Adilova Shohista Shuhrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sharoitida yumshoq bugdoyda qurgoqchilikka chidamliligining genetik asoslari», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B334.
Ilmiy rahbar: Morgunov Aliksey Ivanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Djabborov Ibrohim Shodmanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikada etishtirilayotgan hamda qadimdan ekilib kelingan mahalliy bug‘doy navlarini qurg‘oqchilikka chidamlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha fenotiplash hamda ushbu genlar bo‘yicha molekulyar genetik genotiplashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor suv tanqisligi sharoitida bug‘doyning jahon kolleksiyasi namunalari va qadimiy mahalliy bug‘doy navlari hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha fenotiplangan;
FAWWON SA va qadimiy mahalliy bug‘doy nav namunalaridan suv tanqisligi va optimal sharoitlarda hosildorlik ko‘rsatkichlari yuqori va barqaror bo‘lgan namunalar ajratib olingan;
qadimiy mahaliy navlar ko‘chatzorda suv tanqisligi sharoitida don hosildorligining shakllanishi genotipga 64% bog‘liqligi, bu navlarning genotipik dispersiyaning yuqoriligi va tabiiy iqlimning turli o‘zgarishlariga barqaror ekanligi isbotlangan;
PZR taxlili natijalariga ko‘ra 10 ta polimorf qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan asosiatsiya bo‘lgan markerlar orasidan Xwmc11 190 j.a) bilan, Xgwm99 (105 j.a), Xgwm337 (180 j.a) DNK markerlarining genetik birikkanlik (asosiatsiyasi) darajasi yuqori ekanligi aniqlangan;
in silico PZR tahlili yordamida tanlangan DNK markerlarining genom yondosh hududidagi qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan aloqador bo‘lgan genlarning nukleotid ketma-ketligi va shu genlar kodlaydigan oqsillarning aminokislotalar ketma-ketligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston sharoitida yumshoq bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamliligining genetik asoslari buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot natijalari bo‘yicha olingan qadimiy mahalliy bug‘doy navlari suv tanqisligi stressiga chidamlilik bilan genetik bog‘langan DNK markerlari “Raqamlashgan fenomika modellashtirish texnologiyalardan foydalanib bug‘doyning biotik va abiotik omillarga chidamli navlarni yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 7 oktyabrdagi 4/1255-2222-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, genomida Xgwm484 markerining gomozigota va geterozigota chidamlilik allelini (190 j.a) tutgan bug‘doy tizmalari nolsegregant tizmalarga qaraganda 1000 ta don vazni va hosildorlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yuqori bo‘lib, suvsizlik va yuqori haroratga bardoshli namunalarni ajratib olish imkonini bergan;
vug‘doyning xosildorlik belgilari bo‘yicha multivariasion klaster taxlillari xamda qurg‘oqchilikka chidamlilikni ierarxik klaster taxlili natijalariga yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan uchta chet el ilmiy maqolasida havolalar keltirilgan (AGBIR Vol.40 No.02 Mar. 2024 https://www.researchgate.net/publication/380170182// Plans.2024, 13, 934: https://www.researchgate.net/publication/379189816// biotech 2022, 11/2: https://doi.org/10.3390/biotech11030032). Natijada, komponentlar va klaster tahlili asosida tanlab olingan genotiplardan kelajakda suv tanqisligi sharoitiga chidamli yuqori hosildor tizmalar yaratishda foydalanish imkonini bergan.