Mavlanov Shuxratjon Ravshan o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental gepatitlarda Lesboxolning jigar funksional holatini tiklashdagi samaradorligi», 14.00.17–Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib282.

Ilmiy maslahatchi: Raxmanov Alisher Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc. 27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Aminov Saloxiddin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori; Xushvaktova Zaynab Abduraxmanovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: dorivor o‘simliklar -dala choy (Hipericum scabrum L,), kiyik o‘ti (Ziziphora pedicellata Pazij Vved.), alqor o‘ti (Mediazia macrophylla) va shirinmiya (Glycirhiza glabra L.) ildizi  yig‘masi quruq ekstarktini jigarning o‘tkir va surunkali xastaliklarini turli modellarida jigarning funksional holatiga ta’sirini baholashdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekiston hududida o‘suvchi o‘simliklardan ajratilgan quruq ekstraktni gepatoprotektorlik va safro haydash xususiyati mavjudligi va samaradorlik darajasi aniqlangan;

dorivor o‘simliklar - dala choy (Hipericum scabrum L,), kiyik o‘ti (Ziziphora pedicellata Pazij Vved.), alqor o‘ti (Mediazia macrophylla) va shirinmiya (Glycirhiza glabra L.) ildizi  yig‘masidan ajratilgan quruq ekstarkt mashhur dori vositasi LIV-52 dan ko‘ra ko‘proq gepatoprotektorlik va safro haydovchi ta’sirga ega ekanligi aniqlangan;

jigarni o‘tkir zararlanishini turli tajriba modellarida, Lesboxol gepatotsitlarda moddalar almanishuvini asosiy turlarini tiklovchi, lipidlarni perekisli oksidlanishi jadalligini susaytiruvchi, sitoliz va xolestazni yo‘qotuvchi ta’siri, shuningdek safro va uning kimyoviy tarkibi sekresiyasini stimullashi va jigarda metabolizmga uchrovchi preparatlarni farmakodinamikasini tiklashi aniqlangan;

ilk bor Lesboxolni o‘tkir va surunkali zaxarliligi bo‘yicha o‘tkazilgan toksikologik tadqiqotlarda uning zararsizligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Tajribaviy gepatitlarda Lesboxolni samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:

«Safro haydovchi vosita»siga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05334 11.01.2017 y.). Natijada dorivor o‘simliklar- dala choy (Hipericum scabrum L,), kiyik o‘ti (Ziziphora pedicellata Pazij Vved.), alqor o‘ti (Mediazia macrophylla) va shirinmiya (Glycirhiza glabra L.) ildizi  yig‘masidan ajratilgan quruq ekstarkt jigarni o‘tkir va surunkali jarohatlanishida spesifik faollik namoyon qilishi aniqlangan;

 tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy tekshirish laboratoriyasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 iyundagi 8N-d/149-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy hom ashyodan tayyorlangan quruq ekstrakt import qilinayotgan analoglardan arzonroq bo‘lishiga, tadqiqotning oxirgi mahsuloti yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish