma’rifiy (ma’naviy-estetik merosga oid falsafiy bilimlarini boyitish), me’yoriy (talabalarda ma’naviy-estetik merosni qadrlashga aksiologik ongni qaror toptirish), amaliy-harakatli (talabalarning ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabati faolligi, tadqiqotchilik) faoliyatlarini optimallashtirish asosida rivojlantirilganligiga doir tavsiyalardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2022-2024 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 2-dekabrdagi 04-36-1235-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar bilan jamoatchilikni tanishtirishga xizmat qilgan.
ma’naviy meros va qadriyatlarga tayangan holda talabalarga estetik ta’sir o‘tkazishga qaratilgan integrativ yondashuvli interfaol va an’anaviy metodlar asosida talabalarning ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish boyicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligiga doir ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2022-2024 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 2-dekabrdagi 04-36-1235-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi ma’naviy-estetik merosga aksiologik munosabatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar bilan jamotchilikni tanishtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish