Tadjibaev Muzaffar Turamirzaevichning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘I nomi): “Ilmiy-ommabop matnlar tarjimasining leksik-stilistik va pragmatik masalalari tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2781
Ilmiy rahbar: Dosbaeva Nargiza Turg‘unpo‘latovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muxammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sapaeva Feruza Davlatovna, filologiya fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ilmiy-ommabop uslubga mansub matnlar tarjimasining leksik-stilistik va pragmatik aspektlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilmiy-ommabop uslub va unga mansub matnlarning jamiyatda ilmni ommalashtirishdagi asosiy vosita ekanligi, terminologiyaning birinchi plandaligi, emotsional baholovchi leksika, frazeologizmlar va stilistik figuralar kabi lisoniy vositalarning sof ilmiy matndan farqli ravishda ko‘p uchrashi kabi lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlari aniqlangan;
ilmiy-ommabop matnlar tarjimasi o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, unda uchrovchi terminlar, emotsional baholovchi leksika va stilistik figuralarning umummatnda tutgan o‘rni, pragmatik vazifasi, ular tarjimasida qo‘llaniluvchi transformatsiya usullari aniqlangan va o‘zbek tilida muqobili bo‘lganligi sababli tarjimada qayta yaratish mumkinligi ilmiy dalillar bilan asoslangan;
ilmiy-ommabop matn sarlavhalarining globalizatsiya davridagi ahamiyati va vazifalari, ushbu vazifalarni amalga oshiruvchi pragmatik salohiyati va uni tarjimada saqlab qolish usullari asliyat va tarjima matnlari qiyosiy tahlili orqali aniqlangan va eng samarali transformatsiya usullari taklif qilingan va ilmiy-ommabop matnning pragmatik potensiali tushunchasi tahlil qilinib, uni shakllantiruvchi asosiy omillar – emotsional baholovchi leksika, frazeologizmlar, stilistik figuralar kabi lingvistik vositalar ekanligi ochib berilgan;
ilmiy-ommabop matnni tarjima qilish jarayonida o‘zga til, madaniyat, etnik va ijtimoiy guruhga mansub o‘quvchilarda fon bilimlarning etishmasligi mumkinligi sababli tarjimada pragmatik adaptatsiya zarurligi ilmiy asosda dalillangan. Shu bilan birga tarjimada pragmatik adaptatsiya asliyat va tarjima o‘quvchilari o‘rtasidagi madaniy, ijtimoiy, psixologik, etnik, jo‘g‘rofiy farqlarga o‘zgartirishlar kiritish bilan amalga oshirilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy-ommabop matnlar tarjimasining leksik-stilistik va pragmatik masalalari tadqiqi jarayonida erishilgan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Ilmiy-ommabop uslub va unga mansub matnlarning jamiyatda ilmni
ommalashtirishdagi asosiy vosita ekanligi, terminologiyaning birinchi plandaligi,
emotsional baholovchi leksika, frazeologizmlar va stilistik figuralar kabi lisoniy
vositalarning sof ilmiy matndan farqli ravishda ko‘p uchrashi kabi lingvistik va
ekstralingvistik xususiyatlari qiyosiy tahlillar yordamida aniqlanganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan “№IL-402104213 O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024- yil 14-oktyabrdagi №01-2202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-ommabop matnlarda terminologiyaning birinchi plandaligi,emotsional baholovchi leksika, frazeologizmlar va stilistik figuralar kabi lisoniyvositalarning sof ilmiy matndan farqli ravishda ko‘p uchrashi kabi lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlariga doir muammo va echimlar loyiha mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
ilmiy-ommabop matnlar tarjimasi o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, unda
uchrovchi terminlar, emotsional baholovchi leksika va stilistik figuralarning
umummatnda tutgan o‘rni, pragmatik vazifasi, ular tarjimasida qo‘llaniluvchi
transformatsiya usullari aniqlangan va o‘zbek tilida muqobili bo‘lganligi sababli
tarjimada qayta yaratish mumkinligi ilmiy dalillar bilan asoslangan xulosalardan Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan “№IL-402104213 O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 14-oktyabrdagi №01-2202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron lingvistik ensiklopedik lug‘atning terminologiya, stilistika va leksikologiya va tarjimashunoslik bo‘yicha ma’lumotlarini boyitishda muhim manba vazifasini o‘tagan;
ilmiy-ommabop matnning pragmatik potensiali tushunchasi tahlil qilinib, uni
shakllantiruvchi asosiy omillar – emotsional baholovchi leksika, frazeologizmlar,
stilistik figuralar kabi lingvistik vositalar ekanligi ochib berilgan o‘rinlardagi ilmiy-nazariy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 24-sentyabrdagi №04/1- 2579-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformaning pragmalingvistika, leksikologiya, frazeologiya, tarjimashunoslik bo‘yicha ma’lumotlarini boyishiga sabab bo‘lgan;
ilmiy-ommabop matn sarlavhalarining globalizatsiya davridagi ahamiyati va
vazifalari, ushbu vazifalarni amalga oshiruvchi pragmatik salohiyati va uni
tarjimada saqlab qolish usullari asliyat va tarjima matnlari qiyosiy tahlili orqali
aniqlangani va eng samarali transformatsiya usullari taklif qilingan o‘rinlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 24-sentyabrdagi №04/1- 2579-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron platformaning yaratilishidan ko‘zlangan maqsad va vazifalarning takomillashishiga xizmat qilgan.
Ilmiy-ommabop matnni tarjima qilish jarayonida o‘zga til, madaniyat, etnik
va ijtimoiy guruhga mansub o‘quvchilarda fon bilimlarning etishmasligi
mumkinligi sababli tarjimada pragmatik adaptatsiya zarurligi ilmiy asosda
dalillangan va tarjimada pragmatik adaptatsiya asliyat va tarjima
o‘quvchilari o‘rtasidagi madaniy, ijtimoiy, psixologik, etnik, jo‘g‘rofiy farqlarga
o‘zgartirishlar kiritish bilan amalga oshirilishi isbotlanganiga oid taklif va mulohazalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” dasturlar ssenariysini tayyorlashda (2022-2024-yillar davomida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DMning 2024-yil 23-sentyabrdagi 04-36-1046-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar ilmiy-ommabop matnlarning jamiyatimizdagi ahamiyati, jamiyatda ilmni ommalashtirishdagi asosiy vosita ekanligi, uning lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlari, uning sarlavhalari muhimligi, ular tarjimasi jarayonida o‘zga til, madaniyat, etnik va ijtimoiy guruhga mansub resepientlarda fon bilimlarning etishmasligi kabi pragmatik jihatlarni e’tiborga olish kerakligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va bu orqali ko‘rsatuvlardan ko‘zlangan maqsad va vazifalarning yuqori saviyada bajarilishiga muhim ahamiyat kasb etgan.