Ataniyazov Maxsudjan Kamaladdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bosh miya magistral arteriyalarining stenozlanuvchi zararlanishida bemorlarni olib borish va reabilitatsiyasining yangi texnologiyasini klinik-patogenetik asoslash”, 14.00.13–Nevrologiya, 14.00.34–Yurak qon-tomir jarrohligi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2PhD/Tib168.
Ilmiy raxbarlar: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Sunnatov Ravshan Djalilovich tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yo.N. Madjidova tibbiyot fanlari doktori, professor; R.E. Asamov tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: S.D.Asfendiyar nomli Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: ilmiy amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bosh miya magistral arteriyalarining stenozlanuvchi shikastlanishi mavjud bemorlarda klinik-nevrologik va gemodinamik buzilishlarni baholash negizida bemorlarni kuzatish, davolash taktikasi va operatsiyadan keyingi davrda ularning mehnat qobiliyatini tiklashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba karotid arteriyalarning gemodinamik ahamiyatli stenozi va surunkali serebrovaskulyar etishmovchilik bilan xastalangan bemorlar mehnat qobiliyatini tiklash davrida insul`t rivojlanishi va o‘lim holatlari bo‘yicha jarrohlik va konservativ davolanish samaradorligi baholangan;
ilk marotaba davolash usullariga bog‘liq holda bosh magistral arteriyalarining gemodinamik ahamiyatli stenozi va surunkali serebrovaskulyar etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarning mehnat qobiliyatini tiklash ko‘rsatkichlari va hayot sifati baholangan;
karotid endarterektomiya o‘tkazilgan bemorlar mehnat qobiliyatini tiklash uchun davolash kurslarining hajmi va muddati ishlab chiqilgan;
bosh miya magistral arteriyalarining aterosklerotik stenozlanuvchi shikastlanishida diagnostik chora-tadbir usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya magistral arteriyalarining stenozlanuvchi zararlanishi bilan o‘tkazilgan KEAE amaliyotidan keyingi davrlarida bemorlarning kognitiv va funksional faoliyatini, hamda hayot sifatini yaxshilash maqsadida olib boriladigan mehnat qobiliyatini tiklash chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Karotid endarterektomiya bilan bemorlarni amaliyotdan keyingi davrida davolashning neyroprotektiv yondashuvlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 8n-r/351-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bosh miya magistral arteriyalarining stenozlanuvchi zararlanishlari mavjud, SSVE ning simptomli bosqichi bilan xatalangan bemorlarning KEAE amaliyotidan keyingi davrlarida mehnat qobiliyatini tiklash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
SSVE bilan xastalangan bemorlarni jarrohlik va konservativ davolash samaradorligini oshirish maqsadida olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasining davolash-profilaktika muassasalariga, xususan, Guliston tumani tibbiyot birlashmasi va Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 14 dekabrdagi 8n-d/273-son ma’lumotnomasi). KEAE amaliyotidan keyingi davrlarida o‘z vaqtida o‘tkazilgan neyroprotektiv davolanish chora-tadbirlari SSVE ning III darajasi bilan xastalangan bemorlarning 57,2%da mehnat qobiliyatini tiklash salohiyati ko‘rsatkichlarini yuqori darajada kuzatilish, ushbu bemorlarning hayot sifatini 39,7%ga yaxshilash va mehnat qobiliyatini tiklashning keyingi davrlarida bemorlarning neyroprotektiv vositalariga bo‘lgan talabini uch karra qisqartirish, hamda SSVE ning IV darajasi bilan og‘rigan bemorlarning esa 35,7%da mehnat qobiliyatini tiklash salohiyati ko‘rsatkichlarini yuqori darajada kuzatilish, ushbu bemorlarning hayot sifatini 44,9%ga yaxshilash va mehnat qobiliyatini tiklashning keyingi davrlarida bemorlarning neyroprotektiv dori vositalariga bo‘lgan talabini ikki karra qisqartirish imkonini yaratgan.