Raximjonova Nargizaxon Raximjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Davomli va uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kamalova Dildora Gayratovna, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor;
Achilov Izzat Tulkinovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat huquqi doirasida davomli va uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish bilan bog‘liq masalalarni nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish orqali muammolarni aniqlash, ilmiy asoslangan xulosa, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aybdor nomusga tegish vaqtida birin-ketin bir necha marta jinsiy aloqa qilgan yoki jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirgan bo‘lsa va aybdorda muayyan bir shaxsga nisbatan mazkur aynan o‘xshash harakatlarni sodir etishga yagona qasd mavjudligi aniqlansa, bitta davomli jinoyat sifatida ko‘rilishi asoslantirilgan;
16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy aloqa qilish birin-ketin bir necha marta sodir etilgan bo‘lsa va aybdorda muayyan bir shaxsga nisbatan mazkur aynan o‘xshash harakatlarni sodir etishga yagona qasd mavjudligi aniqlansa, bitta davomli jinoyat sifatida ko‘rilishi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun ota-onaga nisbatan ular zimmasidagi ota-onalik majburiyatini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan va chet davlat hududida turgan bolaning sud belgilagan muddatda O‘zbekiston hududiga qaytarilishini ta’minlamaganlik ota-onaning o‘z zimmasidagi majburiyatini bajarmasligi sifatida qaralishi sababli jinoiy javobgarlik keltirib chiqarishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
aybdor nomusga tegish vaqtida birin-ketin bir necha marta jinsiy aloqa qilgan yoki jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirgan bo‘lsa muayyan shaxsga nisbatan mazkur harakatlarni sodir etishga yagona qasd mavjudligi aniqlanganligi sababli qilmish bitta davomli jinoyat hisoblanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ma’muriy huquqbuzarlik hamda jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qarorining 5-bandi 20-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 21-yanvardagi 01-3-12-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlarini davomli jinoyat sifatida to‘g‘ri baholashga xizmat qilgan;
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish birin-ketin bir necha marta sodir etilgan bo‘lsa, aybdorda muayyan shaxsga nisbatan mazkur harakatlarni sodir etishga yagona qasd mavjudligi aniqlanganligi sababli qilmish bitta davomli jinoyat sifatida baholanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ma’muriy huquqbuzarlik hamda jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qarorining 5-bandi 22-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 21-yanvardagi 01-3-12-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlarini davomli jinoyat sifatida to‘g‘ri baholashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik ota-onaga nisbatan zimmasidagi ota-onalik majburiyatini bajarmaganlik hisoblanishi sababli bunday uzoqqa cho‘zilgan qilmish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 15-martdagi O‘RQ-823-son Qonunining 3-moddasini ikkinchi qismining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 23-dekabrdagi 3/08-260-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolalarning ota-onasi tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirilishi jinoyati uchun jinoiy javobgarlikni differensatsiya qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan va chet davlat hududida turgan bolaning sud belgilagan muddatda O‘zbekiston hududiga qaytarilishini ta’minlamaganlik ota-onaning o‘z zimmasidagi majburiyatini bajarmasligi sifatida qaralishi sababli jinoiy javobgarlik keltirib chiqarishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 15-martdagi O‘RQ-823-son Qonunining 1-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 23-dekabrdagi 3/08-260-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolalarning ota-onasi tomonidan chet davlat hududida ma’muriy javobgarlik qo‘llanilganidan keyin ham nazoratsiz qoldirganlik jinoyatiga to‘g‘ri huquqiy baho berish va adolatli jazo tayinlashga xizmat qilgan.