Amanova Durdona Kaxramonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim  tashkiloti musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.08 – “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7304
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. 
Ilmiy rahbar: Raximova Surayyo Saloxiddinovna -  p.f.f.d. (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Sanobar Yo‘ldashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Baxriev Axmad Raxmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
musiqa rahbarlari kasbiy kompetensiyacini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari musiqa rahbarlari malaka talablarini uzlyuksiz kasbiy rivojlanish jarayonida variativlikda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
musiqa rahbarining kasbiy kompetenligini rivojlantirish modeli raqamli savodxonlikni oshirishga qaratilgan “Shaxsiy - ijodiy o‘sish piramidasi” treningini o‘tkazishda ohanglarni rangda aks ettirish asosida takomillashtirilgan;
musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasiga musiqiy-didaktik o‘yinlar hamda vizual elementlarni uyg‘unlashtirgan musiqagramma (barmoqlarda musiqani chizish) texnikasi taklif etilgan; 
maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbarlari kasbiy kompetensiyasiga qo‘yilgan malaka talablari mazmuniga cholg‘u ijrochiligi, kuylash mahorati, ijodkorlik, shaxsiy sifatlar komponentlari barqarorlashtiruvchi ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
musiqa rahbarlari kasbiy kompetensiyacini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari musiqa rahbarlari malaka talablarini uzlyuksiz kasbiy rivojlanish jarayonida variativlikda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan takliflardan maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbarlarining malakasini oshirishda “Musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” o‘quv modulining namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari, o‘quv uslubiy majmua hamda “Musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanma  yaratishda foydalanilgan. (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 12-martdagi 03-03/2-294-son ma’lumotnomasi) Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga hamda musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
musiqa rahbarining kasbiy kompetenligini rivojlantirish modeli raqamli savodxonlikni oshirishga qaratilgan “Shaxsiy - ijodiy o‘sish piramidasi” treningini o‘tkazishda ohanglarni rangda aks ettirish asosida takomillashtirilgan xulosalardan “Bolalarni musiqiy cholg‘ular bilan tanishtirish” nomli metodik tavsiya, “Musiqa rahbarining kasbiy kompetensiyasi va kreativligi” nomli o‘quv qo‘llanmalar yaratishda foydalanilgan. (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 12-martdagi 03-03/2-294-son ma’lumotnomasi) Natijada, maktabgacha taʼlim tashkiloti musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish sifatini oshirishga hamda musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasiga musiqiy-didaktik o‘yinlar hamda vizual elementlarni uyg‘unlashtirgan musiqagramma (barmoqlarda musiqani chizish) texnikasiga doir taklif va tavsiyalardan “Musiqa metodikasi”, “Bolani badiiy-ijodiy rivojlantirishda musiqiy didaktik o‘yinlar” nomli o‘quv  qo‘llanmalar yaratishda foydalanilgan. (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 12-martdagi 03-03/2-294-son ma’lumotnomasi) Natija, maktabgacha taʼlim tashkiloti musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga hamda faoliyat samaradorligini oshirishga, musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbarlari kasbiy kompetensiyasiga qo‘yilgan malaka talablari mazmuniga cholg‘u ijrochiligi, kuylash mahorati, ijodkorlik, shaxsiy sifatlar komponentlari barqarorlashtiruvchi ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan “Musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” nomli o‘quv moduli yaratishda foydalanilgan. (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 12-martdagi 03-03/2-294-son ma’lumotnomasi) Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish sifatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish