Toshpulatova Aziza Toyirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalar umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P956.
Ilmiy rahbar: Yakubova Go‘zal Asatullaevna, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor, Xudoyarova Ziyoda Maratovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalar umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning umummadaniy kompetensiyalari talaba-guruh munosabatlarida ehtiyoji, mustaqil qaror qabul qilishga intilishi va o‘zini mustaqil shaxs sifatida anglash darajasining yuqoriligi kasbiy faoliyatga tayyorlikni kuchaytirirshiga asoslanib, individ tomonidan guruhni idrok etish darajasiga bog‘liq ekanligi dalillangan; 
talabalarda umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishda etnik guruhlarni tushunish va idrok qilishdagi bag‘rikenglik metokognitiv, motivasion, sosial tolerantlik esa kognitiv xususiyatlar bilan bog‘liqligi tufayli tolerantlikning ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
talabalarning madaniy intellektini rivojlanishi shaxs umummadaniy kompetensiyasida metokognitiv komponentni ijobiy etnik identiklik, kognitiv, motivasion jihat bilan bog‘liq ravishda ustuvor shakllanishi tufayli etnik identifikasiyaning namoyon bo‘lishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan;
talabalar umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi psixologik model shaxsning dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlarni shakllanishi muhimligi tufayli “motivasion”, “kognitiv”, “emosional-intellektual”, “ijtimoiy-madaniy moslashuv” komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Talabalar umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarning umummadaniy kompetensiyalari talaba-guruh munosabatlarida ehtiyoji, mustaqil qaror qabul qilishga intilishi va o‘zini mustaqil shaxs sifatida anglash darajasining yuqoriligi kasbiy faoliyatga tayyorlikni kuchaytirirshiga asoslanib, individ tomonidan guruhni idrok etish darajasiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid takliflar toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi pm-281a-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10-dekabrdagi pm-281-sonli ma’lumotnomasi). natijada umummadaniy kompetensiyalarning guruhiy jihatlari tizimlashtirilgan.  
talabalarda umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishda etnik guruhlarni tushunish va idrok qilishdagi bag‘rikenglik metokognitiv, motivasion, sosial tolerantlik esa kognitiv xususiyatlar bilan bog‘liqligi tufayli tolerantlikning ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi pm-281a-son buyrug‘i bilan “ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10-dekabrdagi pm-281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada umummadaniy kompetensiyalar rivojlanishiga ta’sir qiluvchi pedagogik-psixologik omillar aniqlashtirilgan.
talabalarning madaniy intellektini rivojlanishi shaxs umummadaniy kompetensiyasida metokognitiv komponentni ijobiy etnik identiklik, kognitiv, motivasion jihat bilan bog‘liq ravishda ustuvor shakllanishi tufayli etnik identifikasiyaning namoyon bo‘lishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan ma’lumotlar toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 7-dekabrdagi pm-281a-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi pm-281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning madaniy intellektini rivojlanishi etnik identifikasiyaga bog‘liq ekanligi ochib berilgan.
talabalar umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi psixologik model shaxsning dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlarni shakllanishi muhimligi tufayli “motivasion”, “kognitiv”, “emosional-intellektual”, “Ijtimoiy-madaniy moslashuv” komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi pm-281a-son buyrug‘i bilan “ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi pm-281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda umummadaniy kompetensiyalarni rivojalantirishga qaratilgan psixologik trening dasturlarini ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish