Ergasheva Shaxnoza mavlonboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Texnika oliy ta’lim muassasalarida inson kompyuter o‘zaro ta’siri fanining dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodikasi 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qodirov Xasanboy Oribjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktoti (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc); To‘raev Ro‘ziboy Norovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida inson-kompyuter o‘zaro ta’siri (HCI) fanining dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida inson kompyuter o‘zaro ta’siri fanining o‘qitilishning  didaktik imkoniyatlari fanning interdisiplinar mohiyati, texnologik vositalarga bog‘liqligi va amaliy ko‘nikma talab qiluvchi xususiyatlarini zamonaviy yondashuvlarga singdirish, interaktiv o‘qitish, vizual kontent bilan ishlash, loyihalashtirishga asoslangan mazmun zamonaviy ta’lim texnologiyalarga uyg‘unlashtirilgan tizimni ishlab chiqish orqali aniqlashtirilgan; 
texnika oliy ta’lim muassasalarida inson-kompyuter o‘zaro ta’siri fanini o‘qitilishining dasturiy ta’minot mazmuni o‘quv jarayonida interfeys dizayni, interaktivlik, vizual navigatsiya va kognitivligini ta’minlovchi ergonomik talablarni loyihalash, multimodal ta’lim mazmuniga singdirish hamda ijtimoiy integrativ muhitlarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida inson kompyuter o‘zaro ta’siri faniga oid bilim, ko‘nikmalarni rivojlantirish modeli web dasturchilarga bo‘lgan talab extiyojlarini hisobga olgan holda tizimli, loyiha aosida o‘qitish, interaktiv ta’lim metodlari yondashuvlarni vizuallashtirish, refleksiya, kompetensiyaviy va integrativ tamoyillariga moslashtirilgan inson kompyuter o‘zaro ta’siri fanining o‘rgatuvchi elektron muhitda ishlash, axborot bazalari bilan ishlashning innovatsion ta’lim shakllari, mazmun, metodlari va vositalari bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida inson-kompyuter o‘zaro ta’siri fanining o‘quv jarayoniga tadbiq etish metodikasi lectora inspire va canva platformalari asnosida yaratilgan metodik vositalar, muammoli, loyihali, kreativ o‘qitish metodlarini qo‘llash, vizual va simmulatsion audio va video materiallarga ustivorlik berish hamda baholashning motivatsion-qadriyatli, tashkiliy-tarkibiy, kognitiv-operatsion va refleksiv me’zonlarini baholash darajalariga muvofiqligini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida inson kompyuter o‘zaro ta’siri fanining dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
texnika oliy ta’lim muassasalarida inson kompyuter o‘zaro ta’siri fanining o‘qitilishning  didaktik imkoniyatlari fanning interdisiplinar mohiyati, texnologik vositalarga bog‘liqligi va amaliy ko‘nikma talab qiluvchi xususiyatlarini zamonaviy yondashuvlarga singdirish, interaktiv o‘qitish, vizual kontent bilan ishlash, loyihalashtirishga asoslangan mazmun zamonaviy ta’lim texnologiyalarga uyg‘unlashtirilgan tizimni ishlab chiqish orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Inson va kompyuterning o‘zaro ta’sirini CANVA dasturida qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma  mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “14”-apreldagi 136-son buyrug‘i). Natijada o‘quv moduli takomillashtirildi va talabalar kasbiy, axborot kompetentligini shakllantirish imkoniyati kengaytirildi.
texnika oliy ta’lim muassasalarida inson-kompyuter o‘zaro ta’siri fanini o‘qitilishining dasturiy ta’minot mazmuni o‘quv jarayonida interfeys dizayni, interaktivlik, vizual navigatsiya va kognitivligini ta’minlovchi ergonomik talablarni loyihalash, multimodal ta’lim mazmuniga singdirish hamda ijtimoiy integrativ muhitlarga moslashtirish asosida takomillashtiriishga oid tavsiyalar “Inson va kompyuterning o‘zaro ta’sirini CANVA dasturida qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma  mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “14”-apreldagi 136-son buyrug‘i). Natijada o‘quv moduli amaliy va texnologik jihatdan takomillashtirildi hamda talabalar bilan ishlashda funksional, interaktiv, vizual va moslashtirilgan o‘quv muhitini shakllantirish imkoniyati oshirilgan.
texnika oliy ta’lim muassasalarida inson kompyuter o‘zaro ta’siri faniga oid bilim, ko‘nikmalarni rivojlantirish modeli web dasturchilarga bo‘lgan talab extiyojlarini hisobga olgan holda tizimli, loyiha aosida o‘qitish, interaktiv ta’lim metodlari yondashuvlarni vizuallashtirish, refleksiya, kompetensiyaviy va integrativ tamoyillariga moslashtirilgan inson kompyuter o‘zaro ta’siri fanining o‘rgatuvchi elektron muhitda ishlash, axborot bazalari bilan ishlashning innovatsion ta’lim shakllari, mazmun, metodlari va vositalari bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Inson va kompyuterning o‘zaro ta’sirini CANVA dasturida qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma  mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “14”-apreldagi 136-son buyrug‘i). Natijada HCI fanining dasturiy ta’minotini o‘rgatish imkoni oshirilgan;
dasturiy ta’minot vositasida inson-kompyuter o‘zaro ta’siri fanining o‘quv jarayoniga tadbiq etish metodikasi lectora inspire va canva platformalari asnosida yaratilgan metodik vositalar, muammoli, loyihali, kreativ o‘qitish metodlarini qo‘llash, vizual va simmulatsion audio va video materiallarga ustivorlik berish hamda baholashning motivatsion-qadriyatli, tashkiliy-tarkibiy, kognitiv-operatsion va refleksiv me’zonlarini baholash darajalariga muvofiqligini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Inson va kompyuterning o‘zaro ta’sirini CANVA dasturida qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma  mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “14”-apreldagi 136-son buyrug‘i). Natijada HCI fanining zamonaviy metodikalarga asoslangan o‘qitish texnologiyasi samaradorligini aniqlash imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish