Barotov Xumoyin Sharifovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning  pedagogik- psixologik mexanizmlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4. DSc /P223.
Ilmiy maslahatchi: Shaumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlar doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jabborov Azim Meliqulovich psixologiya fanlari doktori, professor; G‘afurov Azizbek Umarjonovich psixologiya fanlari doktori(DSc), dosent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kasbiy  kompetentlikni rivojlantirishning  pedagogik- psixologik mexanizmlarini aniqlash va uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari kasbiy  kompetentligida psixologik kompetensiyalarni faoliyat samaradorligining asosiy omili sifatida namoyon bo‘lishi shaxslararo munosabatda kasbiy bilim va malakalarni  shakllanishi ularda emotsional-ruhiy holatni engishga yo‘nalganlikni, o‘zini-o‘zi rivojlangantirish xususiyatlariga ustuvorlik berilishi sababli kasbiy kompetentlik  bilan bog‘liq  psixologik  mummolarni  oldini olish ko‘nikmasini tarkib toptirishning muhim jihati  ekanligi dalillangan;
kasbiy faoliyat jarayonida jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlanganligi, kelishuvchanlik, samimiylik, ochiqlik, refleksiya mexanizmlarini ta’siri natijasida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida  «o‘zini-o‘zi idora qilish»,  «o‘z-o‘ziga ishonch», «o‘zini-o‘zi qabul qilish » omillarini kuchaytirish zarurligi sababli kasbiy, psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish mumkinligi isbotlangan;
autopsixologik va kasbiy kompetentlik darajalarining  o‘zaro munosabatlari, empatiyaning ratsional imkoniyatlari orqali emotsional bilimdonlik, empatiya mezonlarining ustuvorligini ta’minlashlari natijasida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida  yangi tajribalarga xayrixoxlik, o‘zga insonlarni adekvat qabul qila olish, muloqatchanlik ko‘nikmalarining shakllanganligi faoliyat davomiyligiga bog‘liq  ekanligi  isbotlangan;
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida empatiya intiutiv imkoniyatlarining rivojlanganligi ulardagi kasbiy  kompetentlik  dinamikasinining namoyon etilishini ta’minlashda ijobiy ta’sir etshi mumkinligi isbotlangan; 
«Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kasbiy  kompetentlikni rivojlantirish dasturi» jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining hissiy, xulqiy, kognitiv  qobiliyatlarini rivojlantirishga  yo‘naltirilganligi sababli kommunikativ, refleksiv, sotsial-psixologik  mexanizmlar  integratsiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kasbiy  kompetentlikni rivojlantirishning  pedagogik- psixologik mexanizmlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari kasbiy  kompetentligida psixologik kompetensiyalarni faoliyat samaradorligining asosiy omili sifatida namoyon bo‘lishi shaxslararo munosabatda kasbiy bilim va malakalarni  shakllanishi ularda emotsional-ruhiy holatni engishga yo‘nalganlikni, o‘zini-o‘zi rivojlangantirish xususiyatlariga ustuvorlik berilishi sababli kasbiy kompetentlik  bilan bog‘liq  psixologik  mummolarni  oldini olish ko‘nikmasini tarkib toptirishning muhim jihati  ekanligi dalillanganligi haqidagi ilmiy xulosalar  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil  10- oktyabrdagi 229-sonli buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi. Diferensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi PM-229a-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida kasbiy  kompetentlik omillarini rivojlantirishga erishilgan;
kasbiy faoliyat jarayonida jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlanganligi, kelishuvchanlik, samimiylik, ochiqlik, refleksiya mexanizmlarini ta’siri natijasida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida  «o‘zini-o‘zi idora qilish»,  «o‘z-o‘ziga ishonch», «o‘zini-o‘zi qabul qilish» omillarini kuchaytirish zarurligi sababli kasbiy, psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish mumkinligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar bo‘yicha chiqarilgan xulosalar va tavsiyalar  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil  10 oktyabrdagi 1-sonli buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi», «Diferensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil   8 oktyabrdagi PM-229a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini psixologik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
autopsixologik va kasbiy kompetentlik darajalarining  o‘zaro munosabatlari, empatiyaning ratsional kanali orqali emotsional bilimdonlik, empatiya mezonlarining ustuvorligini ta’minlashlari natijasida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida  yangi tajribalarga ochiqlik, o‘zga insonlarni adekvat qabul qila olish, muloqatchanlik ko‘nikmalarining shakllanganligi faoliyat davomiyligiga bog‘liq  ekanligi  isbotlanganligi  bilan bog‘liq ilmiy yangilik natijalari  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10 oktyabrdagi 1-sonli buyrug‘i asosida «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi PM-229a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida faoliyat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatni rivojlantirish imkoni oshirilgan;
  empatiyaning intiutiv kanalining  rivojlanganligi  jismoniy tarbiya o‘qituvchilari kasbiy  kompetentligi dinamikasini belgilash ularning faoliyat samaradorligiga ijobiy ta’sir etshi mumkinligi isbotlanganligiga  oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10 oktyabrdagi 1-sonli buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi. Diferensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil  8 oktyabrdagi PM-229a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya fanlarini o‘qitishni samaradorligini ta’minlashga erishilgan;
«Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida  kasbiy kompetentligini psixologik  omillar orqali ta’minlash modeli» jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining hissiy, xulqiy, kognitiv  qobiliyatlarini rivojlantirishga  yo‘naltirilganligi sababli kommunikativ, refleksiv, sotsial-psixologik  mexanizmlarni  integratsiyalash asosida olingan ilmiy ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil    10 oktyabrdagi 1-sonli buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil  8 oktyabrdagi PM-229a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik-psixologik tayyorgarligini  oldindan baholash imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish