Soipov Behzod Ikrombekovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda diniy bag‘rikenglik siyosati (Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi)”, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Ss117
Ilmiy maslahatchi: Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: 
Karimov Farhod Erkinovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Ravshanov Fazliddin Ravshanovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Zaxidov Qobil Tairdjanovich tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jamiyat barqarorligini ta’minlashda diniy bag‘rikenglik siyosatini olib borishning Birlashgan Arab Amirliklari tajribasining ilmiy-amaliy ahamiyatini ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jamiyat barqarorligi, millatlar va dinlararo totuvlik, xalq tinchligi va farovonligini ta’minlashning amaldagi mexanizmlari samarasi diniy siyosat milliy, mintaqaviy va global uyg‘unlikka asoslangan diniy bag‘rikenglik tamoyiliga asoslanishi O‘zbekistonda diniy sohadagi ijtimoiy, siyosiy, huquqiy islohotlar samarasi tahlilari va natijalariga ko‘ra isbotlangan;
davlat boshqaruvida din va etiqodiy masalalarning siyosiy jarayonlarga aralashuvini oldini olish mexanizmlari dunyoviy va milliy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan inklyuziv sekulyar yondashuvni dinga oid siyosatni amalga oshirish amaliyotiga joriy etish asosida takomillashtirilgan;
diniy sohada fuqarolarning vijdon erkinligiga, jamoat xavfsizligiga va jamoat tartibiga tahdid soluvchi omillarga qarshi kurashish yo‘nalishida davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy mexanizmlari axborot makonida diniy masalalarga bag‘ishlangan materiallarning milliy qonunchilik talablariga muvofiq holda yoritilishini ta’minlash amaliyotini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
davlat o‘zining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishida konstitusiyaviy normalarga muvofiq dunyoviylikka tayanish tamoyili samarasi jamiyat barqarorligi va totuvligi uchun inklyuziv siyosat olib borayotgan xorijiy musulmon davlatlarining mintaqaviy va global radikalizmga qarshi kurash sohasidagi yutuqlari asosida isbotlab berilgan;
O‘zbekistonning diniy radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati musulmon va dunyo mamlakatlarida samarali qo‘llash imkoniyatlari Birlashgan Arab Amirliklari kabi arab davlatlarining diniy sohada strategiyalari va faoliyatlarining qiyosiy tahlil qilish orqali asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat barqarorligini ta’minlashda diniy bag‘rikenglik siyosatini olib borishning Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi yo‘nalishiga doir ilmiy xulosalari, amaliy takliflari, tadqiqot ishi natijalari va materiallaridan:
Jamiyat barqarorligi, millatlar va dinlararo totuvlik, xalq tinchligi va farovonligini ta’minlashning amaldagi mexanizmlari samarasi diniy siyosat milliy, mintaqaviy va global uyg‘unlikka asoslangan diniy bag‘rikenglik tamoyiliga asoslanishiga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 3-martdagi 02-07/1471-sonli dalolatnoma). Natijada, Konsepsiya loyihasida keltirilgan  diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplarini asoslash imkonini bergan.
Diniy sohada fuqarolarning vijdon erkinligiga, jamoat xavfsizligiga va jamoat tartibiga tahdid soluvchi omillarga qarshi kurashish yo‘nalishida davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy mexanizmlari axborot makonida diniy masalalarga bag‘ishlangan materiallarning milliy qonunchilik talablariga muvofiq holda yoritilishini ta’minlash amaliyotini joriy etish asosida takomillashtirilgan. Ushbu amaliyot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tezkor-qidiruv faoliyati doirasida diniy ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Terrorizmga qarshi kurashish xizmatining 2025-yil 13-martdagi 16/T2-3136-sonli dalolatnoma). Natijada, profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish imkoniyati yaratilgan.
Davlat o‘zining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishida konstitusiyaviy normalarga muvofiq dunyoviylikka tayanish tamoyili samarasi jamiyat barqarorligi va totuvligi uchun inklyuziv siyosat olib borayotgan xorijiy musulmon davlatlari, xususan, BAAning mintaqaviy va global radikalizmga qarshi kurash sohasidagi yutuqlari asosida isbotlab berilgan. Ushbu ilmiy xulosalardan BAA “Hidoya” ekstremizmga qarshi kurashish markazi faoliyati tajribasini o‘rganish jarayonida hamda “Milliy va diniy xamjihatlik yo‘lida” nomli qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2025 yil 06 martdagi 06-07/101-sonli dalolatnoma). Natijada, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash va ekstremizmga qarshi kurashish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqishda BAA tajribasidan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan.
O‘zbekistonning diniy radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati musulmon va dunyo mamlakatlarida samarali qo‘llash imkoniyatlariga oid ishlab chiqilgan takliflardan Birlashgan Arab Amirliklarining “SAWAB” ekstremizmga qarshi kurash markazi bilan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘rtasidagi anglashuv memoradumini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 3-martdagi 02-07/1471-sonli dalolatnoma). Natijada, diniy radikalizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish